15.3. Ta‟lim tizimida jon boshiga (tarbiyalanuvchi, o„quvchi, talaba soniga) qarab moliyalashtirish usullarining joriy etilishi Jahon amaliyotida ta‘lim muassasalarini moliyalashtirishning mablag‗lardan
samarali foydalanish va ta‘lim sifatini oshirishni rag‗batlantiruvchi yangi yo‗llarini
qidirib topish ta‘lim tizimini rivojlantirish yo‗lidagi harakatlarning o‗ziga xos
xususiyati hisoblanadi. Bu harakatlar ta‘lim sohasidagi birinchi darajali vazifalarni
hisobga olgan holda quyidagi
tamoyillarni ta‘minlashga qaratilgan:
ta‘limning hammabopligi (ham jismoniy, ham moliyaviy jihatdan);
ta‘lim sifati va natijalari;
tenglik – bir xil ehtiyojli o‗quvchilar mablag‗lar bilan bir xil darajada
ta‘minlanadilar; muhtojroq o‗quvchilar ko‗proq mablag‗ oladilar;
samaradorlik: tashqi samaradorlik – ta‘lim tizimi jamiyatga ishchi kuchini
tayyorlaydi, shundan kelib chiqqan holda, bu sohaga qilinayotgan xarajatlarning
samaradorligini hisobga olib mablag‗lar safarbar etiladi; ichki samaradorlik – eng
kam xarajat qilib ko‗proq natijalarga erishish.
Ta‘lim tizimini moliyalashtirish usullari haqida gap borar ekan, u yoki bu
usulni qo‗llashda har bir mamlakat o‗z ijtimoiy siyosatining ustivorliklari,
shuningdek, byudjet tizimining o‗ziga xosligi va ta‘lim tizimini boshqarish
xususiyatlariga asoslanadi. Shunga qaramay, o‗tmishda mashhur bo‗lgan va
hozirgi kunda ta‘limning ko‗plab tizimlarida amalda qo‗llanilayotgan ta‘lim
muassasalariga moliyaviy mablag‗larni ajratishning bir qancha yo‗llari va
usullarini ta‘kidlash mumkin
1
:
o„tgan davr ko„rsatkichlari asosida moliyalashtirish, bunda muassasa
byudjeti u moliyalashtiriladigan tegishli byudjet imkoniyatlaridan chiqib ketmagan
holda, o‗tgan moliyaviy yil xarajatlari darajasida (inflyatsiyani hisobga oluvchi
ayrim tuzatishlar bilan) aniqlanadi va uning hajmi doirasida mablag‗ ajratiladi;
alohida shartnomalar asosida moliyalashtirish (kelishuv bo„yicha) – bunda
har bir ta‘lim muassasasi davlatga o‗zining muayyan miqdordagi ajratmalarga
ehtiyojini asoslab berishi lozim, agar muassasaning mablag‗ ajratish bo‗yicha
so‗rovi muayyan talablarga mos kelsa, davlatdan o‗ziga kerakli mablag‗larni olish
imkoniyatiga ega bo‗ladi;
xarajatlarga asoslangan moliyalashtirish, bunda mablag‗lar ta‘lim
muassasasiga uning faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‗lgan xarajatlar,
ya‘ni bino va inshootlarni saqlash, joriy ta‘mirlash, xodimlar mehnatiga haq to‗lash
kabilarga sarflangan resurslar hajmi doirasida ajratiladi (―xarajatli‖ deb ataluvchi
bu usul bugungi kunga qadar mamlakatdagi davlatga qarashli ijtimoiy soha
muassasalarini byudjetdan moliyalashtirish amaliyotida ustuvor darajada qo‗llanib
kelinmoqda);
formula asosida moliyalashtirish, bunda moliyaviy resurslar har bir
muassasa uchun belgilangan va to‗g‗ri qo‗llaniladigan mezonlar tizimiga muvofiq