Noosfera. Biosfera va inson faoliyati. Noosfera (yunoncha «noos» - idrok degani) - fikrlovchi qobiq degan lug’aviy
ma’noni beradi.
İnsoniyat jamiyati o’zining xususiyatlari bilan birga er yuzidagi h’ayot rivojlanishining navbatdagi bosqichidir. U eng kuchli
tabiiy omil sifatida sayyoramizni o’zgartirib yubormoqda.
Biosfera o’zining keyingi taraqqiyotida noosferaga o’tadi. U biosferaning eng yuqori taraqqiyot bosqichi bo’lib, odam
va tabiat o’rtasidagi munosabatda asosiy kuch - aql - idrok h’isoblanadi. Odamning aqliy faoliyati taraqqiyotning
asosiy omili h’isoblanadi.
V.
İ.Vernadskiy tasdiklashicha - noosfera planetamizda yangi geologik h’odisa h’isoblanadi. Odam tirik geologik kuchdir.
Uning fikricha, noosfera biosferaning qonuniy rivojlanishi natijasida kelib chiqadigan bosqich bo’lib, iison bilan tabiat o’rtasidagi
o’zaro ongli aloqa munosabatlarini o’z ichiga oladi.
Biosferani - insonning o’zi evolyutsion yo’l bilan vujudga kelgan vaqtdagidek va biologik tur sifatida yashab bora
oladigan h’amda o’z sog’ligini eh’tiyotlab, mustah’kamlab, xo’jaligini yurita oladigan h’olda saqlab qolishga h’arakat qilishi
kerak. Bu shartlar tabiatni qayta o’zgartirishga barh’am beradi.
Tabiat butun jonli mavjudotlarning rivojlanishiga imkon yaratib bergan asos va inson uchun h’ayot kechirish, uning
moddiy, ma’naviy extiyojlarini qondiruvchi birlamchi manbadir.
İnson tabiatning ajralmas bir qismi h’isoblanadi, lekin u
tabiatning boshqa elementlaridan o’zining aql - zakovati, ongliligi bilan ajralib turadi.
Odamning biosferadagi roli nimadan iborat?
İnson dastlabki vaqtlarda biosferaning tuzilmasiga ta’sir etmasdan, ibtidoiy xdyot kechirgan. Uning turli qurollar va
olovdan foydalanishi, yovvoyi h’ayvonlarni qo’lga o’rgatishi, o’simliklarni madaniylashtirishi kabilarni ovqat mah’sulotlarining
ko’payishiga, ah’oli sonining ortishiga sabab bo’ldi, bu esa albatta insonning biosferaga bo’lgan ta’sirini kuchaytiradi.
İnsonlarning biosferaga ta’sirini shartli ravishda quyidagi yo’nalishlarga ajratish mumkin:
1. O’rmonlarni kesish, yangi erlarni o’zlashtirish birinchi navbatda suv rejimiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Natijada
daryolar sayozlashadi, botqoqlanish, o’t bosish, baliqlar sonining kamayishi kuzatiladi. Er osti suvlar zaxirasi kamayadi, qor
50
va yomg’ir suvlari tuproqqa singmay uning yuza qismini yuvib ketadi. Suv va shamol eroziyasi birgalikda tuproqqa yanada kuchli
ta’sir etadi.
2.
İkkinchi muh’im omil sug’orish ishlaridir. Sug’orish ishlari unumsiz erlarni unumdor erlarga aylanishiga imkon
berish bilan birga, er osti suvlari sath’ining ko’tarilishiga, tuproqning sho’rlanishiga, ba’zi joylarning botqoqlanishi va
suv bosishiga olib kelishi mumkin. Sug’oriladigan erlarning kengayishi - daryo suvlarining qurib qolishiga h’am sababchi
bo’ladi.
3. Kimyoviy o’g’itlardan foydalanish. Bu bilan h’osildorlikni bir necha marta oshirish mumkin. Shu bilan birga
ichimlik suvlarining sifatining yomonlashuvi, nitrat va nitritlarning suvda to’planishi natijasida xavfli bo’lgan kontserogen
modda – nitrozaminlar h’osil bo’lmoqda. Suv h’avzalarida fosforli o’g’itlarning bo’lishi azot va kaliy miqdorini cheklaydi,
shu bilan birga fitoplanktonlarning ko’payib ketishiga sababchi bo’ladi. Ko’k - yashil suv o’tlarining h’avodagi azotni
o’zlashtirish xususiyati bo’lgani uchun tez ko’payib suvda erigan O
2
ni o’zlashtiradi. Suv yuzasida «gullash» xodisasi kuzatiladi
va baliqlarning yoppasiga qirilib ketishini, ko’lning asta - sekin botqoqlanishiga olib keladi.
4.
İnsonning biosferaga ko’rsatadigan kuchli ta’sirlaridan biri o’simliklar kasalliklari, zararkunanda h’asharotlar va
begona o’tlarga qarshi kurashda foydalanadigan kimyoviy kurash vositasidir.
Albatta qishloq xo’jaligida gerbitsndlar, defoliantlarni qo’llash natijasida oziq mah’sulotlari ishlab chiqarish ortadi.
Ammo DDT (dixlordifeniltrixloretan) va boshqa xlor va fosfororganik birikmalar ko’pchilik h’ayvonlar, h’attoki inson sog’ligi
uchun h’am xavflidir. Bu zah’arli moldalar biogeotsenozlarda uzoq vaqt saqlanib qoladi va to’planadi.
İnsonlar bugungi kunda qishloq xo’jalik soxasida zah’arli kimyoviy moldalardan foydalanishdan h’ali h’am voz
kecha olmayapti. Zararkunandalarga qarshi kurashda biologik usullardan foydalanish endigina amalda qo’llanilmoqda.
Yuqorida ta’kidlaganlar faqat inson ozuqa bilan ta’minlanishi bilan bog’liq bo’lgan ravishda biosferaga ko’rsatayotgan
ta’sirining dalillaridir.
Atom energiyasi va sanoatning rivojlanishi bilan birga radioaktiv chiqindilarning to’planishi jiddiy muammo
h’isoblanadi.
Yirik shah’arlarning paydo bo’lishi, urbanizatsiya jarayonining kuchayishi, turar joylar qurilishlari, sanoat korxonalarining
katta maydonlarni egallashi tabiiy biogeotsenozlarning qisqarishiga olib kelmoqda.
Umuman, inson biosfera resurslaridan maksimal foydalanish uchun h’arakat qilmoqda. Biz shuni doimo yodda tutishimiz
kerakki, tabiat qonunlarini oyoq osti qilolmaymiz, inson o’zini tabiatning tarkibiy qismi sifatida xisoblashi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |