Kalkulatsiya orqali mahsulot tannarxi aniqlanadi va foyda miqdori aniqlanishi uchun asos
hisoblanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, kalkulatsiya, tannarx va xarajat so‘zlari o‘zaro
bog‘langandir. SHuning uchun xarajatlar va ularning iqtisodiy mazmuni, guruhlanishi to‘g‘risida
tushunchaga ega bo‘lish maqsadga muvofiqdir. «Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish
va uni sotish bilan bog‘liq xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllanish tartibi
to‘g‘risida»gi nizomga asosan xarajatlar ishlab chiqarish va davr xarajatlariga bo‘linadi.
Mahsulot tannarxiga kiritiladigan bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va
bilvosita mehnat xarajatlari, shuningdek boshqa xarajatlar moddalari mavjud bo‘lib, ular
Nizomda keng yoritilgan. Ob’ekt tannarxi kalkulyasiya qilinayotganda uning qay darajada aniq
bo‘lishi hisobni tugri yuritilishiga, xarajatlarni tegishli schetlarda aks ettirilishiga bog‘liqdir.
Bunga erishish uchun xarajatlar analitik hisobini to‘g‘ri yulga qo‘yish, xarajatlar bilan bog‘liq,
xo‘jalikni yaxshi yulga qo‘yish, shuningdek xarajatlar moddalarini guruhlanishini yaxshi
Maxsulot tannarxining to‘g‘ri aniqlash uchun xarajatlarni davrlar bo‘yicha to‘g‘ri
shuningdek, yangi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar sarflangan davrda yuzaga
Ma’lumki korxonalar obunani yilni oxirgi oylarida amalga oshiradilar, obuna to‘lovlari
SHuning uchun ham obuna to‘lovlarini kelgusi yil 12 oyi uchun taqsimlab chiqish ishlab
chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga tegishli xarajatlarni qo‘shish maqsadlidir. Agar to‘langan
obuna xaqlari shu to‘langan oyda ishlab chiqilgan mahsulotlar tannarxiga birdaniga qo‘shilsa,
shu oydagi mahsulotlar tannarxini sun’iy ravishda oshib ketishiga olib kelishi tabiiydir.
Ahamiyat berib qaralsa, obuna xarajatlari kelgusi davrga tegishligiga ishonch xosil
qilinadi. SHunga uxshash xarajatlar hisobi uchun «Kelgusi davr xarajatlari» 3100 – schet
mo‘ljallangan. Xarajatlar amalga oshirilganda, hisobi «Kelgusi davr xarajatlari» 3100 – schetda
yuritiladi. Xarajat mahsulot tannarxiga qo‘shilishi kerak bo‘lgan davrda, kelgusi davr xarajatlari
schetidan joriy davr xarajatlari schetiga o‘tkazib boriladi.
Kelgusi davr bilan bog‘liq xarajatlarga yana qo‘yidagi misolni keltirish mumkin. Sanoat
ishlab chiqarish korxonasida yoki umumiy ovkatlanish korxonasida yangi mahsulot ishlab
chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar (xom ashyo, mehnat xaqi va xakozo) joriy davrda ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar tarkibiga kiritilsa, tannarx noto‘g‘ri hisoblanishiga olib keladi.
YAngi mahsulot turi tajriba va turli boshqa tekshiruvlardan o‘tib, uni keng miqyosda ishlab
chiqarish yo‘lga qo‘yilganidan so‘ng, kelgusi davr xarajatlari schetiida hisobga olib qo‘yilgan
xarajatlar summasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga bir necha davr (oylar) davomida
taqsimlab boriladi.
Korxonada mavjud bo‘lgan asosiy vositalar jismoniy eskirishi natijasida ta’mirlash
ishlarini bajarilishi talab etiladi. Asosiy vositalarni kapital ta’mirlash ishlari ko‘p miqdordagi
xarajatlar sarflanishini e’tiborga olsak, ta’mirlash ishlari bajarilgan davrdagi xarajatlarni, ya’ni
mahsulot tannarxini birdaniga oshib ketishi kuzatiladi. Mahsulot tannarxini bir davrda birdaniga
oshib ketishini oldini olish maqsadida, asosiy vositalar ta’mirlash ishlari yuzasidan zahira
hisoblab boriladi.
Zahira hisoblash O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi ruxsati bilan tashkil etiladi.
Zahira hisobini yuritish uchun - 8910 «Kelgusi davr to‘lovlari va xarajatlari yuzasidan zahira»
passiv scheti mo‘ljallangan. Zahira hisoblanganda ham shu oydagi xarajat (Debet 2010, 2310,
2510, 9400) hamda zahira (KREDIT 8910 ) ko‘payadi. SHunday qilib,, har oyda ma’lum bir
miqdorda mahsulot tannarxiga qo‘shib borish natijasida vujudga kelgan zahira hisobidan
ta’mirlash ishlari bajariladi. U vaqtda xarajat ko‘paymaydi, balki, zahira summasi kamayadi.
Zahiralar ko‘rinishidagi xarajatlarga ishchi va xodimlarni mehnat ta’tili kunlari uchun
hisoblanadigan mehnat xaqi xarajatlarini ham misol tariqasida keltirish mumkin.
Ma’lumki, mehnat kodeksiga ko‘ra, ishchi va xodimlar bir yilda bir mehnat ta’tilini olish
huquqiga egadir.
Ba’zi bir korxonalarda ishchilar soni ko‘p bo‘ladi, bizga ma’lumki, kupchilik shaxslar
mehnat ta’tilini yoz oylarida olishga xarakat qiladi. Agarda mehnat xaqlari mahsulot tannarxiga
qo‘shilishini e’tiborga olsak, yoz oyida ishlab chiqilayotgan mahsulot tannarxini sun’iy ravishda
birdaniga oshib ketishi ro‘y berishini tushunish mumkin. Sababi mehnat ta’tiliga chiqqan
xodimlarga ham, ular o‘rniga mehnat qilayotgan xodimlarga ham mehnat haqi hisoblanishi
kerak. Sun’iy ravishda mahsulot tannarxini mehnat ta’tili kunlari uchun hisoblangan xarajatlar
hisobiga oshib ketishini oldini olish maqsadida zahira hisoblab boriladi. Zaxira umumiy
summasi yig‘ilishi uchun bir miqdorda oyma-oy mahsulot tannarxi oshishi hisobiga zahira
hisoblab boriladi.
Mehnat ta’tili uchun ish xaqlari hisoblanayotgan oyda xarajat ko‘paymasdan zahira
summasi kamayadi va shu yul bilan mahsulot tannarxini sun’iy ravishda oshishining oldi olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: