Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Tirik va biokos moddalar. Biosferada moddalarning aylanishi



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/70
Sana17.06.2021
Hajmi1,58 Mb.
#68512
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   70
Bog'liq
leksiy ekalogiya

Tirik va biokos moddalar. Biosferada moddalarning aylanishi. Sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar yig’indisini 

V.

İ.  Vernadskiy  tirik  modda  deb  ataydi.  Tirik  moddalarning  eng  muh’im  xususiyatlari  esa  uning  umumiy  vazni,  kimyoviy 



tarkibi va energiyasi h’isoblanadi. 

Tirik  moddalar  -  bir  tekis  tarqalgan  joylar,  suv  qatlami,  ya’ni  tuproq,  uning  qatlamidagi  o’simlik  ildizlari,  zamburug’lar, 

mikroorganizmlar,  tuproqda  h’ayot  kechiruvchi  boshqa  h’ayvonlar,  o’simliklarning  er  osti  organlari  qismi  joylashgan 

qatlam  h’isoblanadi.  Bu  erda  o’simliklarning sporalari, chang donachalari va urug’larining asosiy massasi h’am uchib yuradi. 

Biosferada faqat tirik moddaning bo’lishi xarakterli bo’lib qolmasdan, balki quyidagi xususiyatlarga h’am ega bo’ladi: suvning 

bo’lishi biosferaga quyosh nuri oqimining tushishi, biosfera moddalarining uch agregat h’olatida bo’lgan chegarada, ya’ni qattiq, 

suyuq va gazsimon h’olatlarini  o’z  ichiga  oladi.  Shuning  uchun  h’am  biosfera  uchun  uzluksiz  h’oldagi  moddalar  va  energiya 

aylanishi xarakterlidir. 

Biosferaning  ikkinchi  tarkibiy  qismi  -  o’lik  modda  h’isoblanadi.  Bular  biosferadagi  shunday  moddalarning 

to’plamiki, ularning h’osil bo’lishida tirik organizmlar ishtirok etmaydi. 

Undan  tashqari  biosferada  oraliq  moddalar  h’am  ajratiladi  -  ular  tirik  va  o’lik  moddalarning  birgalikdagi 

faoliyatidan h’osil bo’ladi. Tirik organizmlar oraliq moddalar h’osil bo’lishida etakchi o’rinni egallaydi. 

Oraliq  moddalar  -  erdagi  tirik  moddalarning  faoliyati  bilan  bog’liq  bo’lgan  tuproq  emirilgan  tog’  jinslari  va  barcha 

tabiiy suvlardir. Buni V.

İ. Vernadskiy biokos moddalar deb ataydi. 

Bundan  tashqari  -  biogen  moddalar  h’am  ajratiladi.  Ular  tirik  organizmlarning  h’ayot  davomida  h’osil  bo’ladi  va 

o’zgarishlarga uchraydi. Ular katta potentsial energiyaga ega bo’lgan toshko’mir, bitum, neft, oxaktosh h’isoblanadi. 

Biogen  moddalar  h’osil  bo’lgandan  keyin  tirik  organizmlar  unda  kam  faoliyat  kursatadi.  Demak,  biosfera  tirik  modld 

ta’siridagi erning qobig’i h’isoblanadi. 

Hozirgi  vaqtda  biosferani  sayyoramizdagi  eng  yirik  ekotizim  deb  qaraladi  va  unda  katta  doiradagi  moddalar  aylanishi 

amalga  oshadi.  To’xtovsiz  davom  etadigan  va  tirik  organizmlar  faoliyati  tufayli  tartibga  solinib  turadigan  moddalarning  doimiy 

aylanishi - biosferaning o’ziga xos belgisidir. 

Tirik mavjudotlar o’zining yashash sharoitida muh’it bilan doimo aloqada bo’lib turadi va geografik qobiqda narsalarning 

aylanishini vujudga keltiradi. Bu biologik aylanish deb ataladi. 

Biosferada tirik mavjudotlarning massasi 2,7 x 10

12

 tonnaga teng, bo’lib u fotosintez orqali h’ar yili 0,2 x 10



9

 t o’sadi. 

Yiliga shuncha tirik mavjudotlar xalok bo’ladi. Atmosferada sarf bo’ladigan kislorod o’rni fotosintez jarayoni natijasida (xdr yili 

460 mlrd.t) to’ldirilib turiladi. O’simliklar SO

2

 ni yutib turadi. 



Biosferada  suvning  almashinuviga  tirik  moddalar  katta  ta’sir  kursatadi.  O’simliklar  yiliga  140  mlrd.t.  uglerodni 

o’zlashtirib 460 mlrd.t. kislorodni ajratib chiqarish jarayonida 2,25 x 10

11

 t suvdan foydalanar ekan. 



Biosferadagi  organizmlar  azot,  kaliy,  kremniy,  fosfor,  oltingugurt  va  boshqalarning  aylanib  yurishida  h’am  ishtirok 

etadi. Demak, moddalarning tabiatda to’xtovsiz aylanib yurishda tirik mavjudotlarning ah’amiyati katta ekan. 

Biosferadagi  tirik  organizmlar  massasining  94,5 % o’simliklar  biomassasiga  to’g’ri  keladi. Bu  esa  er  kurrasida  modda  va 

energiya almashinuvini tartibga solib turishda o’simliklarning ah’amiyatini nih’oyatda katta ekanligini ko’rsatadi. 

Sizlarga ma’lum, - tabiatda moddalarning aylanishi uchun 3 guruh’dan iborat organizmlar katnashishi shart h’isoblanadi. 

Produtsentlarsiz h’ayotni tasavvur qilib bo’lmaydi. Ular birlamchi mah’suldorlikni keltirib chiqaradi. 

Konsumentlarning turli darajadagi tartiblari birinchi va ikkilamchi mah’sulotni iste’mol qilgan h’olda organik moddalarni bir 

h’olatdan ikkinchi h’olatga o’tkazadi. 

Ular  shu  bilan  erda  h’ayotning  xilma  -  xilligini  keltirib  chiqaradi.  Bu  o’z  navbatida  turlarning evolyutsiyasiga olib 

keladi. 


Redutsentlar  esa  organik  moddalarni  mineral  moddalarga  parchalab,  sayyoramizda  o’lik  qoldiqlardan  iborat  bo’lgan 

katta «mozor»ning kelib chiqishiga imkon bermaydi. 

Quyosh  er  yuzasiga  tushadigan  asosiy  birdan  -  bir  energiya  manbaidir.  Quyoshdagi  energiya  manbai  o’zluksizdir.  Bu 

chiziqli, ochiq jarayon - biosferadagi biotik moddalarning aylanishi - yopiq jarayon uchun kerakli sharoitdir. 

Moddalarning  biotik  aylanishi  yopiq  tizim  shaklida,  milliard  yil  davomida  taraqqiyot  jarayonida  shakllangan.  U 

quyidagicha ko’rinadi: yashil o’simlik quyosh energiyasidan foydalangan xolda, tirik moddalarning birlamchi maxsulotini h’osil 

qiladi, SO

2

 ni o’zlashtirib, O



2

 ni ajratadi. O’lik h’ayvon va o’simliklarni h’asharotlar, zamburug’lar, bakteriya va boshqalar qayta 

ishlab,  ularni  parchalaydi,  mineral  yoki  oddiy  organik  birikmalarga  aylantiradi,  bu  esa  tuproqga  tushib,  uni  yana  o’simlik 

o’zlashtiradi.  Bu  jarayonning  to’xtovsizligi,  yopiqligini  –  oxirgi  mah’sulotlarning  parchalanishi  va  tarqalishini  ta’minlaydi. 

Busiz erda h’ayot to’xtashi mumkin edi. 

Demak,  yorug’lik  ta’sirida  boradigan  yashil  o’simliklardagi  fotosintez  jarayoni  natijasida  organik  modda  to’planadi. 

Fotosintezning  foydali  ish  kursatgichi  juda  past  bo’lib,  er  yuziga  tushadigan  quyosh  nurining  faqat  1 % dan  foydalaniladi. 

Foydali  qazilmalarda  (toshko’mir,  neft,  torf  va  b.)  quyosh  energiyasi  to’plangan  h’olda  uzoq  vaqtlar  davomida  saqlanib 

kelmoqda.  Ba’zi  bir  organizmlar  organik  modda  h’osil  qilishi  uchun  moddalarning  oqsidlanishi  natijasida  ajralib 

chiqadigan energiyadan foydalaniladi. Bu jarayon xemosintez deb ataladi. 

Energiyaning aylanishi moddalarning aylanishi bilan chambarchas bog’liq.  Moddalarning kichik doirada (biologik) va 

katta (geologik) doirala aylanishlari ajratiladi. 

Kichik doirada aylanish - organizmlar o’rtasida, quruqlikda tuproq bilan organizm o’rtasida, gidrosfera esa organizm bilan 

suv o’rtasida sodir bo’ladi. 

Katta doiradagi aylanish - quruqlik bilan dunyo okeanlari o’rtasida boradigan jarayondir. 



 

49 


Kichik  doirada  modda  aylanishi  quruqlikdagi  o’simliklar  gazsimon  moddalar  va  suvda  erigan  mineral  tuzlarning 

yutilishidan iborat. Bunda, birinchi navbatda, karbonat angidriddan organik moddalarning h’osil bo’lishi tushuniladi. Nafas 

olish natijasida esa karbonat angidridning bir qismi troposferaga qaytarib chiqariladi. Organik moddalarning ko’pchilik qismi 

h’ar  xil  darajadagi  konsumentlar  va  redutsentlar  tanasidan  o’tib,  qayta  ishlanib  parchalanadi  va  minerallashadi.  Ular  qayta 

tuproq, suv yoki h’avoga qo’shiladi. 

Gidrosferaning  o’zida  h’am  moddalarning  kichik  doirada  aylanishi  kuzatiladi.  Bunda  suvda  erigan  tuzlar  va  gazlar 

qatnashadi.  Suv  muh’itidagi  moddalarning  aylanishida  avtotrof  h’isoblangan  suv  o’tlari  muh’im  rol  o’ynaydi.  Okeandagi 

biologik  moddalar  aylanishida  o’simlik  va  h’ayvonlar  qoldiqlari  (parchalangan  va  minerallashgan  qismi)  suvda  erigan  h’olda 

zaxira moddalar sifatida qatnashadi, ularning bir qismi okean tubida yotqiziqlar h’osil qiladi. 

Katta doiradagi moddalarning aylanishi quruqlikdan moddalarning daryo va h’avo oqimlari bilan okeanga kelib tushishidan 

iborat  bo’lib, dengiz  yotqiziqlarining  quruqlikga  qayta  chiqishi  esa  okean  tubining  ko’tarilishi  va  uning  natijasida  quruqlik  ayrim 

joylarining cho’kishi bilan sodir bo’ladi. Erda moddalarning aylanishi ayrim kimiyoviy moddalarning aylanishidan tashkil topadi.  




Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish