Baholash pulda o‘lchash uslubi.
Buxgalteriya hisobi usuli elementlaridan biri baholash bo‘lib, uning ahamiyati butun
respublikamiz miqyosida ham kattadir.
Baholash — xo‘jalik mablag‘lari, majburiyatlar va xo‘jalik jarayonlarini pul o‘lchov
birligida aks ettirish usulidir.
Baholashning asosiy tamoyillari.
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunga asosan, aylanma aktivlarni baholash ikki xil
ko‘rinishda amalga oshiriladi:
Haqiqiy tannarxda — ishlab chiqarish tannarxi.
Bozor bahosida — sotish sof qiymati.
Korxona mulklari baholanayotganda ularning tuzilishi, foydalanilishi, ishlab chiqarishda
qatnashishi, maqsadli mo‘ljallanganligi kabi xususiyatlari e’tiborga olinadi.
Masalan, savdo korxonalarida tovarlar sotib olish va sotish baholarida hisobga olinadi.
Ishlab chiqarish korxonalarida asosiy vositalar hisobi yuritishda quyidagicha baholardan
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |