Ah’oli, sanoat va transport zich joylashgan shah’arlar biosfera ifloslanishining asosiy manbalari h’isoblanadi. Yirik
oqavalar, qattiq chiqindilar, issiqlik chiqarib turadi. Shah’arlarda ah’olining kasallanish darajasi h’am yuqori h’isoblanadi.
İnson kundalik h’ayot eh’tiyojlarini qondirish uchun tabiatni o’zgartiradi va undan foydalanadi. Tabiatni foydalanish
muh’im siyosiy va iqtisodiy muammo h’isoblanadi. Tabiiy resurslardan foydalanish, muh’itning ifloslanishi - davlatlararo
kelishmovchilik, h’atto urush h’arakatlarini keltirib chiqarishi mumkin. Tabiatdan foydlanish talablarining buzilishi katta iqtisodiy
Bizda h’am tabiiy muh’it h’olati ancha ayanchli h’olga kelib qolgan. Er osti boyliklarining isrofgarchilik bilan
o’zlashtirilishi natijasida katta maydondagi unumdor erlar yaroqsiz ah’volga tushgan. Suv, h’avo, tuproq ifloslangan.
Cho’lga aylanish, sho’r bosish, jarayonlari tezlashgan. Orol dengizi, Orol bo’yi muammolari yana ko’plab ekologik jumbog’larni
O’zbekistonda turli xastaliklarning ko’payishi va atrof - muh’itning ifloslanishi o’rtasida bevosita bog’lanishlar
İnsonning sog’ - salomatligi ijtimoiy omillarlan tashqari ko’p jixatdan atrof - muh’itnish ekologik h’olatiga h’am bog’liqdir.
Tabiiy muh’it qanchalik toza, h’avo, er usti va er osti suvlari, tuproq, o’simlik, h’ayvonot olamining tozalik darajasi tabiiy
me’yorda bo’lsa, inson sog’ligi h’am shuncha mustah’kam bo’ladi. Shundagina kishi organizmi tashqaridan to’satdan bo’ladigan
ba’zi xurujlarga bardosh bera oladigan va qarshi kurasha oladigan darajada rivojlanadi.
53
Bizda h’am noqulay ekologik vaziyatlar turli kasalliklarning yoyilishiga olib kelmoqda.
Yu.Shodimetov (1994)ning ta’kidlashicha, O’zbekistonda keyingi 15 yilda (1976 - 1990 y) katta yoshdagi ah’oli va bolalar
orasida umumiy kasalga chalinish (h’ar 10 ming kishi h’isobiga) muntazam o’sib borgan.
1991 yilga nisbatan 1993 yilda sanoati rivojlangan va transport h’arakati kuchli bo’lgan shah’ar va viloyatlarda
kishilarning kasalliklarga chalinishi ancha ko’p bo’lgan. Bularga misol qilib: Farg’ona, Andijon, Olmaliq, Chirchik, Toshkent
shah’arlarini, Sariosiyo tumani, Xorazm ziloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasini aloh’ida ko’rsatish mumkin.
Respublikadagi sanoat korxonalarining h’avo, suv, tuproq, umuman atrof - muh’itning ifloslanish darajasini o’rganish
shuni ko’rsatadiki, 1990 yilning oxirlarida O’zbekiston qishloq xo’jaligining 87,2 % korxonalari ekologiya - gigiena
talablariga javob bermagan va tabiiy muh’itni bulg’ash manbalari bo’lgan. Barcha sanoat korxonalarining 20 % ekologik jixatdan
toza, ishlab chiqarish korxonalarini 216 tasi (25 %) ekologik jixatdan juda xavfli h’isoblangan (Shodimetov, 1994).
Ah’oli sog’ligini saqlashda shah’ar va qishloqlarda kanalizatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanganlik h’am muh’im o’rin
tutadi.
Kanalizatsiya tizimining bo’lishi - ah’oli yashaydigan joylarda er osti va er usti suvlariga kanalizatsiya chiqindilari
aralashuvining oldini oladi.
Professor Yu.Shodimetovning tah’liliga ko’ra, respublikamizning ayrim joylarida tabiiy muh’itning ifloslanishi oqibatida,
ayniqsa qishloq joylarida 14 yoshgacha bo’lgan bolalarda temir moddasi etishmaydigan kamqonlik, sil kasalligi va yuqori nafas
yo’llariga mikroblar o’tiradigan kasalliklar tez -tez uchrashi kuzatilmoqda.
Mineral o’g’itlar dexqonchilikda keng miqyosda ishlatiladi. Bularning ichida eng xavflisi - amiakli selitra h’isoblanadi. U
ko’proq sabzavot - poliz ekinlariga ishlatilishi oqibatida ularning tarkibida nisbatan ko’proq uchraydi.
Mutaxassislarning aniqlashicha, nitratlar bakteriyalar h’ayot faoliyatida h’avfli h’isoblangan nitritlargacha qaytarilishi
mumkin. Nitratlar ikkilamchi aminlar bilan reaktsiyaga kirishib, nitrozaminlargacha aylanadi. Jaxon miqyosidagi olimlarning
ilmiy - tadqiqot ishlari shuni ko’rsatadiki, nitrozaminlar rak paydo qiluvchi omil h’isoblanadi. Respublikada tuzalishi
murakkab bo’lgan bu kasallik bilan og’rigan bemorlarning soni muntazam ravishda oshib bormoqda. Rasmiy ma’lumotlarga
qaraganda so’ngi 10 yilda bu kasallik 17 % ga ko’paygan.
Azot nitrati bilan to’yingan poliz mah’sulotlari ozuqalik va biologik qimmatini kamaytiradi, ularning saqlanishi
mudlatini qisqartiradi. Mirzacho’l qovunlari katta, chiroyli, toshbosar va yirik qilib etishtiriladi, lekin bozorlarda 3 - 4 kun orasida
aynib, chiriydi, suv bo’lib oqib ketadi.
Qovunda mumkin bo’lgan nitratning miqdori h’ar kg ga 60 mg dan ortmasligi lozim.
Orolbo’yida amalga oshirilgan yalpi tibbiyot ko’rigi (3 mln. dan ortiq ah’oli tekshiruvdan o’tkazilgan) ah’olining ko’proq
qizilo’ngach raki, qon va qon paydo qiluvchi a’zolar, yurak - qon tomir tizimi, asab, kamqonlik va boshqa kasalliklar bilan
og’rigani aniqlanadi. Bunga asosiy sabab - Amudaryo suvining ifloslanganligi, suv tarkibida turli pestitsidlar, erigan mineral
o’g’itlar, neft mah’sulotlari va boshqa organik birikmalarning mavjudligidir.
Hozirda Orolbo’yi ah’olisining toza ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida talay ishlar amalga oshirildi. Nukus va Urganch
shah’arlari tomon katta diametrli quvurlar yotqizildi va ular orqali ko’p miqdorda toza ichimlik suvi yuborilmoqda.
Ah’olini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bilan qishloq joylarida ko’pgina kasalliklarning keskin
kamayishigaerishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: