A n V a r c h o r iy e V


  Sunna arabcha so‘z bo‘lib, urf-odat, an’ana, xatti-harakat tarzi degan ma’noni



Download 20,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/392
Sana21.06.2022
Hajmi20,64 Mb.
#688876
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   392
Bog'liq
Anvar Choriyev. Inson falsafasi (1-kitob)


Sunna arabcha so‘z bo‘lib, urf-odat, an’ana, xatti-harakat tarzi degan ma’noni
bildiradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


likning avj olib borishi oqibatida qalbaki, yolg‘on hadislar 
ham vujudga kela boshladi. Turli ijtimoiy guruhlar, tabaqalar- 
ning vakillari o‘z manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan hadis­
lar to ‘qib, odam lar orasiga tarqata boshladilar. Ana shunday 
sharoitda hadisiarni tartibga solish va ularni ishonchli m an- 
balarda rasmiylashtirish zaruriyati ortib boraverdi. Bunday holat 
xalifalik hududidagi mamlakatlarda hadisshunoslikning rivojla­
nishiga katta turtki bo‘ldi. M uhamm ad payg'am bar hayotligi 
vaqtidayoq boshlangan hadisiarni yig'ish VIII asr o ‘rtalariga 
kelib butun bir fanga — hadisshunoslikka aylandi, V III—IX 
asrlarga kelib, hadis ilmi bilan musulmon dunyosida mingdan 
ortiq olim
1
shug‘ullana boshladi. Hadisshunos olim lar — m u- 
haddislarning tinim siz m ehnatlari tufayli hadislar nafaqat 
musulmon madaniyati, balki umuminsoniy m a’naviy m adani- 
yatning muqaddas manbaiga aylandi.
Hadisshunoslik uchta yirik: «musnad», «sahih» va «sunan» 
yo‘nalishlari bo‘yicha rivojlanib bordi. Hadisshunoslikning «mu­
snad» yo‘nalishi muhaddis olimlardan Abdulloh ibn Musa; Imom 
Ahmad ibn Hanbal asarlarida rivojlantirilgan bo‘lsa, «sahih» 
yo‘nalishiga Ismoil Buxoriy asos soldi. «Sunan» yo‘nalishini shakl- 
lantirishda esa Abu Dovud, Iso Termiziy, an-Nasoiy, Ibn M o- 
jalarning xizmatlari beqiyos bo‘ldi.
«Musnad» yo‘nalishida yaratilgan to‘plamlarda hadislar rivo- 
yat qilgan muallifning ismi, o ‘sha muallifning islom dinini qabul 
qilgan vaqtiga qarab alifbo tartibida joylashtirgan bo'lsa, «sahih» 
yo‘nalishdagi hadislar faqat uning ishonarliligi, to ‘g‘riligiga qarab 
o ‘rinlashtirilgan. «Sunan» yo‘nalishidagi hadislar to'plam ida n a­
faqat to ‘g‘ri, nafaqat ishonchli, balki «zaif», «qalbaki» hadislar 
ham o ‘rin topgan.
Hadisshunoslik rivojida movarounnahrlik allomalaming ham 
hissalari ulkan bo ‘ldi. Movarounnahrda hadis to ‘plamini birinchi 
bo ‘lib Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy yaratdi. Shuningdek, 
vatandoshlarimizdan Imom Ahmad ibn Hanbal al-Marvaziy
Is’hoq ibn Rahovayh al-Marvaziy, Imom al-Haysam ibn Qulayb 
ash-Shoshiy, Abu Bakr Ahmad ibn M uhamm ad al-Barakotiy,
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ibrohim ibn M a’qil an-Nasafiy, N a’ima ibn Hammod al-M ar­
vaziy, Hofiz al-Xorazmiy, Jamoliddin an-Nasafiy, Imom Ab- 
dulhasan Ahmad ibn M uhamm ad as-Samarqandiy kabi muhad- 
dislar ham hadis to ‘plamlari yaratdilar.
Hadisshunoslikning «sahih» yo‘nalishining asoschisi, «barcha 
muhaddislaming peshvosi» degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan 
buxorolik m ashhur alloma Abu Abdulloh M uhamm ad ibn Is- 
moil al-Buxoriy
1
o ‘zining butun umrini hadisiarni to'plashdek 
o'ta savob ishga bag‘ishladi. Xalifalik hududidagi shaharlar, qishloq- 
lami poy-u piyoda kezib 600 ming hadis to'pladi. Ulaming 
ko‘pini yodlab oldi. To'plagan 600 ming hadislaridan eng to ‘g‘ri, 
eng ishonchli 7275 tasini o'zining buyuk asari «Al-Jomi’ as- 
sahih» («Ishonarli to ‘plam»)ga kiritdi. To'plam Makkai mukar- 
ramada, Madinai m unaw arada va Buxoroi sharifda o ‘n olti yil 
davomida yozilgan. Muqaddas kitobda birinchi m arta hadislar 
fiqh sohalariga (islom huquqshunosligi) asoslanib joylashtirildi. 
Xuddi shuning uchun «Al-Jomi’ as-sahih» 3450 bobdan iborat 
97 kitobni tashkil etgan edi. O 'sha 97 kitob to 'rt jildga mujas- 
samlashgan2.
To'plam ga kiritilgan hadislar orasida biri ikkinchisini maz- 
m unan takrorlamaydiganlarining soni to 'rt mingni tashkil etdi. 
Ismoil Buxoriy yuksak insoniy fazilatlar, xislatlami o'zida mu- 
jassamlashtirgan m a’naviy-axloqiy yetuk kishilar sonining ortib 
borishini orzu qilardi. Inson m a’naviy qiyofasining mag'zini imon- 
e ’tiqod tashkil etadi, deb bilardi. Xuddi shuning uchun ham 
inson im on-e’tiqodini mustahkamlash yo'llarini izlardi. Im on- 
e’tiqodning mustahkamligi, barqarorligini ta ’minlovchi omillar,

Download 20,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish