O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ishni sud muhokamasiga tayinlash



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/173
Sana21.06.2022
Hajmi0,85 Mb.
#687426
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   173
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

205-modda. Ishni sud muhokamasiga tayinlash


Sudya ish yetarli darajada tayyorlangan deb topgach, uni sud majlisida muhokama qilishga
tayinlash to‘g‘risida ajrim chiqaradi hamda taraflar va sud protsessining boshqa ishtirokchilarini
ishni ko‘rish vaqti va joyi haqida xabardor qilish yuzasidan choralar ko‘radi.
206-modda. Sudya yordamchisining (katta yordamchisining) ishni sud muhokamasiga
tayyorlash bo‘yicha harakatlari
Sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) sudyaning topshirig‘iga binoan quyidagi
harakatlarni amalga oshiradi:
1) sudyaga kelib tushgan arizalarni o‘rganadi va ularni ko‘rish yuzasidan takliflar kiritadi, sud
hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi;
2) ishni sud muhokamasiga tayyorlash vazifalarini hal qilishda, shu jumladan ishda ishtirok
etuvchi shaxslar doirasini aniqlashda va boshqa shaxslarni jalb qilish to‘g‘risidagi masalani hal
etishda ishtirok etadi;
3) sud protsessini tayyorlashni va o‘tkazishni tashkil etishda ishtirok etadi;
4) arizalar va murojaatlar, shuningdek ko‘rilishi keyinga qoldirilgan yoki ish yuritish to‘xtatib
turilgan ishlar o‘z vaqtida ko‘rilishi ta’minlanishini tashkil etadi;
5) taraflar va protsessning boshqa ishtirokchilarini ishni ko‘rish vaqti va joyi haqida xabardor
qiladi.
Sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) sudyaning topshirig‘iga binoan boshqa
harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
22-bob. Sud muhokamasi
207-modda. Fuqarolik ishlarini ko‘rish va hal qilish muddatlari
Ishlar sud muhokamasiga tayyorlab bo‘lingan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay sud
tomonidan ko‘riladi va hal qilinadi. Bu muddat o‘ta murakkab ishlar bo‘yicha sudyaning
asoslantirilgan ajrimiga ko‘ra ikki oygacha uzaytirilishi mumkin, bundan ushbu moddaning 
ikkinchi
qismida 
ko‘rsatilgan ishlar mustasno.
Aliment undirish haqidagi, mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast
yetkazilganligi, shuningdek boquvchisining vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan zararning
o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi ishlar hamda mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib
chiqadigan talablar bo‘yicha ishlar sud muhokamasiga tayyorlab bo‘lingan kundan e’tiboran
yigirma kundan kechiktirmay birinchi instansiya sudi tomonidan ko‘rilishi kerak.
Qarshi da’vo berilgan ish bo‘yicha ishni ko‘rish va hal qilish muddatining o‘tishi asosiy da’vo
bo‘yicha ish sud muhokamasiga tayyorlab bo‘lingan kundan e’tiboran hisoblanadi.
Asosiy ishdan ajratilgan ishni, shuningdek birgalikda ko‘rish uchun bitta ish yuritishga
birlashtirilgan ishlarni ko‘rish va hal qilish muddatining o‘tishi ushbu Kodeksning 
197 
va 
198-
moddalariga 
muvofiq hisoblanadi.
Ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sud ajrimi ustidan shikoyat qilingan (protest
keltirilgan) taqdirda, ishni ko‘rish va hal etish muddatining o‘tishi ish yuqori instansiya sudiga
yuborilgan paytdan e’tiboran to u birinchi instansiya sudining ish yurituviga kelib tushguniga qadar
to‘xtatiladi.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish