O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ishni tayyorlash tartibida taraflarni so‘roq qilish



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/173
Sana21.06.2022
Hajmi0,85 Mb.
#687426
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   173
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

203-modda. Ishni tayyorlash tartibida taraflarni so‘roq qilish
Zarur bo‘lgan hollarda, ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida sudya taraflarni so‘roq
qilishi mumkin.


Bunda sudya:
1) da’vogarni o‘zi arz qilingan talablarning mohiyati bo‘yicha so‘roq qiladi, undan javobgar
bildirishi mumkin bo‘lgan e’tirozlarni aniqlaydi va, agar bu zarur bo‘lsa, da’vogarga qo‘shimcha
dalillar taqdim etishni taklif qiladi, shuningdek arz qilingan talablaridan voz kechish huquqini
hamda voz kechishning huquqiy oqibatlarini tushuntiradi;
2) ishning holatlari bo‘yicha javobgarni so‘roq qiladi, da’vogarning talabiga qarshi uning
qanday e’tirozlari borligini va bu e’tirozlar qanday dalillar bilan tasdiqlanishi mumkinligini aniqlaydi,
shuningdek javobgarga da’vogarning talablarini tan olish yoxud qarshi talablar qo‘zg‘atish
huquqini tushuntiradi, alohida murakkab ishlar bo‘yicha esa, javobgarga ish yuzasidan yozma
tushuntirishlar taqdim etishni taklif qiladi. Javobgar sud majlisiga kelmagan taqdirda uning
tomonidan yozma tushuntirishlar va dalillar taqdim etilmaganligi ishni ishdagi mavjud dalillar
bo‘yicha ko‘rish uchun to‘sqinlik qilmaydi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
3) taraflardan kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish ehtimolini aniqlaydi va ularning
huquqiy oqibatlarini tushuntiradi.
(203-modda ikkinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
204-modda. Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash bo‘yicha harakatlari
Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
1) ishga uchinchi shaxslarning jalb etilishi yoki kirishishi to‘g‘risidagi masalani hal qiladi va
ishda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilgan, mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslarni ushbu
Kodeksning 
203-moddasiga 
muvofiq so‘roq qiladi;
2) ishni ko‘rishda vakillarning qatnashishi masalasini hal qiladi;
3) ishda prokurorning ishtirok etishi to‘g‘risidagi va sud protsessida ishtirok etish uchun
tegishli davlat boshqaruvi organini jalb etish haqidagi masalani hal qiladi;
4) sherik da’vogarlarning, sherik javobgarlar va uchinchi shaxslarning ishga kirishishi
to‘g‘risidagi masalani hal qiladi, shuningdek ishga daxldor bo‘lmagan javobgarni almashtirish
haqidagi masalani hal qiladi;
5) guvohlarni sud majlisiga chaqirish to‘g‘risidagi masalani hal qiladi;
6) tashkilotlardan yoki fuqarolardan yozma va ashyoviy dalillarni talab qilib oladi yoki ishda
ishtirok etuvchi shaxslarga sudga taqdim etish uchun bu dalillarni olishga doir so‘rovlar beradi;
7) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrlarini inobatga olgan holda, ekspertiza tayinlash va
mutaxassis jalb etish to‘g‘risidagi masalani hal qiladi;
8) kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda,
joyga chiqib ko‘zdan kechirishni amalga oshiradi;
9) boshqa sudlarga sud topshiriqlari yuboradi;
10) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini
tushuntiradi;
11) bir turdagi ishlarni birlashtirish va bir nechta talabni alohida ish yuritishga ajratish
to‘g‘risidagi masalani hal qiladi;
12) da’voni va dalillarni ta’minlash masalasini hal qiladi;
13) taraflarni yarashtirish choralarini ko‘radi;
14) sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish to‘g‘risidagi masalani hal qiladi va
ishda ishtirok etuvchi shaxslarga bunday sud majlisida ishtirok etish huquqini tushuntiradi.
Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida boshqa zarur protsessual harakatlarni
ham amalga oshiradi.
Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash bo‘yicha harakatlari sudya tomonidan ishda
ishtirok etuvchi shaxslarni chaqirmagan holda ajrim bilan rasmiylashtiriladi.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish