www.ziyouz.com
kutubxonasi
29
qalandar bir qabrtoshiga o‘tirib, kamtargina kechki ovqatga - haligi qo‘shig‘ini aytib
topgan bor-budiga taklif etadi.
Rohib Valaamov o‘z maqsadlarini aytadi. Qalandar xurjunidan do‘mbirasini olib, qo‘shiq
ayta boshlaydi. U mungli bir tovushda uzun hikoyani kuylar ekan, ba'zi o‘rinlarni aytib
berish uchun o‘qtin-o‘qtin to‘xtab qo‘yardi. U Yer-Tushtuk degan qahramon haqida
kuylar, bu qahramon esa o‘zining sehrgar xotinini izlab, yerning eng chekka burchigacha
borgan va u yerda yerostidagi qandaydir bir saltanatning eshigiga yaqinlashadi. U bu
eshikdan kirib, Qirollikning birinchi qatlamida ko‘radi o‘zini . Qari kampir qiyofasidagi
yalmog‘iz uni kutib turardi. Yigit unga salom beradi. «Saloming bo‘lmaganda ikki yamlab
bir yutardim», deydi yalmog‘iz. Yigit unga o‘z upasi, tarog‘i va oynasinigina tashlab
ketgan sehrgar xotinini izlab yurganini aytadi. Qari yalmog‘iz bu notanish kishining
so‘ziga quloq solmas, uni qanday pishirib yeyishni o‘ylardi. U yigitdan ko‘proq o‘tin
keltirgunicha kattakon qozon tagidagi olovga qarab turishni so‘raydi. Yer-Tushtuk hayoti
xavf ostidaligini sezib, qochishga qaror qiladi. Kampir uning qochayotganini sezib,
ortidan quvadi. Yetay-etay deganda, yigitning qo‘lidagi upa tushib ketib, ular o‘rtasida
hayhotday sahro paydo bo‘ladi. Shu tariqa yigit yer ostining ikkinchi qatlamiga tushib
qoladi.
Birdan o‘tkir shoxli ho‘kiz ta'qib qilayotganini sezadi. Ho‘kiz endi shoxiga ilintirib tepaga
ko‘taraman deganda, yigit qo‘lidagi taroqni yerga tashlaydi va o‘rtada qalin, qorong‘u
o‘rmon paydo bo‘ladi. Yer-Tushtuk keyingi qatlamda ko‘radi o‘zini. Bu yerda ajdahoday
bahaybat ilon uni tishlamoqchi bo‘lganda, oynani yerga tashlaydi va o‘rtada cheksiz ko‘l
hosil bo‘lib, yigitni hujumdan asraydi. Yerosti Qirolligidagi uch qatlamdan o‘tarkan, Yer-
Tushtuk qizil bug‘ular to‘dasiga uchraydi va qo‘rqib turganiga qaramay, bug‘ular uning
chuqurroq qatlamga tushishiga yordam beradi. So‘ngra Qora Tulki o‘zining izini va butun
tanasini Qora Tunda yashirib, yigitni u yerda yolg‘iz tashlab ketadi. Nihoyat, Yer-Tushtuk
eng so‘nggi tog‘ning cho‘qqisida bir g‘orni ko‘radi, u yerda Tepako‘z yigitning yo‘qolgan
sehrgar xotinini ushlab turardi...
Zev yozmishlarining birinchi qismi shu yerda qirqilgan va men ikkinchi qismni o‘qish
orzusida sabr qilolmasdim. Bilmadim, Zev nimani nazarda tutgan ekan, lekin Yer-
Tushtukning tabiatini o‘zimda aks ettirib ko‘rdim. Qatlam ketidan qatlam, men odatiy
zaminiy hayotimdan soyalarning zimiston dunyosiga tushib ketganday edim. Faqat kimni
izlab?
38
Men hatto o‘sha guruh ichida reportyor bo‘lib yurganimni ham eslashni istamayman.
Yana, rejissyor xuddi o‘z Injilini saqlaganday avaylab yurgan «Dunyo bir kun ichida»
kitobini ham umuman yodga olmasam deyman. Bir kuni ish jadvalini izlayotib, stol
ustida ochiq holda turgan o‘sha kitobga ko‘zim tushdi va qiziqqonligim bois undagi
sariqlik to‘la maydon suratiga ko‘zim tushdi. Unda tushuntirilishicha, bir kun ichida
insoniyat chiqaradigan chiqindi Luiziana stadionini 19 metr chuqurlikda ko‘mishi mumkin
ekan. Yuqorida barcha odamning oltita konteynerga yuk bo‘lgan chiqindisi bor edi.
Hayratda qoldim. Yo‘q, o‘lchovlarni deb emas... bilmayman nimaga. Keyinroq ba'zi
tahlillardan so‘ng aqalli ikki sabab borligini tushundim: birinchisi - insoniyatga bio-massa
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |