Jahongir mamatov karimovning kirdikorlari



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/44
Sana21.06.2022
Hajmi0,53 Mb.
#688546
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44
Bog'liq
1 5033119556814504073

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


15 
 
8. BIRINI BIRIGA YEDIRISH
Mavlon Umurzoqov to’yiga Temur Alimovni taklif qilmabdi.(Xabarlar oqimidan). 
Bir kuni Prezident Devonining beshinchi qavatida qiziq holga duch keldim. 
Bir kuni Prezident Devonining beshinchi qavatida qiziq holga duch keldim. Koridorning bir 
tomonidan o’rta bo’ylik, to’lachadan kelgan, kulcha yuzli, istarasi issiq kishi kelmoqda. Unga 
qarshi tomondan esa ozg’in, ingichka yuzli, istarasi sovuq bir kishi kelmoqda. Ular bir-birlarini 
ko’rishlari bilan boshlarini egib, qo’llaridagi qog’ozlarni titkilab, nimanidir unutgan odamlardek 
shoshib ortga qaytib, xonalariga kirdilar. O’rta bo’yligi Mavlon Umurzoqov edi. Ozg’ini esa, 
Temur Alimov. Men Mavlon akaning huzuriga borayotgandim. Qabulxonasiga kirsam, uning o’zi 
turibdi. Salom-
alikdan so’ng׃ 
-Ilon yuqoriga ketdimi?-deb so’radi. 
Temir Alimovning laqabi “Ilon” edi. Men uning qaytib xonasiga kirganini aytdim. 
Yuqorida esa, faqat Karimovning xonasi. 
-Kraynovga aytsangiz-ku, navbati bilan chaqirardi,- dedim men Mavlon akaga. 
-Kraynov ham har tomonga o’ynaydi. Ba’zan ataylabdan ikkalamizni ham chaqiradi,-dedi u 
Prezidentning kotibi haqida. 
Prezidentning ikki maslahatchisi orasidagi munosabat ana shunday edi. Avvaliga Kraynovni ora 
buzuvchi, deb o’yladim. Vaqt o’tib, bir kun Karimov bilan uning nutqini ko’rayotgandik, u 
tugmani bosib, Kraynovga׃ 
-Ana ularni qabulxonaga chaqirib qo’y, bir-birini cho’qib o’tirsin,-dedi. 
Uning huzuridan chiqar ekanman, qabulxonada Umurzoqov, Jo’rabekov va Alimov turganini 
ko’rdim. Hammasining qovog’i solingan, xuddi qaerdadir falokat yuz berganu ular katta tashvish 
ostida qolgandek, boshlarini xam qilib o’tirar edilar. 
Keyin bilsam, Jo’rabekov bilan Alimovning ham orasi buzuq ekan. 
Bir kun Mavlon aka׃ 
-Bu ablah telefonlarimga qadar eshitadi,-dedi barmog’ini devorga tomon nayzalab. 
Tabiiyki, u Alimovning xonasi tomonni ko’rsatayotgan edi. Alimov o’shanda huquq-tartibot 
sohasini nazorat qilar edi. Mafiyadan tortib, Almatovgacha, MXXdan tortib, Bosh prokurorgacha 
uning izmida edi. 


16 
Kadrlar masalasi esa, Umurzoqov bilan Jo’rabekovning qo’lida. 
Karimov ularni bir-biriga dushman qilib qo’yib, hamma gapdan boxabar bo’lib turardi. 
Umurzoqovdan Alimov haqida hujjat to’plashni so’rasa, Alimovdan Umurzoqov haqida ma’lumot 
talab qilardi. Keyin b
u ma’lumotlarni ularga ko’rsatib׃ 
-Ko’rdingmi, nima qilib yuribsan? Ana u oshnang olib kelib berdi, undan ehtiyot bo’l,-deya seyfga 
tashlab qo’yar ekan. 
Ana shu ish uslubi Oliy majlis, hukumat idorasi, vazirliklardan tortib, viloyat va tuman 
hokimliklariga qadar singdirilgan. Karimov hokim va o’rinbosarini tayinlash chog’idayoq ularni 
bir-biriga dushman qilib qo’yadi. 
Bugunga kelib, bu – jamiyatning kasalligiga aylandi. Har ikki kishi bir-biriga dushman. Hatto 
mamlakatdan chiqib ketib ham bu kasallikning domida yurganlar juda ko’p. 
Aslida Karimov bu masalada katta kashfiyot qilgan emas. Balki zehniyatni yaxshi bilib, uni 
qo’llanib, “kashfiyot”ga aylantirgan… 
Bundan bir necha yil oldin “Birlik”ning bahs markazida kimdir mening nomimdan tanishlarimdan 
birini haqorat qilib yoza boshladi, uning shaxsiy ma’lumotlarini e’lon qildi. 
Darhaqiqat, u mendan yordam so’rab, shaxsiy ma’lumotlarini yuborgan edi. Men unga qo’limdan 
kelgani qadar yordam berdim. Bir kun uning o’zi menga yozgan xatida “Ehtiyot bo’ling, 
A.(shartli-JM) Sizning adresingizga kirgan shekilli, ikkalamizning yozishmalarimizni umumiy 
dushmanimizga etkazibdi”, degandi. 
A.ning kompyuter ilmi yaxshi edi, lekin elektron pochtalarni ochishiga ishonmadim. 
Gap bunda emas. Gap shundaki, haligi tanishimiz o’zi haqidagi ma’lumotlar “Birlik” saytida 
chiqib ketgach, menga dushmanga aylandi. Mening ustimdan shikoyat, bo’hton yozmagan joyi 
qolmadi. Oradan bir-ikki yil o’tib, bilsam, haligi tanishim o’zi haqidagi ma’lumotlarni mendan 
oldinroq yordam so’rab, “umumiy dushmanimiz” degani -B.ga yuborgan ekan. Keyin B. bilan 
oralari buzilib qolgach, menga murojaat qilgan. Balki yana boshqaga ham yuborgan bo’lishi 
mumkin. Aslida osmon uzilib, erga tushgan emas. Demoqchimanki, sal narsaga dushmanlashish 
qonimizda bor. 
Bir rivoyat aytishadi. Yildirim Boyazid Avropani bosib olishga shaylangan paytda, 27 
mamlakatning rahbari Amir Temurga maktub yo’llab, o’zlarini qaysar Boyaziddan qutqarishni 
so’rashadi. Temur parvo qilmaydi. Shunda Temurga Boyazidning nomidan bir xat boradi va “Sen 
cho’loq, menga qarshi bosh ko’tarmoqchimisan, hali?!” deyiladi unda. Ayni paytda boshqa bir xat 
Yildirimga ham boradi. Unda esa “Sen ko’r, menga qilich o’qtalmoqchimisan, hali?!” deyilgan 
ekan. 
Shundan keyin o’rtada qirg’in boshlanib, dunyoning gardishi boshqa tomonga burilib ketgan ekan. 


17 
Bugun ham kimgadir laqabi yoki bir nuqsini aytib, “Seni ko’r” yoki “Seni cho’loq” dedi deb 
qo’yilsa, bas, bir-birini eb tashlaydi. 
O’zbekning ana shu zaif nuqtasidan Karimov va karimovchalar juda ustalik bilan 
foydalanishmoqda. 
…Karimov Alimovga׃ 
-Mavlon senga “Ilon” deb laqab qo’yibdi… 
Karimov Umurzoqovga׃ 
-Temur senga “Toshbaqa” deb ot qo’yibdi… 
Bu hikoya Umurzoqov qamalishi bilan bitdi. Ammo minglab yangi hikoyalar boshlandi va 
boshlanmoqda! 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish