Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi "davlat byudjeti"


Ta‘lim muassasalarini jon boshiga (o‗quvchi soniga ko‗ra) moliyalashtirish



Download 13,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/333
Sana21.06.2022
Hajmi13,85 Mb.
#689022
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   333
Bog'liq
Davlat byudjeti ouq 2018

Ta‘lim muassasalarini jon boshiga (o‗quvchi soniga ko‗ra) moliyalashtirish 
bir o‗quvchiga nisbatan o‗rnatilgan xarajat me‘yori, o‗quvchilar soni hamda 
ta‘lim muassasalarining xususiyatlarini aks ettiruvchi maxsus koeffitsientlarga 
asoslangan ta‘lim muassasalari xarajatlarini aniqlash va shunga ko‗ra mablag‗ 
ajratish tizimidir. 


187 

aqliy rivolanishda ortda qolgan bolalarni o‗qitishning maxsus dasturlarini 
amalga oshirish; 

salomatligi tufayli imkoniyati cheklangan bolalarni uyda o‗qitish; 

alohida fanlarni chuqurlashtirib o‗qitish dasturlarini amalga oshirish. 
Garchi tuzatuvchi koeffitsientlarni qo‗llash natijasida alohida olingan 
muassasa oladigan mablag‗lar summasi o‗quvchilar sonidan tashqari, boshqa bir 
qator omillarga bog‗liq bo‗lsada, har holda, muassasalar, hajmlari obyektivlik va 
shaffoflik tamoyillari asosida aniqlangan pul mablag‗lariga ega bo‗ladilar. Lekin, 
formulani ishlab chiqishda shunga alohida e‘tibor berish kerakki, formulada 
tuzatuvchi koeffitsientlar soni qancha ko‗p bo‗lsa, formula tushunish va qo‗llash 
uchun shuncha murakkablashadi, bu esa jon boshiga moliyalashtirish tamoyillariga 
ziddir. 
Byudjet 
mablag‗lari 
hisobidan ta‘minlanadigan aksariyat byudjet 
tashkilotlari kabi, ta‘lim muassasalari ham o‗z faoliyatlari bilan bog‗liq 
ehtiyojlarini qondirish uchun zarur mablag‗larning yetishmasligi muammosiga 
duch keladilar. Ushbu muammolar byudjet mablag‗lariga bo‗lgan ehtiyojni 
an‘anaviy tartibda (ya‘ni ish natijalaridan qat‘i nazar, smetalarni sinf(guruh)lar 
soni, o‗quv soatlari soni, kvadrat metrlarda hisoblanadigan muassasa maydoni, 
o‗tgan yildagi haqiqiy xarajatlar kabi natural va qiymat me‘yorlaridan foydalanib 
ishlab chiqish) aniqlash bilan bog‗liq holda yuzaga keladi. Muassasa tomonidan 
hisoblangan byudjet mablag‗lariga bo‗lgan ehtiyoj mahalliy (hududiy) moliya 
organlari yoki mahalliy boshqaruv darajasida (masalan, tuman/shahar xalq ta‘limi 
bo‗limlarida) ko‗rib chiqiladi va tegishli byudjet imkoniyatlaridan kelib chiqib 
tuzatishlar kiritiladi. Bunda ta‘lim muassasasi uchun ajratilayotgan byudjet 
mablag‗larining haqiqiy miqdori aksariyat hollarda muassasa tomonidan hisoblab 
chiqarilgan va aniqlangan ehtiyojga nisbatan ancha kam bo‗ladi. Alohida olingan 
muassasaning tasdiqlangan byudjeti xarajat moddalari bo‗yicha batafsil yoyib 
chiqilgan xarajatlar ro‗yxatidan iborat bo‗ladi. Muassasalar oyma-oy ushbu 
ro‗yxatga muvofiq xarajatlarning har bir moddasi bo‗yicha byudjet mablag‗larini 
oladilar. 
Amaliyotda muassasalar o‗z ehtiyojlari uchun zarur bo‗lgan xarajat 
miqdorlarini oshirib ko‗rsatishdan manfaatdor bo‗ladilar, ammo qat‘iy xarajat 
moddalari asosida byudjetdan moliyalashtirish jarayoni ta‘lim muassasalari 
rahbarlarining mablag‗larni taqsimlashdagi qarorlar qabul qilish bo‗yicha 
mustaqilligini cheklab qo‗yadi. Moliyalashtirishning ushbu tizimini qo‗llash 
oqibatida ta‘lim muassasalarini boshqarishdagi mustaqillik ma‘lum darajada 
cheklanib qoladi. Natijada muassasa rahbarlari ta‘lim sifati va samaradorligini 
oshirish maqsadida o‗z resurslarini samarali boshqarish imkoniyatidan mahrum 
bo‗ladilar. 
Bu sohada islohotlarning zarurligi va muhimligini hisobga olgan holda, 
respublikaning ayrim hududlarida byudjet mablag‗larini rejalashtirish bo‗yicha 
tajriba 
loyihalarini 
boshlash, 
ushbu 
loyihalar 
doirasida 
jon 
boshiga 
moliyalashtirishning yangi tizimini sinab ko‗rish to‗g‗risida qaror qabul qilindi. 
Loyiha dastlab umumta‘lim muassasalarini qamrab oldi. Bu kabi loyihalar ta‘lim 


188 
muassasalari uchun ajratiladigan byudjet resurslarini boshqarish va muassasa 
byudjetini shakllantirishning muqobil mexanizmlarini joriy etish maqsadlarini 
ko‗zlab amalga oshirildi.

Download 13,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish