Kafedrasi mudiri: dots. S. Zohidova Kurs ishi rahbari : M



Download 362,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana20.06.2022
Hajmi362,27 Kb.
#686166
  1   2
Bog'liq
Murotqobilova Mahliyo 302-guruh




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI 
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI 
MAKTABGACHA TA’LIM
FAKULTETI
“Tasdiqlayman “ 
Fakultet dekani ___________ 
Prof. B.T. Haydarov 
“ Maktabgacha ta’lim” yo’nalishi 302-guruh talabasi 
Murotqobilova Mahliyoning “ Maktabgacha ta’limda boshqaruv 
va menejment “ fanidan Maktabgacha ta’lim tashkilotida davlat 
talablari asosida boshqaruvni amalga oshirish mavzusidagi 
KURS ISHI 
“ Maktabgacha pedagogikasi va psixologiyasi” 
kafedrasi mudiri: dots. S. Zohidova 
Kurs ishi rahbari : M. Xakimova
Samarqand-2021 



Annotatsiya 
Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018-yil 18-iyundagi “O’zbekiston Respublikasining 
ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablarini 
tasdiqlash haqida” gi 1-mh- sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan hamda Adliya 
vazirligining 2018 –yil 3-iyuldagi № 3032 raqami bilan ro’yxatdan o’tkazilgan 2018- 
yil 4- iyul kunidan e’tiboran kuchga kirgan.
Davlat talablarini tuzilishi 4 ta bobdan iborat bular quyidagilar :
1-bob . Umumiy qoidalar 
2-bob . Davlat talablarining maqsad, vazifa va asosiy tamoyillari 
3-bob . Davlat talablarining tarkibi 
4-bob . Yakuniy qoidalar 
Davlat talablari bu – bola rivoji va ta’limida ishtirok etayotgan ota-onalar, pedagoglar 
va barcha kattalarga kutilayotgan natijalar haqida ma’lumot beruvchi hujjatdir. 
Davlat talablari tug’ilgandan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarning 5 asosiy rivojlanish 
sohalariga bo’lingan. Har bir rivojlanish sohasi o’z o’rnida kichik sohalarga bo’lingan 
1-soha Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzini shakllantirish 
2-soha Ijtimoiy- hissiy rivojlantirish 
3-soha Nutq, muloqat, o’qish va yozish malakalari 
4-soha Bilish jarayonining rivojlanishi 
5-soha Ijodiy rivojlanish 
Mazkur Davlat talablarini buzilishida aybdor bo’lgan shaxslar qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda javobgar bo’ladi. 



MUNDARIJA:
Kirish………………………………………………………….4 
I.
BOB Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo’llaniladigan
“Davlat talablarining mohiyati……………………...5
1.1
Davlat talablari nima
……………………………………5 
1.2
Maktabgacha ta’lim tashkilotini davlat talablari
asosida boshqarish………………………………..10 
II.
BOB Davlat talablari asosidagi “ Ilk qadam” davlat
dasturining mohiyati………………………………41
2.1 “ Ilk qadam” davlat dasturi………………………..42
Xulosa………………………………………………………..46 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………..46 



Kirish 
“Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga quyiladigan davlat talab”larining 
bajarilishiga erishishdan , ya’ni maktabga jismonan sog’lom , aqlan va ma’nan yetuk, 
jamiyatning turli a’zolari bilan muloqatda bo’la oladigan, borliqning aniq idrok etadigan, 
hayotga ijtimoiy jihatdan moslashuvchi, umummilliy qadriyatlarimizni qadrlaydigan, 
shuningdek,mustaqil va ongli yashaydigan bolani tayyorlashdan iborat. Axloqiy 
tarbiyalash asosida bolalarni jismoniy ,aqliy hamda ijtimoiy-hissiy jihatdan kamol 
toptirish va ularning sog’ligini muhofaza qilish, bolalarning erkin fikrlash, ijodiy 
qobilyatlarini rivojlantirish, ma’naviy jihatdan barkamol, shuningdek, kelajakda mustaqil 
va ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish uchun shart-sharoitlar 
yaratishdan iboratdir. Bolalarni kattalar va kichiklar bilan muloqotini shakllamtiradi, o’z 
hissiyotlarini boshqaraolishini, uning nutqini o’stirishda , o’qish malakalarini oshirish, 
qiziqtirish, sog’lom ruhni tarbiyalashdan iborat hamda bolalarnini fikrlash qobiliyatini 
o’stirishda , mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda, dunyoni badiiy tasavvur , badiiy- ijodiy 
qobilyatlarni oshirishdan iboratdir. 
Bolalarning iltimoslarini bajarishga intilishini qo’llab quvvatlash, takliflarga javob 
berishni tarbiyalash, savollarga javob berishni hamda qo’rqmasdan savol berishni 
tarbiyalash, o’z ixtiyori bilan salomlashishni bilish ,kattalarni ko’rganda salom berib uni 
hurmatini joyiga quyish, kattalarga , tengdoshlariga minnatdorchilik bildirish, murojaat 
qilishning turli muqobil shakllaridan foydalanish:” Assalomu alaykum” “Xayrli tong”,
yoki “Xayrli kun”, “Xo’p bo’ladi “,” Labbay” , “Ko’rishguncha”, “Yaxshi boring”, 
“Yaxshi qoling” , “Raxmat”, “Iltimos,….”, “Xayr” “Kechiring” va boshqa so’zlar bilan 
murojat qilish, jamoada o’zini tutishni o’rgatish, do’stlariga yaxshi muomalada bo’lish, 
agar inson charchasa nimadandir arazlasa kayfiyati buzilsa jahli chiqsa uning kayfiyatini 
sezish , tengdoshlari bilan muloqot muloqotga kirisha bilish, birgalikda o’ynashga intilish 



bola o’z tengdoshlari o’rtasida o’z o’rnini anglay bilishida axloqiy o’yinlar juda katta rol 
o’ynaydi. Bunda tarbiyachi bolalarda bir birlariga, jamoaga birlashtirishga yordam 
berishi; bolalarning bir-biriga nisbatan samimiy munosabatda bo’lishlariga intilishi; 
bolalarni o’z fikrlari va hissiyotlarini so’z bilan ifodalanishini qo’llab quvvatlashi; 
bolalarda do’stona munosabatlarni tarbiyalash, do’stini qo’llab quvvatlash hissini 
tarbiyalash; 77 ijobiy his tuyg’ular orqali o’rtadagi nizomlarni yengishga o’rgatishi lozim, 
o’z shaxsini haqqoniy baxolash, kattalar bilan samimiy ohangda so’zlashishi , odob bilan 
savollarga javob berishi, tengdoshlarini hurmat qilishi, hurmat bilan chaqirishi, qo’pollik 
qilmasligi, o’rtoqlari bilan muloqatda fikrini ifoda qila bilish, agar o’zi tushunmasa savol 
bilan murojat qilish, kichkintoylarga nisbatan yaxshi munosabatda bo’lish lozim. Axloqiy 
munosabatlarni boshqarishda bolalar bilan o’zaro munosabatda kuzata bilish va zavqlana 
olishi lozim. 
1 BOB Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo’llaniladigan 
Davlat talablarining mohiyati 
1.1 “Davlat talablari “ nima
O’zbekiston Respublikasi Maktabgcha ta’lim vazirining buyrug’i
O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga 
qo’yiladigan Davlat talablari tasdiqlash haqida 
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 3-iyulda ro’yxatdan 
o’tkazildi, ro’yxat raqami 3032 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son 
“O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish 
to’g’risidagi” qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-



dekabrdagi PQ- 2707-son “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi qaroriga muvofiq buyuraman: 
1.
O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga 
qo’yiladigan Davlat talablari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 
2.
Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 
Vazir A.SHIN 
O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2018-yil 18-iyundagi 1-mh-
son buyrug’iga
ILOVA
O’zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga 
qo’yiladigan davlat talablari 
Mazkur O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga 
qo’yiladigan davlat talablari ( bundan buyon matnda Davlat talablari deb yuritiladi 
O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risidagi” Qonuni, O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-yillarda maktabgacha 
ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi” qarori hamda 
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son “O’zbekiston Respublikasi 
Maktabgacha ta’lim vazirligi to’g’risidagi nizomni hada Maktabgacha ta’lim muassasalari 
rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institute 
ustavini tasdiqlash haqidagi” qaroriga asosan ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni 
(bundan buyon matnda bolalar deb yuritiladi)Har tamonlama rivojlantirish, ta’lim tarbiya 
berish , maktab ta’limiga tayyorlash bo’yicha davlat talablarini belgilaydi 
1-bob . Umumiy qoidalar 
1.
Davlat talablari O’zbekiston Respublikasi hududida mulkchilik shakli va idoraviy 
tasarrufidan qat’iy nazar, quyidagi ta’lim muassalariga qo’llanadi: 
Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
Maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud “Mehribonlik uylarida “ 



2.
Maktabgacha ta’lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi o’rta maxsus, kasb-hunar va 
oliy ta’lim muassasalari, maktabgacha ta’lim turlari bo’yicha pedagogic kadrlarni 
malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshiradigan muassasalar, 
maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya olayotgan oilalar mazkur Davlat talablariga 
rioya qilishlari lozim. 
2-bob. Davlat talablarining maqsad, vazifa va asosiy tamoyillari 
3.
Davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: 
Maktabgacha ta’lim- maktabgacha yoshdagi bolalar qiziqishi, iqtidori, individual ruhiy 
va jismoniy xususiyatlari, madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda hamda bolada 
ma’naviy me’yorlarni shakllanishi , hayotiy va ijtimoiy tajriba egallanishini ko’zda 
tutgan har tamonlama rivojlantirishga qaratilgan yaxlit jarayon; 
Rivojlanish- inson tanasi tuzilishi, ruhiyati va xulqida biologic jarayonlar hamda atrof 
muhit ta’sirida ro’y beradigan o’zgarishlar ;
Rivojlanish sohasi- bola rivojlanishidagi aniq bir yo’nalishlar; 
Kichik soha-sohaning kichik guruhlari. Asosiy sohalarning kichik sohasi rivojlanishning 
ma’lum bir tamonlarini o’z ichiga qamrab oladi va ularning aniq bir yo’nalishini 
ko’rsatib beradi; 
Kutilayotgan natija- bolalarda kutilayotgan bilim, ko’nikma va malakalarni ko’rsatkichi; 
Bola kompetensiyasi- ma’lum bir yosh davriga xos bo’lgan vazifalarni maqsadli bajarish 
uchun yetarli bo’lgan bolaning bilimi, ko’nikmasi va malakalari hamda qadriyatlari; 
Integratsiya- bola ta’limi va rivojlanishidagi mazmun tarkibiy qismlari o’rtasidagi 
bog’liqlik; 
Inklyuziv ta’lim- bolalarning alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini 
inobatga olgan holda ta’lim va tarbiya olinishini teng ta’minlovchi jarayon; 
“Men” konsepsiyasi- bolani o’zi haqidagi anglagan tasavvurlari tizimi, unung refleksiv 
faoliyatini bir qismi; 
Refleksiv faoliyat – bolada o’z tushunchalari va xatti-harakatlarini anglash va mustaqil 
tahlil qilishi asosida xulosalar shakllanishi jarayoni. 



4.
Davlat talablarining maqsadi- mamlakatda o’tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy
islohatlar, xorijiy mamlakatlar ilg’or tajribalar hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy 
information kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim 
tizimida manan mukammal va intelektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdir. 
5.
Davlat talablarining vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 
Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta’lim- tarbiyasi mazmuni va sifatiga 
qo’yiladigan talablarni belgilash; 
Milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta’lim-tarbiya berish, 
rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish; 
Ta’lim tarbiya jarayoniga pedagogic va zamonaviy axborot- kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy etish; 
Kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim , fan va ishlab chiqarishning 
samarali integratsiyasini ta’minlash. 
6.
Davlat talablari quyidagi tamoyillar asosida tatbiq etiladi:
Bolaning noyobligi; 
“Men” konsepsiyasi va shaxsiy ta’limni yaratishda bolaning faol roli; 
Bolaning huquqlarini himoya qilish va ta’minlashning muhimligi; 
Bolalar rivojlanishida indivudual farqlanishlar mavjudligi sababli, har bir bolaga 
moslashuvchan bo’lib, individual variativlik asosida yondashish. 
3-bob. Davlat talablarining tarkibi 
7.
Davlat talablari rivojlanish sohasi integratsiyasini ko’zda tutadi va bola rivojlanishiga 
ko’maklashadi. 
Davlat talablari tug’ilgandan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarning beshta asosiy rivojlanish 
sohalariga bo’linadi. Har bir rivojlanish sohasi o’z o’rnida kichik sohalarga bo’lingan 
bo’lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir necha talablardan ( kutilayotgan rivojlanish 
ko’rsatkichlaridan ) iborat. 



8.
Davlat talablari bolaning quyidagi rivojlanish sohalari bo’yicha belgilanadi: 
Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzining shakillanishi; 
Ijtimoiy-hissiy rivojlanish; 
Nutq, muloqat, o’qish va yozish malakalari; 
Bilish jarayonini rivojlanishi; 
Ijodiy rivojlanish. 
9.
“Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzining shakillanishi” sohasi quyidagi 
kichik sohalarga bo’linadi: 
Yirik matorika; 
mayda matorika; 
sensamatorika 
sog’lom turmush tarsi va xavfsizlik. 
10.
“Ijtimoiy –hissiy rivojlanish” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo’linadi: 
“Men” konsepsiyasi; 
Hissiyotlar va ularni boshqarish; 
Ijtimoiylashuv , kattalar va tengdoshlar bilan muloqat. 
11.
“Nutq , muloqat , o’qish va yozish malakalari” sohasi quyidagi kichik sohalarga 
bo’linadi: 
Nutq va til; 
O’qish malakalari; 
Qo’l barmoqlari mayda matorikalari; 
12.
“Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo’linadi: 
Intelektual – anglash malakalari; 
Elementar matematik malakalari; 
Tadqiqiy – bilish va samarali refleksiv faoliyat. 
13.
“Ijodiy rivojlanish” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo’linadi: 
Dunyoni badiiy – tasavvur etish; 


10 
Badiiy – ijodiy qobilyatlar.
14.
Davlat talablari asosidagi yosh davrlar quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: 
Go’daklik ( tug’ilgandan 1 yoshgacha ) ; 
Erta yoshdagi bolalik ( 1 yoshdan 3 yoshgacha ) ; 
Kichik maktabgacha yosh ( 3 yoshdan 4 yoshgacha ) ; 
O’rta maktabgacha yosh ( 4 yoshdan 5 yoshgacha ) ; 
Katta maktabgacha yosh ( 5 yoshdan 6 yoshgacha ) ; 
Makatabga tayyorlov Yoshi ( 6 yoshdan 7 yoshgacha ) ; 
15.
Ilk yoshdagi bolalar rivojlanishiga quyiladigan talablar mazkuz Davlat talablarining 
1- ilovasida belgilangan.
16.
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga quyiladigan talablar mazkur Davlat 
talablarining 2- ilovasida belgilangan. 
4-bob . Yakuniy qoidalar. 
17.
Mazkur Davlat talablari buzilishida aybdor bo’lgan shaxslar qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda javobgar bo’ladi. 
18.
Mazkur Davlat talablari Vazirlar Mahkamasi qoshidagi ta’lim sifatini nazorat qilish 
davlat inspeksiyasi, Sog’liqni saqlash vazirligi , Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, 
O’zbekiston standartlashtirish , metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va “ Oila “
Respublika ilmiy amaliy markazi bilan kelishilgan. 
1.2
Maktabgacha ta’lim tashkilotini Davlat talablari asosida 
boshqarish 
Bolani maktabda o’qishga jismoniy tayyorligi o’qishning muvaffaqiyatli bo’lishida katta 
ahamiyatga egadir. Maktabga chiqish munosabati bilan bola turmush tarzining qayta 
qurilishi , kun tartibining o’zgarishi , jiddiy o’quv mehnati , darslarning davomiyligi 
undan sezilarli jismoniy zo’r berishni talab qiladi . Maktabga jismoniy tayyorlik ko’pgina 
tarkibiy qismlardan tarkib topadi : 


11 
1.
Maktabgacha yoshdagi bolalar salomatligining yaxshi bo’lishi; 
2.
Organizimning chiniqqanligi , ma’lum darajada chidamliligi va ish qobilyati , 
kasalliklarga qarshilik kursata olishi ; 
3.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni mayda qo’l matorikasining rivojlanganligi ; 
4.
Madaniy gegenik malakalarni egallanishini , ularda shaxsiy gigiena qoidalariga rioya 
qilish odatini tarbiyalashni nazarda tutadi . 
Jismoniy tayyorgarlik bola maktabga tayyorgarligining zarur tarkibiy qismi hisoblanadi . 
Maktabga yetuklikni aniqlashda bola sog’ligining holati va organizmning biologik 
yetukligini baholash ( antropometrik, nafas ko’rsatgichlar suyak , mushak , nafas olish, va 
yurak-tomir tizimining rivojlanganligini nazarda tutuvchi ko’p omili tahlildan , maktabga 
funksional tayyorlikni “ Makyabga yetuklik” ni asosiy ko’rsatgichi va eng avvalo bir 
qator fiziologik funksiyalarning rivojlanish darajasini baholanishdan foydalaniladi . 
Bularga quyidagilar kiradi. 
-

Download 362,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish