www.ziyouz.com
kutubxonasi
31
yo o‘lim barchamizga yaqin bo‘lib qolgani uchunmi, bu yerda o‘zimni ancha erkin tutdim.
Pastda kechayotgan urush quyoshli kun, musaffo osmon va osuda tabiat tufayli
qandaydir beo‘xshov ko‘rinardi.
Shundan so‘ng kutilmagan voqea sodir bo‘ldi: zirhli mashinalar tor yo‘lakning og‘ziga
yaqin kelganda, kechagi vahshiy qo‘mondon jangning barcha qonun-qoidasini buzib,
tankning old tomoniga o‘tdi-da, uni granata otib portlatib yubordi. Uning guruhidagi
besh nafar jangari ortidan yurib, yonayotgan tankdan qochayotgan jangarilarni o‘qqa
tuta boshladi. Biroq boshqa tomondan uchib kelgan olov raqibini yer tishlatdi.
Snayperlar har tomonda bekinib turishgandi. Turgan joyimdan irg‘ib turib, qochishimdan
avval ko‘rganim shu ediki, uchib kelgan granata snayperlar yashiringan joyga kelib, u
yerning kulini ko‘kka sovurdi. Li ikkimiz qaltirab qoldik. Qo‘rquv, hayajon, muzlash -
bilmayman. Balki bularning bari. Biz bu jarlikdan qochib ketolmasdik - pastda
urushayotgan jangarilar, yuqorida - sokin muzliklar va uyimiz - meteor markaz esa
o‘rtada. Biz orqaga, uy tomonga yurishga qaror qildik. Jangarilar ancha kech qaytishdi.
Yovuz qo‘mondonimiz ular orasida ko‘rinmasdi. Bildikki, u halok bo‘lgan. Uning kechagi
raqibi yig‘lar, qo‘lida ilma-teshik bo‘lib ketgan Qur'on nusxasi bor edi. Kitob ichidan
marhum qo‘mondonning qizi yozgan maktubni oldi. Bola qo‘li bilan chizilgan palma
daraxtining rasmini ham o‘q teshib o‘tgandi. Bir kun oldingi shubham uchun o‘zimni juda
yomon his qildim va qayg‘uga botdim. Baribir, o‘sha mahal ham ular bizni tirik
qoldirishdi.
40
Yozishni boshlaganimda, shunga ishonchim komil ediki, tilshunoslik manbalarining
yo‘qligi sabab, faqat ishga oid uslubdan foydalanaman, tasvirni yashiradigan lirik
chekinish va shunga o‘xshash bezaklardan yiroqroq bo‘laman, deb edim. Ko‘p yillar
davomidagi tarjimonlik tajribamdan bilamanki, tilning boyligi voqealarni ochishdan ko‘ra,
ularni yashirishga xizmat qiladi. Maqsad-mohiyatni tushunmagan bo‘lsangiz, uni tarjima
qilish uchun qancha so‘zlarni ishlatib ko‘rasiz? Hali hikoyaning so‘ngi ko‘rinmasa-da,
borgan sari hayajonlanib ketyapman. Ochiqroq bo‘lishim kerak. O'rta Osiyoga qilgan
safarimni sizga nima uchun aytyapman? Chunki men u yerda Fionaga xiyonat qildim. Bu
Farg‘ona vodiysida ro‘y bergandi.
Boshida biz Marg‘ilon degan joyda eng katta diniy arbobni uchratdik. U shu qadar ta'sirli
ediki, darhol O'lik Shahardagi darvish yodimga keldi. Leonardo da Vinchiga o‘xshagan,
oppoq libosda joynamoz ustida o‘tirgan kimsani xayolingizga keltiring, faqat sizning
suhbatingizgina uni yer ustida ushlab turibdi, yo‘qsa u bir zumda jannatga uchib ketgan
bo‘lurdi... Ha, men darvishimni esladim va undan Ko‘k Turklari haqida biror narsa
bilishini, biror joyda o‘qiganini so‘radim. U oddiygina qilib, bu turklarning g‘aflat va
tumanlikda hayot kechiradigan odamlar bo‘lgani, lekin ular orasida bir kishi haqiqiy
musulmon ekanini aytdi, faqat uning ismini yashirdi. Uning ismi Farididdin Attorning
«Tazkiratul-avliyo» asarida bor. Shu payt uning o‘g‘li kelib namoz vaqti bo‘lganini aytdi
va ular ketishdi yoki biz ketdik, aniq esimda yo‘q. Shunday qilib yana bir bor fitnaga
uchradim va bu fitna avvalgilariga qaytaradiganga o‘xshab ko‘rindi.
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |