24
11. BOSHIDAN “DARCHA OCHIB” QO’YISH
O’zbekistonda kaltaklanmagan muxolifat a’zosi qolmadi, hisob. (Xabarlar oqimidan).
1992 yilning 1 Iyul kuni Samarqandda edim. Chunki bir kun oldin opamnikida to’y bor edi va
shunga borgandim. Ertasiga esa sessiya bor edi.
Samarqandga borishimdan boshlab, to’yda o’tirganimizda va keyin uyga qaytganimizda ham meni
kuzatib yurishdi. Shu bois yaqinlarimdan bir-ikki nafarini uyda olib qoldim.
Nimadir bo’lishini ko’nglim sezayotgandi. Chunki sessiyaga qattiq tayyorgarlik ko’rgan edik va
Oliy kengash raisi Shavkat Yo’ldoshevni chetlatib, keyin yangi qo’yilgan raisning yordamida
Karimovga ishonchizlik bildirish rejasini tuzgandik.
Ko’p sonli muxolifatchilar shu kuni oliy Kengash binosi oldida miting o’tkazib, tashqaridan turib
sessiyaga bosim o’tkazishi kerak edi.
Tabiiyki, hukumat ham tinch turmayotgandi.
Saharlab yo’lga chiqishim kerak edi. Birinchi reysga joy olib qo’ygandim. Ammo kuzatishlarni
ko’rib, jiyanlarimdan biriga saharlab soat besh atrofida kelishni va uning mashinasida Toshkentga
borishimizni tayinladim. Kuzatishlarni sezganimdan keyin xayolimdan nima bo’lsa ham
Toshkentga bormasligim uchun harakat qilishadi, degan gap o’tgandi.
Sahar payti darvozaning darichasini ochib tashqariga bir odim qo’yishim bilan yashil ihotalar
orqasida nimadir qimirlaganini sezdim. Darhol orqaga, hovliga qaytib, ichkaridan, deraza
muyulishidan o’sha joyga qaradim. Yosh bir yigit darvoza tomonga qarab tiz cho’kib, o’tiribdi.
Qo’lida tayyoqchadek qilib o’ralgan gazeta.
Uni ushlashga qaror qildik. Birdan tashqariga otilib chiqib, unga tashlandik. U vahimaga tushib
qoldi. Hamma narsasini tashlab qochishga urindi. Men vajohatda unga Ichki ishlar vazirligidan
berilgan guvohnomasi bilan ko’ylak cho’ntagini yirtib olibman va qarasam uning badanida ovoz
uzatgichlar ham bor. Uni ham uzib oldik.
U qochib, narigi ko’chaning burchagida o’zini kutib turgan mashinga mingancha ko’zdan g’oyib
bo’ldi. Men ham turli yo’llarni qo’llanib, Toshkentga etib oldim.
ERK partiyasi binosiga kelsam, matbuot konferentsiyasi bo’layotgan, muxolifat a’zolaridan bir
qanchasi kaltaklangan yoki qamoqqa olingan ekan. Men muxbirlarlarning oldiga Ichki ishlar
vazirligining 7-boshqarmasida ishlagan shaxs-Izzatdinov nomiga berilgan guvohnoma va ovoz
uzatgich jihozlarini qo’ydim.
Voqeani gapirib berib, Oliy kengashga ketdim.
O’shanda Ichki ishlar vaziri Zokir Almatov tentak bo’lib qolayozgandi. U sessiya boshlanmasdan
oldin menga yalinib, kechirim so’rab:
25
-Biz sizga va boshqalarga ham hujum bo’lishi mumkin deya maxsus qo’riqchilar qo’ygandik,-
dedi.
Ammo men undan:
-Shunday bo’lsa, nega meni ogohlantirmadingizlar?-deb so’radim.
-To’yingiz bor edi, kayfiyatingizni buzmaylik, dedik-da…
-Lekin kuzatuvchilaringiz to’yda ham o’tirishgandi, biz ularni surishtirsak nega qochib qolishdi?
-Bizdan ruxsat bo’lmasa, sizga ayta olmas edilar…
-Qo’riqlaydigan bo’lsa, darvozaning yonida qo’lida armatura bilan yashirinib o’tiradimi?
-Menga ishonmasangiz, ana Islom akamdan so’rang, u kishining topshiriqlari bu!-dedi sessiya
oldidan viloyat rahbarlari bilan gaplashib turgan Karimovni ko’rsatib.
Alamatovning gapi to’g’ri edi. U topshiriqni Karimovdan olgan. Faqat Karimov “Qo’riqlanglar”
degan emas, balki “Boshini yorib qo’ylaring” degan. Chunki ayni gapni u sessiyada ham aytdi.
“Kerak bo’lsa, ikki yuz, uch yuz kishining kallasidan daricha ochib qo’yish kerak” dedi u.
Shundan keyin muxolifatga aloqasi bo’lganlarni armatura bilan urib ketish odatga aylandi. Nega
armatura? Nega boshiga urish? Shu haqda o’ylar ekanman, yodimga 1991 yilgi voqea tushdi.
Bir kuni Karimovning xonasida ekanimizda u telefonda Bosh vazir o’rinbosari Baxtiyor
Hamidovni so’ka boshladi
-Kallangdan darcha ochib quydiraman!-dedi u Hamidovga.
1992 yil yozida esa bu gapni sessiyada aytdi. Dildagi tilga keldi.
Bugunga qadar ro’yxatini qilsangiz boshi yorilganlar soni minglardan oshib ketdi. Mustaqillik
kelgan kunlardan boshlangan bu tajriba bugun ham davom etmoqda.
26
Do'stlaringiz bilan baham: |