64
portreti bo’lib, u aniq kasbda dolzarb bo’lgan psixologik funksiyalar guruhi bilan namoyon bo’ladi.
Professiografik tadqiqot metodlari. Kasbning ilmiy ta’siri, mexnatning (mexnat xulqi) tashqi ya’ni
psixik jarayonlar qrishini ya’ni, mexnat subyektining ichki vositalariga bulgan integral psixologik
tuzilmalarini nazarda tutadi.
Professiografiyada turli-tuman usullar qo’llaniladi:
1) Ijtimoiy (surovnomalar, savollar kiritilgan kuzatuv);
2) Psixologik (suxbat kuzatuv tajriba va ulardan
kelib chiquvchi intervyu, shaxsiy
surovnomalar testlar, tajribalar, psixobiografiyalar, faoliyat maxsulini urganish metodi);
3) Fiziologik (EKG. KER qonda arterial bosimni o’lchash
antopometrik va texnik
ma’lumotlar);
4) Texnologik jarayonlar ta’siri va boshqa usullar xilma - xilligidan vaqt, kuch va
vaziyatlarni minimalligi bilan profesiogramma tadqiqotdagi savollarga javob beruvchi usullarni
tanlash lozim. Usullar kompleksini ishlab chiqishda tizimni tashkil etuvchi
omil tadqiqot maqsadi
muxim rol o’ynaydi. Psixografiyalarni kasbga yunaltirish uchun ishlab chiqayotganda kasbning
umumiy professiografik va ijtimoiy-psixologik ta’siriga katta e’tibor beriladi. Mexnat sharoitlaridan
texnik, texnologik va ijtimoiy psixologik sharoitlari ancha chuqurroq urganiladi. Tadqiqotlarning
muxim yunalishi bu shaxsning qobiliyatlari, psixofiziologik xususiyatlarini baxolashdir.
Professiogrammalarning kasbga yo’naltirish va kasbiy tanlov
maqsadida ishlab chiqishda
psixodiognostik tadqiqotlar juda muxim xisoblanadi. Qolgan tadqiqotlar o’quv - kasb
muassasalarida talabalar, o’quvchilarni o’qishga qabul qilinadigan shaxslar ishlashi lozim bulgan
sharoitlarni aniqlash uchun axamiyatga ega. Ammo
ular xam muxim xisoblanadi, chunki aniq
majburiyatlarni va mexnat sharoitlarini bilmasdan, kasbga yunaltirish,
kasbiy yunalganligini
tashkillashtirish va kasbga nisbatan layoqatini aniqlab bulmaydi. Professiografik tadqiqotlarning
keyingi yunalishi – toliqish, monotoniya boshqa yomon holatlarni oldini olish,
travmatizm bilan
ko’zning qurish kasalligi va uning pasayishi maqsadida mehnat sharoitlari va tartibini o’rganishdir.
Tadqiqotlarning asosiy maqsadi - mexnat sharoitlar va tartibini o’rganishi va shu bilan birga normal
va patologik xolatlar, shuningdek, shaxsning kasbiy muxim va faoliyatiga bulgan reaksiyasini
tashxis qiladi. Bu kompleksga professiografik usullardan gigiyenik, tabiiy, psixologik va fiziologik
usullar kiradi. Usullarni tanlashda kasbning to’liq o’rganilishi nazarda tutilishi kerak.
Bunda
professiografik tadqiqotlar yunalishlarida quyidagi professiografiya chizmasidan foydalanish
tavsiya etiladi: 1) Ishlab chiqarish jarayoni bilan umumiy tanishuv uning o’rganish va tasviri. 2) Ish
o’rinlarini tasvirlash, ish o’rnidagilarning faoliyatini psixologik mo’lyali; 3) Ish-xarakatlarining
psixologik, fiziologik va antropometrik taxlili. 4) Mexnat jarayonining taxlili. 5)
Ish kunining
sur’ati xronometraj. 6) Faoliyatning individualligini o’rganish. 7) Xatoli xarakatlar taxlili. 8)
Sanitariya - gigiyenik mexnat sharoitlarini baxolash. 9) Bir smena, xafta, uzoq davr manbaida ish
qobiliyatini dinamikasi. Professigrafiyalar turli mazmuniga ega. Bu ular nima maqsadlarda
tuzilganligiga bog’liq. Professiografik adabiyotlarni o’rganib va tizimli taxlil tamoyiliga tayangan
xolda umumlashgan profesiogramma chizmasi ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: