A. K. Qayimov, E. T. Berdiyev dendrologiy a


-rasm. Q andli zarang barglari



Download 29,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/240
Sana21.06.2022
Hajmi29,06 Mb.
#687578
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   240
Bog'liq
Dendrologiya-2012

40-rasm. Q andli zarang barglari.


Buning uchun erta bahorda daraxtning tanasini teshib naycha 
o ‘matiladi va shirasi yig‘ib olinadi. Har xil konfet va konditer 
mahsulotlari ishlab chiqarishda undan foydalaniladi. Bu zarang Shimoliy 
Amerikaning sharqidagi o ‘rmonlarda asosan Sharqiy Kanadadan toki 
Djordjiya, Alabama va Missisipi shtatlarigacha bo‘lgan hududlarda keng 
tarqalgan. Xalq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega, Kanada davlatining 
bayrog‘ida ushbu zarang turining bargi timsol sifatida aks ettirilgan.
Zarangning yana bir qancha turlari 
tatar zarangi (Acer tataricum
L.), shum tolbargli zarang (A cer negundo L.), 
daryobo‘yi zarangi 
(Acer ginnala Maxim.) bo‘lib, ular k o ‘kalamzorlashtirishda va o ‘rmon 
melioratsiyasi ishlarida hamda o ‘rmon xo‘jaligining har xil tarmoqlarida 
keng q o ‘llaniladi.
Q A Y R A G ‘O C H D O SH L A R (ULMACEAE) OILASI
Bu oilaning vakillari daraxt o ‘simliklardir, ayrim butalari ham 
uchraydi. Barglari oddiy tuzilgan, kuzda to‘kilib ketadi, barg plastinkasi 
patsimon tomirli, cheti tishchali. Y ong‘oqbargchalari tez to ‘kilib ketadi. 
Gullari ayrim jinsli, ular kuchalasimon to‘pgul hosil qiladi. Mevasi 
qanotchali yong‘oqcha yoki quruq etli danak, urug‘i endospermasiz.
QAYRAG‘OCH (ULM US) TURKUMI
Bu turkumning vakillari daraxt, ba’zan buta, po‘stlog‘i chuqur 
yorilgan, qo‘ng‘ir rangda bo‘lib, ayrim turlarida u ajralib to ‘kilib turadi. 
Novdasi b a ’zan tukli, ba’zan tuksiz b o ‘ladi. Kurtaklari novdada qiya 
joylashadi. Simpodial tipda shoxlanadi, novdasi bo‘g ‘imli, barglari ikki 
qator b o ‘lib navbat bilan joylashadi. Ular oddiy tuzilgan, kuzda to'kilib 
ketadi, k o ‘pchilik turlarida barg plastinkasining cheti tishchali, ayrim 
turlarida uchki qismi bo‘lakli yoki yirik tishchali.
Ular barg yozishdan oldin gullaydi, shamol vositasida changlanadi. 
Gullari o ‘tgan yilgi novdalaming yon kurtaklaridan rivojlanadi. Ular 
ikki jinsli. Mevasi may yoki iyun oyining boshlarida yetiladi. U yassi 
yong‘oqcha 
bo‘lib, 
pardasimon 
qanotchasi 
bor. 
Urug‘i yassi, 
endospermasiz, unib chiqish xususiyatini tez yo‘qotadi. Ildizi o ‘q ildiz 
bo‘lib, dastlabki vaqtlarda yaxshi rivojlanmay, so‘ng rivojlanib, yerga 
juda chuqur kiradi va baquvvat ildiz tizimi hosil qiladi. Bular 
to ‘nkasidan yaxshi ko‘karadi. Ayrim turlari ildizidan bachkilaydi. 
Yog‘ochi o ‘zakli, qattiq, pishiq, egiluvchan bo'lib, yaxshi yorilmaydi. U


duradgorlikda, mashinasozlikda ko‘p ishlatiladi. Eng yaxshi o‘tin b o ‘lib 
hisoblanadi.
Qayrag‘ochning 
turlari 
Kavkaz 
va 
Qrimning 
o‘rmon 
va 
o ‘rmondasht mintaqalarida tarqalgan. Ayrim turlari vodiylarda, unumdor 
tuproqli yerlarda o ‘sadi. Qurg'oqchilikka chidamli. MDH ning Yevropa 
qismidagi cho‘llarda, dasht mintaqasida ham ko‘p ekilgan. Ulam ing 
ayrimlari bu sharoitda tez o ‘sadi. Katta yoshga kirgach, sekin o ‘sa 
boshlaydi, kasallanadi va tez qurib qoladi. Quyida ayrim turlari ustida 
to'xtalib o ‘tamiz.

Download 29,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish