Sotish qiymati.
Tugatish qiymati — asosiy vositalarning foydalanish muddati tugashi natijasida vujudga
kelishi mo‘ljallanayotgan qiymatdan, hisobdan chiqarish bo‘yicha kutilayotgan xarajatlar
ayirmasidir.
Balans qiymat.
Korxona aktivlarining balans qiymati bu hisobot davri oxirida domiy schyotlarda aks
ettriligan qiymat bo‘lib, bu qoldiq qiymatni anglatadi. Qoldiq qiymat — bu asosiy vositalarning
boshlang‘ich yoki joriy qiymat bilan jamg‘arilgan amortizatsiya summasining farqidir.
Kalkulyasiyaning maqsadi va vazifalari.
Kalkulatsiya — tannarxni aniqlash demakdir. Tannarx deganda mahsulot tayyorlash yoki
xizmat ko‘rsatish uchun ketgan xarajatlarning puldagi ifodasi tushuniladi.
Ushbu usuldan korxona mulklaridan ba’zilarining hisobini yuritishda foydalaniladi.
Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulot, material tannarxini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |