18
9. AYG’OQCHIGA AYLANTIRISH
O’zbekistonda xorijdan pul olganlar soliq to’lab-to’lamaganligi yuzasidan
tekshirilmoqda.(Xabarlar oqimidan).
1990 yilda Oliy Kengashning Oshkoralik qo’mitasiga rais o’rinbosari etib saylanganimdan keyin
Samarqanddan Toshkentga qatnab ishlay boshladim. Menga o’xshab viloyatlardan qatnab
ishlayotgan deputatlar ko’p edi. Bizga Vazirlar mahkamasining mehmonxonasidan joy berishdi.
Mehmonxona ikkiga bo’lingan ekan. Bir tomonda doimiy yashovchilar uchun kottej shaklida
qurilgan bino. Bu yerda vazirlar, vazir o’rinbosarlari va boshqa mulozimlar uy olguncha oylab,
yillab yashab kelar ekanlar.
Ikkinchi bino odatiy mehmonxona shaklida bo’lib, bu yerda vaqtinchalik mehmonlar istiqomat
qilishar ekan. Bizga ana shu qismdan joy berishdi. Mazkur binoda oshxona, katta hovuz va sauna
ham bor edi.
Biz 10-12 nafar deputat ertalab birgalikda choy ichishga tushganimizda ba’zi vazir yoki vazir
o’rinbosarlari bizga yaqinroq o’tirib, suhbatimizga quloq solib turishganini sezish qiyin emasdi.
Buni tabiiy hol, deputatlarga qiziqish deb o’ylardim.
Ishdan keyin hovuz bo’yida to’planardik. Sauna qabul qilardik. “IAK” kitobimda yozganimdek,
shu kunlarning birida Karimov menga Oliy Kengashdagi gap-so’zlarni o’ziga etkazib turishimni
aytgan va bundan xunobim chiqib yurgan edim.
Bir kun, saunada ekanligimizda Karimovning “talabi”ni deputat do’stlarimga aytdim va sessiyada
shu haqda gapirmoqchiman, qo’llaysizlarmi, dedim. O’sha paytda “KGB saunadagi suhbatni yoza
olmaydi” degan gap bo’lardi. Balki bu joyda KGBning “quloq”lari kuyib ketadi yoki KGBning
“quloq”lari issiq joyda ishlamaydi, deb o’ylashgan ham bo’lishlari mumkin.
Qarang-ki, ayni “talab”ni Karimov yakkama-yakka suhbatda boshqalarga ham aytgan ekan.
Hammaning iqrori meni sevintirdi. Bu bir-birimizga ishonch belgisi edi.
Ammo ertasidan boshlab hovuz bo’yida to’planadigan vaqt kelganda har kimning bir ishi chiqib
qoladigan bo’ldi. Kimdir “uyiga borib kelmoqchi”, kimdir “xasta”, kimdir shahardagi
“do’stinikiga o’tib kelishi” kerak va hokazo…
-Jahongir, agar sessiyada shu haqda gapirsangiz, men sizga qarshi chiqishga majbur bo’laman,-
dedi deputat Erkin Hojiev.-Bu Vatanga xizmat masalasi, vatanparvarlik imtihoni bu! Istasangiz,
hozir Islom aka bilan bog’layman va o’z oramizda gaplashib olamiz.
Birinchi qavatda hukumat telefoni bor edi. U shunday deb meni o’sha tomonga chorladi.
Bormadim. Xafa bo’ldim. Demak, bular kelishib, gapni Karimovga etkazgan, deb o’yladim. Shu
erdagi deputatlar bilan bir-birma suhbatlarimdan keyin, oradan ancha vaqt o’tib bildimki, o’zaro
kelishuv bo’lmagan, ammo hamma bir-biridan cho’chib qolgan ekan. Lekin..
O’shanda Hamza Eshnazarov degan haqiqatparvar deputat
19
-Juda qiziq ekan. Muhim bir masala bilan borsang, qabul qilmaydi. Men deputat Inomjon
Tursunovni Toshkent mehmonxonasida mirshablar do’pposlagani masalasida bir necha marta
bordim, Kraynov “U kishi yo’qlar” deb aytdi. Hozir ham har kuni bir marta telefon qilaman,
uchrasha olmayman. Lekin falonchi falon ish qilmoqchi, shuni etkazishim kerak, o’zlari shunday
topshiriq berganlar, desang darhol qabul qilar ekan. Ba’zi deputatlar shunday deb kirib, boshqa
ishlarini ham bajarib yuribdilar,-dedi.
Hamza aka oddiy o’qituvchidan chiqqan to’g’ri so’z odam edi. 7-sessiyada Karimov bizni maxsus
tayyorgarlik ko’rib kelganlikda ayblaganda u minbarga chiqib׃
-Mening fikrimcha, prezidentimiz juda to’g’ri gapni gapirdilar, tayyorgarlik ko’rib kelgan bo’lsa
kerak deb, tayyorgarliksiz ham kelish mumkin-mi, sessiyaga?-degan edi.
Hamza akaning ogohlantirishidan keyin kuzatsam, ba’zi deputatlar ochiqdan-ochiq borib,
bo’layotgan gaplarni aytib berishar ekan. Vazirlar va boshqalar ham shunday qilisharkan.
Shunda mehmonxona oshxonasida vazirlar va vazir o’rinbosarlari bizga yaqinroq o’tirib,
suhbatimizga quloq tutganlarining sirini angladim. Jamiyatning hamma joyida ana shunday
ayg’oqchilik ish uslubi joriy etilganini ko’ra boshladim.
Muxolifatda bo’lganimda ham majlis yoki suhbatimiz tugashi bilan oradan ko’p o’tmay prezident
devonidan telefon qilib, ogohlantirishgan hollari bo’lgan. Ana shundan bo’lsa kerak, bugunga
qadar muxolifatdagi har ikki kishi bir-birini ayg’oqchi deb ayblaydi.
Darvoqe, keyinchalik Karimov bu ishni o’z darajasidan MXX va boshqa tashkilotlar darajasiga
tushirdi. Hozir endi mahallalarda ham ayg’oqchilik – bozori chaqqon ish.
Bugunga kelib xalqni ayg’oqchiga aylantirishning ming xil yo’llari o’ylab topildi. Muxolifatga
yaqin yoki muxolifat orasidagi ishonuvchan soddalarni ham har turli yo’l bilan boshqaradilar.
Mana eng oxirgi misol. Ma’lumki, soliq inspektsiyasi xorijdan pul olganlarning keyingi yillardagi
daromadlarini tekshirib chiqmoqda. Yaqini shu idorada ishlaydigan bir odamning ma’lumotiga
ko’ra, tekshiruv Andijon voqealaridan oldinroq boshlangan. Tekshiruvchilar soliq to’lanmagan
juda katta miqdorlarni aniqlashgan.
Ammo aksar hujjatlarni MXX olib ketgan. Nega olib ketadi? Tabiiyki, tekshirilgan odamlarni
o’ziga ishlatish uchun.
Muxolifatga yaqin bo’lgan X.(faktlarni aniq tekshirib chiqish imkoniyati bo’lmagani uchun uning
ismini shartli ravishda X. deb oldim-JM) keyingi yillarda xorijdan 78 ming dollar pul olgan ekan.
MXX uning bir necha ming dollarga sotib olgan dang’illama hovlisini tekshira boshlagan.
Birdaniga barcha tekshirishlar to’xtab qolgan. Lekin muxolifatning do’sti bo’lib ko’rinib yurgan
bu odam birdan muxolifat orasini buzuvchiga aylandi.
20
Darhaqiqat, mazkur xabarni olmagunimcha uning harakatlari meni taajjubga solib yurgandi. Buni
bilib qoldim. Ammo bilmaganlarimiz qancha?
Muxolifatni birlashtirishga urinishimiz bilan shundaylar ishga solinadi, Karimovning va rejimning
qonli sirlari haqida yoza boshlashimiz bilan shundaylarga kun tug’adi.
Karimov oz qolsin, butun millatni ayg’oqchiga aylantirdi. Lekin ayg’oqchi bo’lishni sharaf deb
bilganlar ham bor.
1994 yilda Turkiyada ta’lim olgan bir talaba O’zbekistonga qaytishi bilan biz haqimizda qariyb
bir kitob holida hisobot yozib, MXXga beribdi. Buni qayoqdan bildim? Hayratlanmang. Uning
o’zi aytib berdi.
-Bu mening Vatanga xizmat qilish tushunchamdir,-dedi u yana Turkiyaga kelganda.
Shundan beri uning yuzini ko’rganim emas. Karimovning bu “kashfiyoti” butun millatni ana
shunday yuz ko’rmas qilib qo’ymoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |