Partada anchagina uzoq muddat o’tirish uchun zarur bo’ladigan tormizlanish
qobilyatining rivojlanganligi;
-
Harakatlarni yaxshi boshqarish , jumladan yozish va rasm solishga aloqador grafik
vazifalarni bajarishda zarur bo’ladigan barmoqlarning mayda harakatlari ;
-
Ijobiy va tarmozlanishiga xos shartli aloqalarni nisbatan tez hosil qilish hamda
mustahkamlash , shuningdek ikkinchi signal sistemasining yetarlicha rivojlanganligiga
taalluqlidir.
Kun tartibi , chiniqtiruvchi muolajalar , muntazam jismoniy tarbiya mashg’ulotlari ,
xilma-xil harakatli o’yinlar va jismoniy mashqlar faol harakat rejimi bolalarni maktabda
o’qishiga jismoniy tayyorgarligini ta’minlashning zaruriy shartlari hisoblanadi.
Jismoniy rivojlanganlik darajasi
1.
Mustaqil tarzda jismoniy mashqlarni bajara olish;
2.
Buyruqqa ( start, stop) asoslanib yugura olish;
12
3.
Narvon yordamida tepalikka chiqa olish va pastga tusha olish;
4.
Narvon ustida o’tirib oldinga siljiy olish;
5.
5 sekunt davomida arqonda osilib turish;
6.
Arg’amchoqda ucha olish;
7.
Cheklangan saf va chiziq bo’ylab yura olish;
8.
Qiya qo’yilgan taxta ustidan yurib o’ta olish;
9.
Bir oyoqda qaldirg’och bo’lib tura olish;
10.
Oyoq uchlari bilan buyumlarni qisib kutarish, pastga surish va bir joydan ikkinchi
joyga ko’chira olish;
11
Joyidan turib 15-20 marta sakray olish, 70-80 sm uzunlikka sakray olish;
12
30sm balandlikdagi to’siqdan sakrab o’tish;
13
To’xtamasdan 2-3 minut davomida yugura olish; 100 metr masofani to’xtamasdan
yugurib o’tish ;
14
10 metr masofani emaklab o’tish;
15
Safda to’g’ri turish va safni o’zinasiga yurish ;
16
Saflanish va qayta saflanishni bilish;
17
Musiqa ohangiga mos holda harakat qila bilish;
18
Koptokni irg’itish va ilib olish;
19
Ilon izi shaklida yurish;
20
To’p –to’p bo’lib aylana bo’ylab yura olish;
21
Xalq o’yinlari “ Kim chaqqon”, “ Oq terakmi ko’k terak” , “ Quyonim quyonim ne
bo’ldi “,” Chittigul “ ……kabilarni bilish.
Kun tartibidagi aksariyat xollarda genetic va chiniqtiruvchi muolajalarni bajarish orqali
bolaning bilim doirasi kengayadi. Aqliy faolligi ortadi. U jasurlik, xalollik , batartiblik,
qa’tiylik , mustaqillik va shunga o’xshash ijobiy xulq normalari va qoidalarini ham
egallab shakllanadi. Jismoniy tarbiya aksariyat hollarda butun guruh bilan bajariladi.
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida harakatli o’yinlarda bolalarda jamoatchilik
intizomlilik kabi xislatlar shakllanadi. O’qish uchun bolalar anchagina jisnomiy va aqliy
13
kuch sarflashlar kerak. Shuning uchun ota-ona bola maktabga borguniga qadar uning
to’g’ri jismoniy rivojlanishi va sog’lom bo’lib o’sishi g’amxurlik qilishi juda muhimdir.
Odatda sog’lom bola kasalmand va zaif bolaga nisbatan maktab tartibiga va butun dars
davomida o’zida jush o’rib turgan g’ayratlarini tiyib jim o’tirishga tezroq kunikadi. Har
bir bola aniq kun tartibiga ongli ravishda rioya qilishiga bog’liq . Bolani maktab
rejimiga tayyorlashda, uning sog’ligini mustahkamlashda ertalab ma’lum vaqtda o’rindan
turish, ovqatlanish va uyquga yotishga aniq rioya qilish kerak. Har bir oila mehnat
faoliyatining harakteri, maishiy sharoiti, bolalarning soni, va shu kabilarga o’z yashash
tartibini o’rnatadi. Biroq bir narsani , ya’ni maktabgacha yoshdagi bolaning nonushtasi
va tushligi o’rtasidagi oralik 4saotdan oshmasligini, tushlik va kechki ovqat o’rtasidagi
oraliq –bir oz kattaroq ( 6-7 soat ) , buning orasida yengil ovqatlanish kechki choy
bo’lishi muhimdir.
Bolaning bir sutkadagi uyqusi taxminan 11 saotni tashkil qilishi kerak. Bola tushlikdan
sung 1-1.5 soat dam olish , kechqurun u doim bir vaqtlarda , ya’ni 9dan kechikmay
uxlashi muhimdir. Bolalarni to’g’ri dam olishlari uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish
zarurdir :
1.
Bola uxlaydigan xonani yaxshilab shamollating;
2.
Bolani uxlashga yotishdan oldin tishini tozalashga , yuz- qo’li , buyni, oyog’ini
yuvishga odatlantiring;
3.
Bolaga o’rinda nonushta qilishga aslo yo’l quymaslik.
Bolaning normal rivojlanishi uchun u toza havoda ko’p harakat qilishi kerak.
Tengdoshlari bilan chopsin, sakrasin, narsalarga tirmashib chiiqsin. Bola ochiq havoda
qish oylarida 4 soatdan kam bo’lmasin, yozda esa deyarli butun ochiq havoda o’tkazish
kerak.
Bolaga uzzu-kun likkalab yurishga yo’l quyib bulmaydi, bunday ortiqcha
o’yinqoroqlikdan bola maktabning bola talabchan intizomiga kunikishi qiyin bo’ladi.
Harakatli o’yinlarning tinch mashg’ulotlar bilan almashinib turishini ko’zatib borish
14
zarur. Bolaning kundalik tartibga amal qilishi uchun asosan , qat’iy nazorat lozim Bola
kundalik tartibni bajarish majburiyligiga va hech qanday gap, iltimoslar , ma’lum
vaqtida ovqatlanmaslik hamda o’ynamaslikka sabab bo’la olmasligiga ko’nikishi
kerak.Shu bilan birga rejimining zarurligi va uning foydasini doimo tushunish borish
lozim. Kun tartibining ahamiyati bola faoliyatining har xil turlarining turlarining
almashinib turishini ta’minlashdir, bu esa ish, o’suvchi organizmni charchashdan
saqlaydi, bolaning har tomonlama kamol topishiga imkon beradi. Masalan, qiziqib ketib ,
stoldan 40 minut davomida turmadi, lekin u faol harakat qilishi, ya’ni o’ynashi, chopishi
kerak. Shuning uchun u o’ynab bo’lganidan keyingina unga tinch o’yin yoki
mashg’ulotni tavsiya qilish mumkin. Agarda ish shu yusinda ketsa, bola shunday tartibga
rioya qilsa, u qay darajada bo’lmasin asta-sekin o’z faoliyatini boshqarishga odatlanadi,
bu uni kundalik va maktab rejimining asosiy qoidalariga osongina ko’nikishida katta
ahamiyatga egadir
Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarsi
Kichik soha : yirik motorika 3-4 yosh
Bolani mustaqil harakatlarini ta’minlash; bola bilan birgalikda hovlida tarbiyachi
ko’rsatmasi bo’yicha yugurish; turli ustunchalar yordamida , gimnastika skameykalari,
oddiy toshlar, noteks maydonchalar yuzasida yugurishini ta’minlash; oyoqlarini turli
holatlarda harakatlantirish; mashqlarni musiqa hamda raqs hamohangligida olib borish;
ertalabki gimnastikani tashkil qilish ; yoshiga mos hajmdagi koptoklardan foydalanish
4-5 yosh
Safni buzmagan holda yugurtirish; kattalar yordamida mashqlarni qoida asosida
bajarilganligini ta’minlash ; kolonna, sherenga bo’lib saflanishlarni o’zlashtirish; turli
obrazlarga kirgan holatda harakatlarga taqliq uyushtirish ( quyon, ayiq , tulki ),
mashg’ulot davomida o’zaro hurmat va tartibni saqlashni ta’minlash; arqon yordamida
sakratish; uy ishlarida ko’maklashishga jalb qilish; labirintli to’siqlardan o’tish davomida
15
aqlni ham charxlanishini ta’minlash; masofaviy mashqlarni tashkillashtirish; sport
jihozlaridan foydalanish tartibini to’g’ri yo’lga qo’yish;
5-6 yosh
Guruhlar ichida musobaqa estafetalarini tashkil qilish; oddiy mashqlar bilan murakkab
mashqlar orasida hamohanglik uyg’otish; chaqqonlikni kuchaytiruvchi mashqlarrni
almshtirib bajarish; o’zlari xohlagan mashqlarni ko’rsatib bajarishiga quyibberish ; oyoq
uchi va ostida yurish mshqlarini qo’llash; mashqlar tartibini to’g’ri takomillashtirish;
6-7 yosh
Ota –onlar , kattalar ko’magisiz yo’lni kesib o’tishga o’rgatish ; kattalar harakatlariga
taqlidga yo’naltirish; mashqlarni ko’rsatmasiz bajarishga odatlantirish ; harakatini
mukammallashtirishga qo’yib berish ; egiluvchan ; serharakat faoliyat mashqlarini
ko’proq qo’llash ; oyoqlarni uchida tovoni bilan bajaradigan mashqlarni ketma –ketligini
uzmaslik; turli balandlikdagi to’siqlardan sakratish ; bola mashqlarini o’zi bajarishini
nazorat qilish; koptokda erkin o’yinlarni , murakkab harakatlarni bajarishdir
Kichik soha : mayda motorika 3-4 yosh
Halqa mashqlari o’tkaziladi , kerakli inventarlar bilan xolos ta’minlab beriladi ; mayda
hajmdagi predmentlarni taxlash tavsiya etiladi; o’yinchoqlarini o’zi joyiga terisi
so’riladi, kengroq xonalarda ochiq mashqlar olib boriladi ; bolaga kichik tepalikka
chiqish va tushishida ko’maklashish; tanish harakatlarni birgalikda takrorlash; uning
uchun qiziqarli holatlarni bir marotoba kelihgan holda bajarish; har xil inventarlar
yordamida qiziqarli yo’lakchalar tashkil qilish;
4-5 yosh
Ilgakli va tugmali kiyimlar kiydirish va birgalikda ular ustida amallar bajarish; oyoq
kiyimidagi iplarni bog’lash va arqon tugunlarini yechish , tugun mashqlarini
tashkillashtirish; rangli, mayda hajmdagi o’yinchoqlarga e’tiborini jalb qildirish; turli
16
hajmdagi munchoqlarni birgalikda ipga tizish; koptoklarning kichiklari bilan
mashg’ulotlar tashkillashtirish; aql tizish; koptoklarning kichiklari bilan mashg’ulotlar
tashkillashtirish; aql charxi sifatida katta-kichik konstruktorlardan birgalikda predment
yaratish; gorizontal, vertical , aylana kabi chiziqlar chizdiriladi;
5-6 yosh
Bosh, ust, oyoq kiyimlarini o’z kiyishiga undash; ochiq sathlarda turli chiziqlar
chizdirish; munchoqlarni hajmiga qarab qutilarga joylash o’yinlar tashkil etiladi; suratlar
asosida pazllardan birgalikda predmentlar yaratishadi; stol usti o’yinlarini mustaqil
o’ynashga ruxsat beriladi ( mozaika , loto, yig’ma rasm ); ochiq rasmlarni bo’yash taklif
qilinadi; dam olish jarayonid mayda motorika uchun mo’ljallangan didaktik o’yinlardan
foydalanish.
6-7 yosh
Qutichalatda ( qum , guruch, tariq ) mayda mahsulotlar joylanib bolaning ko’zi
berkitilgan holda farqlash mashqlari o’tkaziladi; qo’llarining barmoqlari yordamida
predmentni ko’rsatishga odatlantirish; ( gul, kapalak, qush ) she’r aytayotganda uning
mazmuniga qarab qo’llarini harakatlantirishga o’rgatiladi; turli predmentlar yordamida
barmoq harakatlari uyg’unlashtiriladi ( qalam, yong’oq,sanoq cho’plari; qisqich, bog’ich
); birgalikda urug’lar kontur qilib terilib predmentlar hosil qilinadi; qumni, suvni
idishdan boshqa sig’imdagi idishga to’kishiga to’sqinlik qilinmaydi; suv va qum
o’yinlari tashkillashtiriladi; o’yin faoliyatida mayda o’yinchoqlardan ko’proq
foydalantirish
Bolalarni makatab ta’limiga tayyorashda nuqtni rivojlantirish va savodga o’rgatish
Mustaqil O’zbekistonning kelajagi ko’p jihatdan barkamol, intellectual salohiyatli avlod
va unga ta’lim- tarbiya berish sifatiga bog’liq. Shu bois Vatani,xalqni sevadigan, istiqlol
g’oyalariga sadoqatli,mustaqil fikrlaydigan ijodkor shaxsni yetishtirish davlatning
ta’lim sohasidagi siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biridir. Shuning bilan birga ta’lim
17
tizimidagi tub islohatlar orqali shaxs ma’naviy kamolotini ta’minlash mazkur
yo’nalishning dolzarb muommolardan biri bo’lib , bu haqda O’zbekiston
Respublikasining “ Ta’lim to’g’risidagi”gi Qonuni va “ Kadrlarlar tayyorlash milliy
dasturi” da ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, ma’naviy barkamol shaxsn tarbiyalash
davlat ahamiyatiga molik muhim vazifalridan biri ekanlgi ko’rsatilgan. Maktabgacha
ta’lim, umuman olganda, uzluksiz ta’limning birinchi bosqichi hisoblanib, u maktabda
o’qish uchun tayyor bo’lgan sog’lom va to’loqonli shaxs sifatida shakllangan bolani
tarbiyalshni ko’zda tutadi
Bolani maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olishga tayyorlash uchun unga ona tilining barcha
boyliklarini egallab olish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish zarur. Bola nutqining
rivoji ko’p jihatdan uning ruhiyatiga,yaratish zarur. Bola nuqtining rivoji ko’p jihatdan
uning ruhiyatiga, sog’lom, tetik o’sishiga. Axloqiy sifatlariga o’quv dasturini
o’zlashtirishda me’yorli bajarilishini ta’minlashiga, qo’lyozmalarning monandligiga
bog’liqdir. Bu masalalar maktabgacha ta’limda o’z yechimi ifodasini topishi va o’z ona
tilida ravongapira oladigan qilib tarbiyalashga qaratilishi zarur. Bolalarning aqliy
jarayonini rivojlantirish uchun ularning nutqini o’stirish zarur. Bola har bir so’z
ma’nosini tushuna olishi uni o’z nutqida erkin ifodalashga muvofiq bo’lish kerak.
Tushunchalar tizimiga moslashgan bola o’z fikrini jamlab gapirishga va ifodalab
berishga o’rganadi . O’g’zaki nutqni o’stirish bo’yicha o’tkaziladigan mashg’ulotlarda ,
asosan bolalarning og’zaki nutqini o’stirishga, nutqni Grammatik tomondan to’g’ri
shakllantirishni davom ettirish; soda va qo’shma gaplar tuzish, bunda barcha so’z
turkumlaridan foydalanishga o’rgatish, bolalarni gapirganda sonni otga, sifatni fe’lga
to’g’ri ishlar ish malakalarini takomillashtirish, tovush va so’zlarni to’g’ri talaffuz
etishga, ravon gapirishga , mustaqil hikoya qilishga e’tibor beriladi. O’g’zaki nutqini
o’stirishda mustaqil hikoya qilishga o’rgatish katta o’rin egallaydi: bollarni o’z
hayotlarida uchragan voqealar, suratlarga qarab, tarbiyachining taklif qilgan mavzusi
asosida hikoyalar tuzishga o’rgatiladi. Tayyarlov guruh balalarning hikoyalari mazmunan
bog’langan, ma’lum izchilikda, Grammatik tomondan to’g ’ri tuzilgan bo’lishi kerak.
18
Maktabgacha ta’lim tashkilotining asosiy vazifalaridan biri bolalarning o’z xalqining
badiiy tilini o’zlashtirib olishlari natijasida ularning to’g’ri og’zaki nutqini
shakllantirishddan iboratdir. Bu umumiy vazifa quyidagi maxsus vazifalardan iborat:
nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, lug’atni boyitish mustahkamlash va
faollashtirish , nutqning Grammatik to’g’rililgini takomillashtirish, og’zaki ( dialogic )
nutqni shakllashtirish,ravon nutqni rivojlantirish, badiiy so’zga qiziqishni tarbiyalash,
savod o’rgatishga tayyorlash. Bollar nutqini rivojlantirishni tegishli dastur asosida
amalga oshirish zarur. Ushbu dasturda artof-olam haqidagi bilimlar doirasi va lug’at
hajmi, har bir yosh bosqichida bolalarda shakllannishi lozim bo’lgan nutqiy mahorat va
ko’nikmalar belgilangan bo’lib, u shaxsning muayyam sifatlarini ( kirishimlik,
xushmuomalalik, bosiqlik ) tarbiyalashni ko’zda tutishi lozim.
Nutqni rivojlantirish dasturi ilmiy asoslarga qurilgan bo’lib, u butun mazmuni bilan
bola shaxsini har tamonlama rivojlantirishga qaratilgan. Nutqni rivojlantirish dasturi bola
faoliyatining o’quv, o’yin, mehnat va maishiy kabi shakllarida amalga oshadi. Jamoat
tarbiyasi sharoitida ta’lim – bola nutqini shakllantirishning yetakchi vositasi hisoblanadi.
Ona tilini o’qitish- bolalarning bilish qobilyatini rejali , aniq maqsadni ko’zlagan holda
rivojlantirish va ularning atrof- olam haqida eng oddiy bilimlarni va tegishli lug’atni
o’zlashtirish, o’qish mahorot va ko’nikmalarni shakllantirish jarayonidir. Maktabgacha
yoshdagi bollaarni o’qitishning asosiy shakli- mashg’ulotlardir. Didaktik maqsadlar
bo’yicha quyidagi mashg’ulotlar turlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
1.
Yangi materialni ma’lum qilish mashg’uloti;
2.
Bilimlar, mahorat va ko’nikmalar mustahkamlashga oid mashg’ulotlar;
3.
Bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirishga oid mashg’ulotlar;
4.
Yakuniy mashg’ulotlar yoki hisob-tekshiruv ( nazorat ) mashg’ulotlari.
1 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalar nutqini rivojlantirishga doir mashg’ulotlarni
didaktik o’yinlar ermak o’yinlar, sahna ko’rinishlari shaklida o’tkazish tavsiya qilinadi.
Ular nafaqat ko’ngilochar tusga, balki albatta ta’lim tusiga ega bo’lishi lozim
19
3 yoshdan 5 yoshgacha bo’lgan bolalar nutqinin rivojlantirish emotsional tusga ega
bo’lishi lozim. Bunda ko’rgazmaviylik, o’yin usullari va didaktik o’yinlarni keng
qo’llash zarur.
5 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar nutqini rivojlantirishga doir mashg’ulotlar
muayyam vazifaga ega- ya’ni , u bolalarni maktabda o’qishga tayyorlashni ko’zda tutadi.
Mashg’ulotlarda pedagog nutqiy vazifalardan tashqari o’quv faoliyatini yo’lga qo’yish
qobilyatini shakllantirish ( diqqat- e’tiborli bo’lish, pedagog topshirig’ini tinglash,
tushunish va aniq bajarish , bolalar jamoasi oldida fikr oldira olish , tengdoshinig
javobiga oddiy baho bera olish va h.k ) vazifasini bejaradi.
Savodga tayyorlash bo’yicha o’tkaziladigan mashg’ulotlarda savodga o’rgatish ikki
davrga ajratiladi.
1.
Tayyorgarlik davri
2.
Asosiy davr ( savodga tayyorlash )
Savodga o’rgatishning tayyorgarlik davri vazifalari sentabr, oktabr, oylarida
rejalashtiriladi. Bu davrda quyidagi ishlar olib boriladi:
1.
Tavushlarni to’g’ri talaffuz qilish va so’zning tovush tarkibi haqidagi tasvvurlarini
aniqlash va shakllantirish.
2.
Unli va undosh tovushlar haqida tushuncha berish.
3.
Jarangli va jarangsiz tovushlarni ajratishga o’rgatish asosida fonematik idrokni va
tasavvurni rivojlantirish.
4.
Oddiy tahlil va sintez qilish ko’nikmalarini rivojlantirish.
A)
Gapni so’zlarga bo’lish, so’zlarni bo’g’inlarga bo’lish;
B)
Ma’lum tovushlarning o’rnini aniqlash ( so’zning boshida, o’rtasida va oxirida ) ;
C)
So’zda tovushlar ketma –ketligini va sonini aniqlash;
D)
Tovushlardan bo’g’inlar, so’zlar tuzishga o’rgatish
E)
Tovushlarni eshitishda farqlashga o’rgatish
20
Tayyorlov guruhida nutq, o’qish va savodga tayyorlash yo’nalishining savodga o’rgatish
bo’limi 2-bosqich- asosiy davrda ( oktabr-may) quyidagi ishlar olib boriladi.
1.
Berilgan tovushni harf belgisi bilan tanishtirsh.
2.
Kesma harflar yordamida Tavush harf tahlil va sintez bo’yicha mashqlarni bajarishga
o’rgatib borishga;
3.
Bog’in o’qish
4.
Kesma harflar yordamida bo’g’in va so’zlarni tuzish va ularni bo’g’inlab o’qishga
o’rgatish .
Tayyorlov guruhlarida yil davomida o’tkaziladigan mashg’ulotlar bolalar yoshiga mos
bo’lishi va ketma- ketlikda olib borilishi kerak. Mashg’ulotlar ishlanmasida mavzusining
maqsad- vazifalari , kutilayotgan natijalar, kerakli jihozlar, mashg’ulotning borishi
to’ldiriladi. Mashg’ulotlar mavzulari bolalar uchun tushunarli, amaliy ishlar va turli
interfaol o’yinlar bolalar yoshiga mos , qiziqarli va turli bo’lishi lozim. Mashg’ulotlar
davomida bolalar barmoq mashqlarini tetiklashtiruvchi daqiqalarda bajaradilar, harflar
bilan maxsus o’uinlar ( yig’ish, terish ), amaliy ishlarni bajarib, alifbeni bilib,
bo’g’inlarni o’qish olish ko’nikmalari mustahkamlanib boradi.
MTT da bolalarni savodga o’rgatishga doir ishlar tizimi.
Har bir faoliyat turning mazmunini va tuzilishining ijtimoiy- tarixiy tabiati har bir yosh
avlodga obyektiv ravishda berilgan bo’ladi. Odamlarning ishlab chiqarish qurollarida ,
bilimlardan, san’atda, axloqda va hakozolarda jamlagan sermahsul faoliyat natijalari
birgalikdagi faoliyatda va muloqatda bo’lgan paytda tarbiya va ta’lim vositasida katta
avloddan kichiklarga beriladi. Odam shaxsining ijtimioy tabiati ana shunday
shakillanadi. Bolalar nutqini o’stirish va savodga tayyorgarlik . nutq o’stirish va savodga
tayyorlash muhitga M. Montessori va boshqalarning nutq o’stirish bo’yicha
mashg’ulotlarning o’tkazishning turli uslublarini qo’yish mumkin. Hozir maktabgacha
yoshdagi bolalarni o’qishga o’rgatish to’g’risisdagi munozaralar o’tkazishiyapti.
Amaliyot shuni ko’rsatadiki, tarbiyachi metodik jihatdan ishni to’g’ri tashkil etishi lozim.
21
To’g’ri tashkil etilgan o’yin faoliyati orqali bolalar harflar bilan o’ynashadi, o’qishga
o’rganashadi, so’zlar yozilgan turli tuman kartochkalardan, yirik bosma shriftlar ,
chiroyli rasmlardan foydalanadi.
M . Montessorining shiori- “ menga o’zim bajarishim uchun yordam ber, men o’zim
bajaraman”. Tarbiyachi doim mehribon , sabr-toqatli,bolani to’g’ri yo’lga yo’naltirishi,
o’zining shaxsiy namunasi bilan nima qilish va qanday qilish lozimligini ko’rsatishi,
o’zining shaxsiy namunasi bilan nma qilish va qanday qilish lozimligini ko’rsatishi
lozim. U bu yerda ustoz emas, balki voqealarning qatnashchis sifatida ishtirok etadi;
faqat bolalarni qiziqtira olishi lozim.o’zaro bir-birini tushunish, anglash va muhabbat
tuyg’usi asosida muloqat olib boriladi. Tabassum, imo-ishora bilan kichkintoyni qullab
quvvatlab turadi, ko’proq uni maqtaydi. Tarbiychining ichki dunyosi bilan
kichkintoyning ichki tuyg’usi davomida o’zaro bog’liklik mavjud, tarbiyachining
madaniy darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, bolaning madaniy darajasi shunchalik yuqori
bo’ladi. Bunday jarayon davrida tarbiyachi ham bola ham shakillanadi, bu esa hamma
uchun hissiy qulaylik yaaratadi , shuningdek oto-onalarni ham ijod qilishga yo’naltiradi.
Ijodiy rivojlantiruvchi muhitning samarasi kichkintoyning umumiy taraqqiyotiga, ijodiy
tafakkuriga, mustaqilligiga ta’sir ko’rsatuvchi shart –sharoitgagina bog’liq emas, balki
tarbiyachining bola bilan bo’ladigan muloqotiga, vaziyatga, beriladigan ta’lim-tarbiya
berish bir tartibda o’tmaydi. Tarbiyachi bolalarning taraqqiy etish dinamikasini kuzatib
borishi lozim bo’lsa, yordam kursatilishi. Lozim. Ammo bunda bolaning psixikasiga
nisbatan yutuqlari darajasi dastur talablari bilan solishtirilmaydi. Tajribalar shuni
ko’rsatadiki, yuqorida ko’rsatilgan shart sharoitlarda psixikasi sog’lom bola sezilarli
darajada an’anaviy davlat talim standartlaridan uzib ketadi , rivojlanishida nuqsoni
bo’lgan bolalar esa uz yoshlariga mos yetarlicha bilim va malakalar oladilar. Yuqori
darajada olinadigan bilimlar darajasi har bir bolaning individual imkaniyatlariga bog’liq.
Ijodiy-rivojlantiruvchi muhitni to’g’ri tashkil etish bola shaxsining har tamonlama
yetukligi: mustaqil, maqsadga intiluvchan, ishni to’g’ri rejalashtiraolish qobilyatlarini
takomillashtiradi. Bunday vaziyat bolani to’g’ri anglab harakat qilishga o’rgatadi.
22
Tarbiyachilar bolalarning o’xshamaydigan xislatlarini qadrlashlari, o’ziga xos individual
bo’lishlarini hurmat qilishlari lozim. Tarbiyachilar ! Bolani majburlamang, bolaning
erkin faoliyati yuritishi uchun imkoniyat yaratib bering. Eng asosiysi, hamma narsa bola
uchun qiziqarli bo’lish lozim.
1.
Eshitish, tushunish malakasini shakillantirish.
2.
Impreesiv muloqatchalik;
3.
O’qish va savodga tayyorgarlik ko’rish;
4.
Nutq malakasi ekspessiv muloqatchanlik.
5.
Kitobning qadr-qimmatini oshirish,
6.
O’qish va savod malakalarini egallash.
Bu yo’nalishda bolalarning nutqi va ularda shakllanayotgan o’qish va yozish malakalari
orqali muloqat qilishning begilari rivojlanadi.
Kattalar bilan muloqada bola
1.
Kattalar bilan muloqotga kirishaoladi,
2.
Kattalarning savollariga javob bera oladi,
3.
O’z fikrini kattalrga bemalol bayon qila oladi,
4.
Diologik nutqdan foydalanib suhbatlasha oladi;
5.
Istagini so’z bilan ifodalay oladi;
6.
Kattalardan so’z orqali yordam so’raydi;
7.
Oilasi va tanishlari to’g’risida hikoya qila oladi;
8.
Kattalar bilan boshqa mavzularda ham so’zlasha oladi;
9.
Odob bilan muloqotga kirisha oladi;
10.
Muomalada nutq va imo –ishoralarni qo’llay oladi;
11.
Kattalar bilan muloqot qilishda tanish qonun-qoidalarga rioya qiladi;
12.
Kattalarga murojat qilishning turli usullaridan foydalanadi;
13.
Notanish kattalar bilan muloqatgaa kirisha oladi;
14.
Tengdoshlari bilan muloqatda;
23
15.
Tengdoshlari bilan yonma-yon o’tiradi;
16.
Tengdoshlar bilan muloqatga kirisha oladi;
17.
Tengdoshlar bilan salomlasha oladi;
18.
Tengdoshlar ismi bilan chaqiradi;
19.
Olgan tassurotlarini boshqa bolalar bilan o’rtoqlasha oladi;
20.
Tengdoshlar bilan o’yin qoidalarini birgalikda kelishib oldi;
21.
Tengdoshlar bilan muloqatda o’zi o’z fikrini ayta oladi;
22.
Tengdoshlar bilan yuzaga kelgan nizolarni bartaraf eta oladi;
23.
Tengdoshini so’z orqali baholay oladi;
24.
Tengdoshiga oddiy takliflar , iltimoslar bilan murojaat qiladi;
25.
Oyin davomida tengdoshida sherik sifatida qaraydi;
26.
Tengdoshlari bilan muloqatda diologik nutqdan foydalanadi;
Maktabgacha ta’lim mazmunining katta qismini bola bevosita mashqa yordamida
o’zlashtiradi. Kuylash raqs tushish, asosiy va sportga doir harakatlarni bajarish, to’g’ri va
ravon gapirish, rasm chizish uchun bola mazkur ko’nikmalarga muvofiq keluvchi harakat
usullarini egallashi zarur.
Nutq , muloqat o’qish, yozish malakalari
Kichik soha : o’qish malakalari 3-4 yosh
Kitob haqida, uning foydali tomonlari haqida dastlabki tushunchalar berib o’tish; kitoblar
bilan tanishtirish ; rasmli kitoblar bilan birgalikda badiiy mashg’ulotlar tashkil etish;
rasmli kitob qahramonlarni tanishtirib; bolalarda tasavvurni kengaytirish;
4-5 yosh
Teleko’rsatuv, ertak parchalaridan ayrim qismlarini yod oldirish; tinglangan ertak haqida
xulosasi haqida xulosasi bilan tanishish; jumboqli savollarga ifodali tarzda , javob
qaytarishni ta’minlash, rasmdagi yoki matn ichidagi; qahramonning tashqi ko’rinishi
24
haqida ko’proq gapirtish; mada hajmdagi she’rlardan yod oldirish ; kitobni ehtiyojlab
ishlatishga namuna bo’lib, bolani ham har tomonlama shunga odatlantirish;
5-6 yosh
Asardagi talaffuzi murakkab bo’lgan so’zlarni birgalikda talaffuz qilish; kitobni tanlab,
mustaqil tomosha qilishga imkon berish; ma’no jihatdan murakkab bo’lgan so’zlarni
soddaroq tilde, misollar orqali tanishtirish; murakkab so’zlarni soddaroq tilde, misollar
orqali tanishtirish; murakkab so’zlarni talaffuz qilishda bo’g’inga bo’lib talaffuz
qilishdan foydalanish; yod olgan she’rlari asosida qofiya to’qishga qiziqishtirish; sevimli
ertaklarining muallifi haqida ma’lumot berish; xulosa fikrlarini birga o’rtoqlashish;
6-7 yosh
Esda saqlagan ertaklarini, topishmoq va latifa hamda she’rlarini o’rtoqlari bilan
ulashishiga sharoit yaratib berish; kundalik turmushda badiiy so’zlardan foydalanishiga
to’sqinlik qilmaslik; boshqotirmalar orqali ertak qahramoni, muallifi, ertak nomini
topishga yordam ko’rsatish; bo’g’in haqidagi dastlabki tushunchalar bilan tanishtirish;
peshtaxta va plakatlardagi yozuvlarni mustaqil o’qishga odatlantirish, “ oxirgi harfdagi
so’z o’yinlarini tashkil qilish; kichik hajmdagi ibratli ertaklar yoki hajmlar to’qishiga
yordamlashish;
Kichik soha: “ Nutq va til “ 3-4 yosh
O’z harakatlarini so’zlar bilan sharhlashiga ko’maklashish; o’z ona tilisida so’zlashishini
nazorat qilish; bola bilan ko’proq erkin muloqotda bo’lish; odatda ularga to’g’ri talaffuz
orqali hurmat bilan muomala qilishga o’rnak bo’lish; har qanday u uchun savol
tug’diradigan ham odatlantirib borish; tez aytishlar yod oldirish;
4-5 yosh
So’zlar va ularning anglatadigan ma’nosi to’g’ridida tasavvurlarini shakllantirish;
tengdoshlari bilan o’rtasidagi muloqatni cheklamaslik; muloqot jarayonida bolaning
25
faolligini ta’minlash ( noto’g’ri munosabat bildirsa ham ); son va harflarni yozishda
ko’maklashuvchi elementlarni yozishga o’rgatish; uyqudan oldin ertak aytib berishni
odat qilish; ertak qahramonlarini salbiy va ijobiyga ajratish topshiriqlarini berish;
5-6 yosh
Tovush va so’zlarning farqini tushuntirish; o’z his-tuyg’ularini so’z orqali ifodalashga
ko’maklashish; buyumlarning bir –biridan farqini aniqlash orqali ularga munosabat
bildirirsh; yoshini inobatga olgan holda ijro etishni yo’lga qo’yish; ertak qahramonlarini
rolga kirgan holda ijro etishini yo’lga qo’yish;
6-7 yosh
Jumlalar aralashtirib gapni to’g’ri tashkil qilish mashg’ulotlarini o’tkazish; har bir
harflarni yozishni mashq qildirish; tovushlarni o’tkazish; har bir harflarni yozishni mashq
qildirish; tovushlarni esa to’g’ri talaffuz qildirish; har bir harf bilan boshlanuvchi so’zlar
jamlanmasini tuzishga odatlantirish; ikknchi tilga bo’lgan qiziqishlarni ijobiy hal
quvvatlash; chet tillarga oid soda so’zlarni yod oldirish; tovushlarni unli va undoshlarga
ajratib tavsiflab berish; eshitgan ertaklaridan tinglangan parchani davom ettirishini
so’rash; tinglangan hikoya mazmunidan kelib chiqqan holda sarlavha tanlatish; suhbat
davomida nutqning dialogic shaklini qo’llashga odatlantirish; she’r va erak to’qimalarini
ijobiy qabul qilish;
Kichik soha : qo’l barmoqlari mayda motorikasi 3-4 yosh
Ixtiyoriy tanlangan rasmlarni chizdirish; rasm solish hamda yozuv ishlarida o’ng qo’l
qoidasidan foydalanishga odatlantirish; qalam, ro’chkakadan to’g’ri ushlagan holda
foydalanishni tashkillashtirish; mayda detallardan foydalanish ( nazorat ostida ) mozaika
terish mashg’ulotlarini tashkillahtirib, ish stoli yaratib berish;
4-5 yosh
26
Plastilin ishtirokida mayda jismlarni yasatish; munchoqlar yordamida taqinchoqlarni
yaratishiga ko’maklashish; sanoq jarayonlar yordamida taqinchoqlarni yaratishiga
ko’maklashish; sanoq jarayonlarida dastlab barmoqlardan foydalanish; pazllarni yig’ish
mashqlarini yo’lga qo’yish; jismoniy mashqlarda barmoqlar harakatini gavdalantirish;
5-6 yosh
Bolada ko’zini berkitgan holda detallarni shaklini aniqlash mashqlarini olib borish; qo’l
mehnati orqali tashkillashtirish orqali barmoqlar harakatini oshirish; qo’l mehnati orali
mustaqil buyumlar yasashga qiziqtirish; yozish mashg’ulotlarida tanaffuz jarayonlarini
tashkil qilish orqali barmoqlarga dan berish; jismoniy harakat va aqliy faoliyat
jarayonlarini almashtirish, to’g’ri taqsimlashni yo’lga qo’yish; qaychi va ignadan
foydalanishni ( nazorat ostida ) yo’lga qo’yish ; havoda barmoqlar orqali tavirlarni
gavdalantirishni o’rgatish;
6-7 yosh
Bolani barmoqlarni harakatga undovchi to’qish va tikish, kesish ishlariga ishtirokini
oshirish; munchoqlar yordamida bezak ishlarini tashkillahtirish, yozish mashg’ulotlarida
qo’lga, barmoqlarga bosim tushmasligini nazorat qilish; chigal yozdi mashg’ulotlarini
tashkillashtirish; bo’yoqlar yordamida, barmoqlar ishtirokida suratlar yaratishga undash;
kiyimbosh tugmalarini qadashga odatlantirish; poyabzal iplarini, mayda tugunlarini
yechishni, bo’g’lashni tashkillshtirish;
Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalshning asosiy vazifalari
Yosh avlodni har tamonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalash jamiyat ehtiyojlaridan kelib
chiqadigan ob’yekt zaruratdir. Aqliy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning eng muhim jihatlaridan
biri. Aqliy tarbiya- bu aqlni rivojlantirish maqsadida yosh avlodga muntazam va maqsad
asosida pedagogic ta’sir ko’rsatishdir . Bolalarni bilimlarni egallab olishlari ularni aqliy
faolligini rivojlantirish, aqliy malaka va ko’nikma egallab olishlari, ularning maktabda
muvaffaqiyatli o’qishlari uchun bo’lajak mehnat faoliyatiga tayyorlanishida manba
27
bo’lib xizmat qiladi. Bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tarbiyaning o’rni katta.
Bilimlar zahirasini kamaytirish , aqliy faollikni va mustaqillikni rivojlantirish, maktabda
yaxshi o’qish, keying mehnat faoliyatiga tayyorlanishning muhim shartidir. Bola 6-7
yoshdan maktabga o’tishi, ularni maktab ta’limiga tayyorlash uchun aqliy rivojlantirish
yetarli bo’lishini ta’minlash tarbiyachidan katta mas’uliyatni talab etadi. Maktabgacha
ta’lim yoshida bilim tez sur’atda rivojlanib boradi, boyib boradi. Nutq shakillanadi,
bilish jarayonlari takomillashadi, bola eng oddiy aqliy faoliyat usullarini egallab boradi.
Bolalarda aqliy faoliyatni dastlab muomala orqali, so’ng mashg’ulotlar, bilim berish
orqali amalga oshiriladi
Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy vazifalari quyidagilardan
iborat.
1.
Bolalarda tabiat va jamiyat tog’risidagi bilimlar sistemasini , ilmiy dunyoqarashni
shakillantirish.
2.
Bilimga doir ruhiy rivojlantirish: sezgi, idrok, xotira, hayol, tafakkur, nutq . bilishga
doir ruxiy jarayonlarni rivojlantirish aqliy tarbiyaning muhim vazifalaridir.
3.
Bilishga qiziqish va aqliy qobilyatlarni aqliy mehnat madaniyatini rivojlantirish.
Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini ular aqlining sinchkovligini
rivojlantirish va shular asosida bilishga qiziqish hosil qilishdan iborat.
4.
Aqliy malaka va ko’nikmalarni rivojlantirish, ya’ni eng oddiy faoliyat usullari
predmetlarni tekshirish ulardagi muhim va muhim bo’lmagan belgilarni ajratib
ko’rsatish boshqa predmetlar bilan taqqoslash maktabgacha yoshidagi bolalarga aqliy
tarbiya berish vazifalaridan biridir. Bu kunikma va malakalar bilish faoliyatining
tarkibiy qismlar bo’lib, bolaning bilimlarni chuqur egallab olishiga yordam beradi.
Eng muhimi shundaki., bolalarga bilim beribgina qolmay, ularni olgan bilimlaridan
aqliy va amaliy vazifalarni hal etishga foydalanishga o’rgatish. Maktabgacha
yoshdagi bolalarga ta’lim- tarbiya berishning asosiy maqsad va vazifalari bolalarni
jismoniy va aqliy jixatdan rivojlantirish, ularning ruxiyat, shaxsiy qobilyatlari,
28
intilishi va ehtiyojlarini qondirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, mustaqillik
g’oyalariga sodiq holda voyaga yetib borishini ta’minlash, ularni maktabgacha
yoshdagi bolalar ta’lim- tarbiyasiga qo’yilgan davlat talablariga muvofiq maktab
ta’limiga tayyorlashdan iborat
Aqliy tarbiyaning asosiy vazifalari:
1.
Bolalarda tabiat va jamiyat to’g’risidagi bilimlar sistemasini yaratish,
2.
Aqliy , faoliyat, bilish jarayonlari va qobilyatlarini, aqliy jarayonning xilma-xil
usullarini rivojlantirish,
3.
Ilmiy dunyoqarashni shakllantirirsh,
4.
Mustaqil bilish qobilyatlarini, aqliy mehnat madaniyatini rivojlantirish
5.
Aqliy bilim, va malakalarini rivojlantirish
Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish jarayoni oldiga quyilgan maqsad va
vazifalarning bajarilishiga erishish “ ilk qadam “ davlat dasturi asosida amalga
oshiriladi. Har bil oila barkamol avlodni tarbiyalash uchun qayg’urishi lozim. Shu bois “
ta’lim to’g’risidagi “ gi qonun hamda “ kadrlar tayyorlash milliy dasturi “ da
mamlakatning ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashning asosiy omili bo’lgan
kadrlarni tayyorlash borasidagi eng zarur tadbirlar tizimi belgilab beriladi. Sog’lom avlod
tarbiyalash davlat va jamiyatning ustuvor yunalishidir. Hech kiga sir emaski, respulikada
bollarni maktabgacha ta’lim-tarbiya tashkilotlariga jalb qilish 2019- yil 30 % ni tashkil
qiladi. Bumday sharoitda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb qilinmagan 70% bola
bilan yuqorida ko’rsatilgan 30 % bolaning rivojlanish darajasi o’rtasida nominotosiblik
vujudga kelmoqda. Bunday nomunotanosiblik, bolalar maktab ostonasiga qadam
qo’ygan kundan boshlab ularning rivojlanish darajasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. So’ngi
yillarda maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish ta’lim tarbiya mazmuni , shakli
vosita va metodlarni egallashda alohida e’tibor berilmoqda. Davlar va jamiyat
maktabgacha yoshdagi bo’lgan bolalarni yagona talab asosida rivojlantirish asosida
rivojlantirish vazifasi qo’ydi. Shunga ko’ra maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim –
29
tarbiyasiga qo’yiladigan davlat talablariga tayangan holda maktabgacha yoshdagi
bolalarga integral tarzda ta’lim – tarbiya berish maqsadida tayanch dasturlari taqdim
etilmoqda. Bu tayanch dasturlari bugungi kunda maktabgacha ta’lim- tarbiya
muassasalariga jalb etilmagan 3 millionga yaqin bolani ham rivojlantirish va yagona
davlat talablari asosida maktabgacha tayyorlash imkonini beradi. Ta’lim – tarbiya
jarayoni yakunida mustaqil fikrlaydigan, erkin, bilimli, bir so’z bilan aytganda barkamol
shaxsni voyaga yetkasiz asosiy maqsad qilib belgilandi. Bu uzliksiz ta’limning tizimining
ilk turi- maktabgacha ta’limga o’ziga xos yondashuvni talab etar edi. Bola dunyoga
kelgan kundan boshlab , davlat va jamiyat hamda ota- ona zimmasiga uni sog’lom, aqlli,
xush xulqi qilib tarbiyalash vazifasi qo’yildi. Bu ko’nikma va malakalar bilish faoliyatini
tarkibiy qismlarga bolib, bola bilimlarini chuqurlashtirishga yordam beradi.
Mashg’ulotlarda aqliy tarbiya usullari . pedagogika , psexalogiya fani aqliy tarbiya fani
vazifalarini samarali hal etish birinchi navbatda bolaning imkinoyatlaridan to’g’ri
foydalanishni, ikkinchi tamondan bola organizmning charchashiga sabab bo’ladigan
ortiqcha zo’rayish bo’lmasligi kerak , degan fikrni ilgari suradilar . to’g’ri tashkil etilgan
faoliyat jaryonidagina to’laqonli aqliy rivojlanish ruy beradi. Shu sababli pedagoglarning
vazifasi muayyam maqsadni ko’zlab, tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish uchun kerakli sharoitni
yaratish bolalarda aqliy faoliyatni dastlab muomala orqali so’ng mashg’ulotlar , bilim
berish orqali amalga oshiriladi. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda aqliy faolligini
rivojlantirish, aqliy malaka va ko’nikmalarni egallab olishi maktabda muvaffaqiyatli
o’qishi uchun, bo’lajak mehnat faoliyatiga tayyorlanishda aqliy tarbiyaning roli kattadir.
Bolani bilimlarini egallab olishi, aqliy faolligini rivojlantirish, aqliy malaka va
kunikmalarni egallab olishi maktabda muvaffaqiyatli o’qishi uchun , bo’lajak mehnat
faoliyatiga tayyorlanishida manbaa bo’lib , xizmat qiladi. O’simlik va hayvonlar bilan
tanishish bo’yicha sistemali mashg’ulotlar olib borilgandan keyin bolalar o’simlik, yosh
hayvonlar to’g’risidagi ma’lum bir tasavvurga ega bo’ladilar sungra bolalardagi aqliy
kunikma, malakalarni rivojlantirish maqsadida tarbiyachi bolalar bilan mashg’ulotlarni
o’tkazishni rejalashtirishi mumkin.
30
Bular quyidagilar “ sen tarifla, men topaman “.
Didaktik vazufa – kattalarning savollariga narsaning xarakterli belgisini ajrativ va
nomini aytib javob berish
O’yin harakati – kattalarga topishmoqni aytish.
O’yin qoidasi- tariflanayotgan narsaning nomini aytish mumkin emas , tarbiyachining
savollariga aniq va to’g’ri javob berish.
Jixozlash – sabzavot va mevalarni stol ustiga quyiladi. Tarbiyachi stulini o’simliklar
ko’rinmaydigan qilib quyiladi.
O’yinning borishi – tarbiyachi bolalarga stol ustidagi savzavotlardan bittasini tanlaydi.
men sizdan uning qandayligini so’rayman siz javob berasiz . faqat uning nomini ayting .
sizlarning javoblaringizdan men uni topishga harakat qilaman deydi. Tartib bilan
tarbiyachi savol beradi “ shakli qanday “ , hamma tamoni shardek dumaloqmi ? ,
chuqurchasi bormi ? rangi qanday ? va boshqa bolalar savollarga to’la javob berishadi .
bolalar narsaning xarakterli belgilari haqida gapirib berganlaridan keyin tarbiyachi
topishmoqni topadi. Mashg’ulotda , o’yinda tabiat burchagida va maydonchadagi
mehnatda ekskursiya va sayr vaqtida tarbiyachi bolalarga atrofdagi olamning turli
tumanligini , chiroyini ko’rsatadi , o’simlikning turli xusussiyatlari sifatlari bilan
tanishtiradi, o’simlik va hayvonat olami haqida elementar tushunchani shakllantiradi.
Bolalarning jozibali munosabati tarbiyachining hikoyasidagi faollarroq o’zlashtirib
olishlariga yordam beradi imkon beradi . mashg’ulotlarda , didaktik o’yinlarda quyilgan
vazifani hal etishda bola buyum va hodisalarning ayrim xususiyatlarini ajratishga,
solishtirishga , umumiy xususiyatlri , belgilariga qarab guruhlarga ajratishga
klassifikatsiya etishga o’rganadilar . Bolalar fikr yuritishga , xulosalar chiqarishga
o’rganadilar, bolalar diqqati, xotirasi va ixtiyoriy diqqati rivojlanadi. Mashg’ulotni o’yin
vazifasini hal etishda bola o’zining xatti- harakatini tushuntiradi. Bu esa nutqining
o’sishiga yordam beradi. Mashg’ulotlar , dedaktik o’yinlar davomida turli maktabgacha
31
yoshdagi bolalar ko’p maratoba takrorlash orqali maktabgacha ta’lim muassasalarining
ta’lim tarbiya dasturiga xos bilimlar majmuini o’zlashtiradilar . tabiiy materiallar bilan
o’ynaladigan o’yinlarni tanlashga tarbiyachi o’yinning mazmuni atrof- muhitdagi
tabiatdagi o’zgarishlarga mosligini unutmasligi lozim . Masalan: “ urug’ sotib olish “
o’yini bahorda “ hosil yig’ishtirish “ esa yozda yoki kuzda o’tqazilishi kerak .
Tarbiyachining o’zi ham mashg’ulot , o’yinning chekka varyantini tulicha varyantlarini
o’ylashi mumkin.: o’yinga mashg’ulotga qo’shimcha vazifa , yangiroq , bolalarning
atrof olam haqidagi bilimlarni boyitish va boshqalar. Ba’zi bir dedaktik o’yinlarni turli
varyantda turli yoshdagi bolalarga tavsiya qilinadi. O’yinlar, o’simliklar, hayvonlar yoki
boshqa predmentlarning soni oshishi , turlicha qoida o’yin harakatlarining oshishi
hisobiga murakkablashadi masalan: paypaslab bilish uchun sabzi bodring , olma va
boshqalar olishi mumkin . keyinchalik shakli o’xshash bo’lgan meva va sabzavotlarni
kiritish mumkin . maktabga tayyorlov yoshidagi bolalarga barg gullar bilan o’ynash
ko’pincha guruh xonasini ovqat stolini bezash, guldasta, barglarni kattalarga, kichik
bolalarga, sovg’a qilshga xohishlari bilan bog’lanadi . bunday o’yinlarni ,
mashg’ulotlarni o’tkazishda bolalarni o’simliklarga nisbatan ehtiyotkorlik, gullarni
bekordan bekorga o’zmaslikka o’rgatish lozim. Agar bola olma yoki boshqa
predmentlarning shakliga diqqatini qaratga bo’lsa unga olmani dumalatib ko’rish,
koptok tekislatib kurish uning silliqligini aniqlashi tavsiya qilish lozim. Bolalarda rang
shakl , kattalik tushunchalarini o’rgatish lozim xilma xil tabiat hodisasi olamida
bolalarning bevosita kuzatishlari uchun eng tushunarli o’simlik va uy hayvonlaridir.
Maktabga tayyorlov yoshidagi bolalarni o’simlik va hayvonlar bilan tanishtirish
jarayoninda bolalarda tabiatga nisbatab muhabbat tarbiyalanadi, hayvonlarni
parvalishlashga , o’simliklarni o’stirishga nisbatan istaklar tarbiyalanadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar aqliy tarbiyasiga qo’yiladigan talablar.
Bolalarda aqliy faoliyatni dastlab muomala orqali so’ng mashg’ulotlar, o’yinlar , bilim
berish orqali, amalga oshiriladi. Bola har doim buyumlar, xodisalar orasida bo’ladi.
32
Doimo biror narsa bilan tanishadi, nimanidir bilib oladi, ushlab ko’radi, nimagadir quloq
solidi, shu tarzda bola dunyoni anglaydi. Tevarak- atrof buyum va narsalar bolalarining
sezgi organlariga, analizatorlarga ta’sir etadi va sezgi hosil bo’ladi. Sezgi bolalarda ayrim
xossalarni bilib olishga yordam beradi. Bolada aqliy malaka va ko’nikmalarni
rivojlantirish, eng oddiy faoliyat usullari predmentlarni tekshirish, ulardagi muhim va
muhim bo’lmagan belgilarni ajratib ko’rsatish boshqa predmetlar bilan taqqoslash
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir.
Ta’lim dasturi quyidagi prinsiplariga asoslanib tuzilgan.
-
Bilimning bolalarga tushunarliligi;
-
Har bir yoshga xos bilim va malakalar;
-
Bilim va malakalarni sekin-asta murakkablashtirib borish;
-
Materialning har maqsadga qaratilganligi;
-
Mahalliy materiallardan foydalanish;
-
Tabiatdagi voqealar ;
-
Tabiatga doir bo’limlar orasidagi bog’liqlik.
-
Aksariyat hollarda bolalarning aqliy rivojlanganlik darajasi xaqida gapirilganda
Bolalarni maktabga tayyorlashga oid ishlarni yo’lga qo’yishda tarbiyachi va mudiraning
roli.
Olti yoshli bolalarni maktabga tayyorlashni yo’lga qo’yishda muvaffaqiyatga erishish
uchun tarbiyachi shu maqsadni ko’zlab harakat qilish va jiddiy ta’lim- tarbiyaviy ish olib
borishi zarur. Tarbiyachisidan psixologik jarayoblarga oid ko’p darajada asosli bilimga
ega bo’lish, bolalarning bilimlarning o’qib olish qonuniyatlarini bilish talab etiladi,
ta’limning odatlanib qolingan yo’llariga o’z munosabatini o’zgartirishi zarur, ta’limning
bu odatlanilgan usullari faqat tashqi ijobiy natijalar bilangina qanoatlanar edi. Tarbiyachi
faqat boshqalarni o’qitibgina qolmasdan , balki o’zi ham muntazam o’qib borishi zarur.
Faqat shu holdagina u bilim olishga o’rgata oladi. Bolalarni maktabga tayyorlashga oid
barcha ishlarda bolalar bog’chasi mudirasining roli kattadir. Bolalar bog’chasi ishlarining
33
yillik rejasida, ta’lim- tarbiya jarayonni takomillashtirishga qaratilgan vazifalarni hamda
bolalar bog’chasi va boshlang’ich maktablarda yangi dasturga o’tilishi munosabati bilan
bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish sharoitini ko’zda tutish muhimdir; tayyorlov
guruh bolalarida maktab ta’limiga tayyorlikni va qiziqishni ta’minlashga alohida e’tibot
berish zarur; yangi dasturlar asosida olib boriladigan alohida e’tibor berish zarur; yangi
darturlar asosida olib boriladigan ishlarda izchillik bo’lishiga erishish maqsadida maktab
bilan zarur aloqa o’rnatish lozim ( o’zaro borib ko’rish, kengashlar o’tkazish va hakozo ) .
maktab bilan mustahkam aloqa bog’lash bilan birga, bolalarni maktabga tayyorlashga oid
ishlarning umumiy rejalarini yil boshida tuzish foydalidir, unda: metodika ishlarni,
bolalar jamoasi bilan olib boriladigan ishlar va ota-onalar bilan olib boriladigan ishlardan
iborat uchta bo’lim ko’zda tutilishi zarur.
Bolalarni maktabga tayyorlashning namunaviy rejasini keltiramiz.
Metodika ishlari:
1 O’qtuvchilar va tarbiyachilar tomonidan maktabning birinchi sinfi dasturlari bilan
bolalar bog’chasi tayyorlov guruhlari dasturlarining o’rganilishi va muhokama qilinishi (
yil davomida ).
3.
O’qtuvchilar bilan tarbiyachilarning dars va mashg’ulotlarni o’zaro borib ko’rishlari (
yil davomida ).
4.
Bolalar bog’chasining maktabga tayyorlov guruhida jismoniy tarbiya
mashg’ulotlarining jismoniy tarbiya o’qtuvchisi tomonidan o’tkazilishi.
5.
Tayyorlov guruhida mashg’ulotlar, maydonda harakatli o’yinlar o’tkazish va ularni
tahlil qilish.
6.
Pedagoglar kengashlarida ( maktab deriktori, ilmiy mudir, o’qtuvchilar, bog’cha
tarbiyachilari va bog’cha mudirasi, metodist ishtirokida o’tkaziladigan kengashlarda)
quyidagi masalalarni muhokama qilish:
a)
Hozirgi bosqichda bolalar bog’chasi bilan makatab ishidagi izchillikning ahamiyati;
b)
Birinchi sinfda bolalar bilan ishlashning dastlabki kunlari ( sentabr- oktabr);
34
c)
Tarbiyachilarning bolalarni maktabga tayyorlshdagi tajribalarni o’rtoqlashish;
d)
Bolalarning nutqini o’stirish , sanoqqa o’rgatish dasturlarini o’qib olishlari ( yanvar –
fevral );
e)
Bolalarni makatabga tayyorlash dasturlarining bajarilishi;
f)
Bo’lajak o’quvchilarda yozgi mavsum uchun tavsiyalar;
6 bolalarni ona tilga ( sanoqqa, rasm chizishga ) o’rgatishdagi izchillik masalasi
yuzasidan vaqtli matbuotda bosilgan materiallarni muhokama qilish.
7.
Tarbiyachilar va birinchi sinf o’qtuvchilari uchun metodika adabiyoti sohasidagi
yangi chiqqan kitoblar ko’rgazmasini tashkil etish.
8.
Tayyorlov guruhi tarbiyachilarining maktabdagi dastlabki mashg’ulotlarni borib
ko’rishlari.
Ota –onalar bilan olib boriladigan ishlar
1.
Ota- onalar majlisida quyidagi masalalar muhokama qilinadi;
a)
Bolalarni maktabga oilada qanday tayyorlash kerak, maktab bolalarga qanday talablar
qo’yadi, birinchi sinf dasturi bilan tanishtirish;
b)
Bolalar bog’chasi tayyorlov guruhining dasturi;
c)
Bolalarda mustaqillikni o’stirish;
d)
Yurish- turish madaniyati;
e)
Tayyorlov guruhi dasturini balalar o’qib olishlari.
2.
Ota-onalar uchun konsultatsiyalar ( tarbiyachi, shifokor, logoped, o’qtuvchining
konsultatsiyalari ).
3.
Ota-onalar uchun ko’rgazma yoki ko’chma-papkalar jihozlash,
Bollar jamoasi bilan olib boriladigan ishlar
1.
Maktabga ekskursiya;
2.
O’qtuvchining maktab haqida suhbat.
3.
Tarbiyachining maktab haqida suhbati.
35
4.
Tayyorlov guruhi bolalarining 1-sinf o’qituvchi bilan uchrashuvi.
5.
Tayyorlov guruhi bolalarning maktabdagi bayramlarga ( “ Alif- be” bilan
xayrlashuvga ) ishtirok etishlari.
6.
Bolalar bog’chasidagi ertaliklarga ( “ Archa”, “ Maktabga kuzatish “ ga ) 1-sinf
o’quvchilarning qatnashishlari.
7.
Bog’chada “ Maktabga kuzatish “ bayrami.
Hamma ota-onalar tarbiyachilardan bolalarni tarbiyalashga oid maxsus maslahatlar va
yo’l –yo’riqlar olib tursalargina tayyorlov guruhida olib boriladigan ishlarda
muvaffaqiyatga erishish mumkin. Shu maqsadda majlis, konfensiya, ota-onalar uchun
bolalar bilan mashg’ulotlar o’tkazish, ota-onalar uchun ko’rgazma yoki ko’chma-
papkalar jihozlash kabi xilma-xil ish turlaridan foydalanilishi mumkin.
Bolalarni maktabga aqliy tayyorlashga oid masalalarni ota-onalar maxsus dastur bilan
olib boriladigan pedagogic o’qish ( ota-onalar ma’ruzasi, seminarlar) tartibida ham
o’rganishlari mumkin. Masalan:
1.
Yetti yoshga qadam qo’ygan bolalarning psixologik xususiyatlari.
2.
Tayyorlov guruhidagi tarbiyaviy ishlar dasturi.
3.
Bolaga maktab qo’yadigan talablar.
4.
Oilada bolani maktabga qanday tayyorlash kerak.
5.
Bola maktabga qanday tayyorlik bilan borishi kerak.
6.
Bolalarga nimalarni o’qib, aytib berish kerak; bolani o’qib berilgan narsani aytib
berishga qanday o’rgatish kerak.
7.
Bolada qiziquvchanlikni , atrof-tevarakni bilishni va dastlabki tizimli tushunchalarni
qanday o’stirish kerak.
Ijtimoiy- hissiy rivojlanish
Kichik soha: ijtimoiylashuv , kattalar va tengdoshlar bilan muloqat
3-4 yosh
36
Bolaga qarindosh, oila a’zolari va ularning fe’l- atvori haqida mulohaza berish; bola
tadqitchi shuning uchun unga asosan ijobiy sifatlarni nomoyon qilish; qat’iy qarorini
qo’llab – quvvatlash ; jamoa bilan birgalikda harakatlanishga undash; yaxshi va yamon
fazilatlarni taqqoslash orqali tanqidiy fikrlashini oshirish; bildirilgan fikrlariga e’tiborsiz
munosabatda bo’lmaslik; bola to’g’risida keskin qarorlar qabul qilmaslik;
4-5 yosh
Do’stlari bilan muloqotni cheklamaslik; o’yin orqali bajarayotgan roliga birgalikda
yondashish; oilaviy, namunali ijtimoiy muhitni yaratish, guruhdagi qoidalarni eslatib
o’tish, yaqinlari va oila a’zolariga o’zaro hurmatda bo’lishini taminlash ; do’stlari haqida
bildirilgan fikrlarni tinglash, ko’proq bola bilan erkin muloqat tashkil qilish; toshiriqlarni
mustaqil bajarishga imkon yaratib berish; taqlidlarni to’g’ri baholsh;
5-6 yosh
Muloqot jarayonida fikrlarini quvvatlash hislarini masxara qilmaslik; oila davrasida va
guruda mehnat jarayoniga jalb qilish; o’z o’rnini topishiga. o’zini ko’rsata olishiga
imkoniyat yaratib berish; do’stlaridan yordam so’rashga odatlantirish;’ iltimos ‘’,
“rahmat “ kabi sehrli so’zlarni ta’kidlashni kanda qilmaslik; atrofdagi yordamga
muhtojlarga e’tiborini qaratishni o’rgatish; tendoshlariga bo’lgan munosabatdan xabardor
bo’lib turish; sevimli insonlari bilan uchrashuv, suhbatlar uyushtirib turish;
6-7 yosh
Kattalar bilan bo’layotgan muloqot jarayoniga e’tiborini qaratish; jumboqli masalalarda
o’rtoqlari bilan fikr almashishini maslahat berish; tengdoshlariga; erishilgan yutuqlariga
havas , sheriklik hissini jonlantirish ; kattalar yordamida sahna asarlarini yaratishda
bevosita aralashtirish;
Kichik soha: “Men “ konsepsiyasi 3-4 yosh
37
Ko’zgu orqali o’z aksi bilan tanishtirish; Yoshi, ismi, familiyasini o’rgatish; o’zining
shaxsiy buyumlari haqida tasavvur uyg’otish; rag’bat tashkil qilish “ mumkin” va “
mumkin emas “ jumlalari bilan tanishtirish; tana a’zolari va ularni nomi bilan
tanishtirish; ko’proq atrofga tabassum bilan qaratish;
4-5 yosh
O’ziga ishonch hissini uyg’otish; o’zini anglashga yordam berish; foydalanayotgan
buyumlariini ijobiy, salbiy tomonlari haqida tushuncha berish ; bolada boshqalar bilan
buyumlarini teng bo’lishish hissini uyg’otish; erishilgan natijalaridan olgan rag’bat va
tanbehlarni mustaqil tahlil qilishiga qo’yib berish ; murakkab topshiriqlarni bajarishga
undash; o’zi haqida fikrlashga o’rgatish; bolanong o’z imkoniyatlari bilan tanishtirib
turish;
5-6 yosh
Buyumlari haqida o’zi qayg’urishiga qo’yib bering ; buyumlariga nisbatan xo’jalik
hissini tuyishiga yordam berish; begonalar bilan bo’ladigan suhbat jarayonida o’zini
tanishtirishga odatlantirish; bajarilgan ish so’ngida o’zini baholashiga fikrlarini to’g’ri
qabul qilish; bolani tengdoshlari bilan solishtirmaslik; xatolarini o’zgalar oldida
aytmaslik; cheklovlarga bo’lgan e’tirozlarini birgalikda muhokama qilish;
6-7 yosh
Muvaffaqiyatsizlik paytlarida tanbeh berishda saqlashnish ; taqiqlangan narsalar haqida
yumshoqlik bilan fikr bildirish; atrofdagilar bilan do’stlashishga undash; to’g’ri baholash
; kamchiliklarini esa tog’ri qabul qilishga odatlantirish; vazifalarini murakkablashtirish
o’zida ishonch hissini oshirib borish;
Kichik soha : hissiyotlar va ularni boshqarish 3-4 yosh
Bu yoshda bolalarni o’ziga yoqadigan va yoqmaydigan narsalariga munosabatini
kuzatish; multfilm , ertak qahramonlarini obrazli qilib tanishtirish; do’stlarini nega aynan
38
tanlaganini so’rash; bolani nimaga qiziqishini o’rganib shu narsani unga olib berish ;
bunda ko’proq bolaga baland ovozda gapirmaslik kerak; bola bilim suhbatda savol
berish; faol fikr bildirishi ta’minlandi ; doim bola bergan savollariga javob berish kerak;
4-5 yosh
Bolada turli vaziyatlarda xursandchilik , hamdardlik, bildirib turishi kerak; ertak
qahramonlarini obrazlarini tanishtirish ; xohlamagan va xohish bildirmagan harakatiga
jalb qildirmaslik ; kun tartibi davomida sayohatga chiqish , turli teatrga borish , ayniqsa
qo’gi’rchoq teatrlariga borishini ta’minlash;
5-6 yosh
Bolaga ko’proq yoshidan kelib chiqib multifilmlari qo’yib berish; o’zimiz orqali
bolalarda quvonch qayg’u , jiddiylik, yig’I kabi emotsinonal holatlarimizni nomoyish
etishga ko’maklashish ; bola hissiyotini rivojlantirishda unga syujetli- rolli o’yinlarni
tashkil etish va shu orqali bevosita bolaning qatnashishini ta’minlash ; salomlashish,
xayrlashish, minnatdorlik holatlarini o’rgatish; turli vaziyatlardan chiqishda
ko’maklashish uchun ota- onalar maslahatidan foydalanishga o’rgatish;
6-7 yosh
O’z hissiyotlarini ongli ravshanlashga o‘rgatish ; muomala madaniyatini
mustahkamlash; kitobga qiziqtirish; ibratli hikoyadan xulosa olishga odatlantirish ; bu
yoshdagi bolaning kuzatuvchanligini hisobga olgan holda ularga ijobiy hislatlarni
uyg’unlashtirish; guruh xonasida joy tanlashiga xohlagan o’yinchog’idan foydalanishiga
qarshilik ko’rsatmaslik; o’rtoqlik munosabatlarini kuchaytirish;
Bolaga ijodiy rivojlanish
Kichik soha : dunyoni badiiy tasavvur etish: 3-4 yosh
Vatanimiz ramzlari gerb, bayroq, madhiya haqida ma’lumot berish; yurtimiz nomi,
poytaxt va shaharlari haqida ma’lumot berib tanishtirib o’tish; diyorimizda so’zlashuvchi
39
tilimiz o’zbek tili ekanligi haqida uqtirish ; bolaga oila a’zolar, atrofdagi odamlar haqida
tushunchasini mustahkamlash; bolani jamoada shakllantirish tabiat bilan o’zaro aloqasini
taminlash; tabiatdagi hodisalar, o’simlik va hayvonot olamihaqidagi tasavvurlarini
kengaytirish;
4-5 yosh
Bolaga o’zi yashayotgan joy nomini o’rgatish; tabiat hodisalar sabablari va oqibatlari
haqida tushuncha berish, tabiatda turli tovushlarga munosabatini tashkil etish; tabiatdagi
tavushlar haqida bahs munozara tashkil etish; hayvonlar harakatiga taqlid orqali
hissiyotlarini ifodalash; yorqin rangdagi buyumlarni ajratishni o’rgatish; yaqin insonlari
qarindoshlari bilan tanishtirish; bolani qobiliyatlarini aniqlash orqali ma’lum bir
faoliyatga yo’naltirish;
5-6 yosh
Bola qiziquvchanligini hisobga olib turli manzaralarni ko’rsatish; bayramlarda ijodiy
chiqishlarini ta’minlash ; bolada tasviriy qo’l ishi , texnikaviy ko’nikmalarni yuzaga
chiqarish; milliy an’analarni qadrlashga o’rgatish ; bolalarni san’at, madaniyatga
qiziqishini qo’llab –quvvatlash; san’atning muayyam turini Afzal ko’rishini inobatga olib
sharoit yaratish;
6-7 yosh
Bolalarni tadbirlarda ishtirokini ta’minlash; dam olish jarayonlarini musiqa orqali tashkil
qilish; musiqa bilan bog’liq qobiliyatini qo’llash; bolaning bilim, ko’nikmalarini
vaziyatga qarab qo’llashga o’rgatish; o’z ijodiy rejalarini tuzishga ko’maklashish;
rejalarini tadbiq qilishga yo’naltirish; yaratuvchanlik qobilyatini to’g’ri baholash; bolani
o’zi xohish bildirgan soha bo’yicha yo’naltirishini to’g’ri ta’minlay bilish;
Kichik soha : badiiy –ijodiy qobilyatlar 3-4 yosh
40
Tasviriy mashg’ulotlar davomida materiallar nomi va qo’llanilishi haqida ma’lumot
berish; soda buyum , shakllarini chizishga ko’maklashish; ochiq predmetlar berilib
bo’yoq mashg’ulotlarini o’tkazish; musiqiy asbobolar ishtirokida, ishlangan qo’shiqlarni
tinglatish; raqs harakatlarini birgalikda bajarish; tayyor berilgan shakllardan tasvir yasash
so’raladi;
4-5 yosh
Predmetlar berilib ularga mos ravishda rasm solishi so’raladi; bo’yash mashg’ulotlari
birgalikda o’tkaziladi; xamir , plastilin , loy mahsulotlaridan qiziqarli buyum va
qahramonlar yaratish ishlari olib boriladi; musiqiy asboblar bilan tanishtiriladi va
qisqacha tushuncha beriladi,; barmoq teatrini o’tkazishga qiziqish uyg’otiladi va qisqa
ko’rinishda tashkilashtiriladi; geometric shakllar berilib ulardan predmetni
gavdalashtirish so’raladi; qirqish qog’oz mashqlariga e’tibor jalb qilinadi;
5-6 yosh
Bolaning mustaqil ishlashi uchun bo’yoq, yelim, qo’g’ozlar, akvarium bo’yoqlar,
plastilinlardan iborat ish joyi tashkillashtiriladi; ishni mazmunli tashkil qilish uchun
musiqa bilan birgalikda olib boriladi; qiziqishlari esa vaqti-vaqti bilan almashtirib
turiladi; predmet va o’yinchoqlar almashtirilib beriladi;
6-7 yosh
Tasavvurini qo’llagan holda ertak qahramonini yaratishga yordam beriladi;
qahramonlarning hayot tarsi haqida qisqacha fikr bildirib o’tadi; kichik-kichik mustaqil
tadqiqotlarga qatnashishiga imkoniyat yaratiladi; konsert dasturlari tashkillashtirilib
bolaning chiqishlari kuzatiladi, kichik bo’lsada rag’batlantirilib turiladi; teatr
sahnalashtirish jarayonida xohishiga qarab rol taqsimlanadi; sahnalashtirish jarayonida
liboslariga ham alohida e’tibor ko’rsatiladi;
Bolalarda ijodiy bilish jarayonining rivojlanishi
41
Kichik soha : intelektual – bilish malakalari 3-4 yosh
Predmetlarni oson ajratish uchun uning belgilariga tayanishni o’rganish; tabiat va
buyumlar ranglari orqali ranglarni farqlashni shakllantirish; narsa va buyumlarni
o’xshashlikka va farqli tomonlarini taqqoslash; ikki poyli buyumlarni poyini toppish
bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazish; predmetlar va ularning vazifasi bilan tanishtirish ;
atrofidagi buyumlarni nimadan yasalganligiga e’tiborini jalb qilish; tabiat hodisalari
to’g’risidagi fikrlarni e’tiborsiz qoldirmaslik; munozarali bahs mashg’ulotlarini tashkil
etish;
2-BOB Davlat talablari asosidagi “ Ilk qadam “ davlat dasturi
2.1 Ilk qadam davlat dasturi
1-bob Umumiy qoidalar
Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o’quv dasturi ( quyidagi “ MTM davlat o’quv
dasturi “ ) O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni
rivojlantirish borasidagi Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy- huquqiy
hujjat bo’lib , unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o’quv
tarbiyaviy faoliyatning asosiy g’oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta’limning
keying bosqichiga o’tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan.
Davlat o’quv dasturi O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim
musassasalarida qo’llash uchun majburiy:
Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
Maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko’rsatuvchi nodavlat muassasalari;
Maktabgacha guruhlarga ega bo’lgan “ Mehribonlik “ bolalar o’yinlari;
Makabgacha va boshlang’ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlari.
1.1.
MTM davlat o’quv dasturini qo’llash
42
Davlat o’quv dasturi variativ o’quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat
hisoblanadi.
Ta’liming muassasalari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ
o’quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega.
Ta’lim muassasasi Davlat o’quv dasturi asosida o’zining MTM ishchi o’quv dasturi
muassasa pedagoglari tomonida ota-onalarga jalb etgan holda tuziladi va amaldagi
qonunchilik tartibida tasdiqlanadi.
1.2.
MTM ning maqsad va vazifalari
MTMning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
Bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi
bolalarini rivojlanishga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat o’quv dasturiga ,
muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart- sharoitlar
yaratish;
Maktabgacha yoshdagi bolalarning o’quv- tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va
amalga oshirish;
Bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar
berishni tashkil qilish va amalga oshirish;
Bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oil ava jamiyat bilan o’zaro hamkorlikni
tashkil qilish va amalga oshirish
2-bob. MTM ta’lim jarayonining maqsadlari
2.1
MTM ta’lim jarayonini maqsadlari
O’quv – tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy kompetensiyalar va
rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar
yaratishdan iboratdir.
2.2
MTM da ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari
43
MTM da ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari
Bola huquqlar, o’ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini hisobga olish;
Ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojanish xususiyat va salohiyatlarini hisobga olish;
Bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning
harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;
Bolaning ijodiy qobilyatlarini qo’llab – quvvatlash;
O’yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish;
Bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashish uchun qulay muhit yaratish;
Bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash;
MTMning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;
Milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga
hurmat , boshqa millatlar madaniyatining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;
Bolaning maktabgacha ta’lim muassasasidagi rivojlanishini qo’llab –quvvatlash
jamoaviy ish hisoblanadi va uning maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari javobgar
bo’ladi.
2.3
Qo’shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish
Qo’shimcha ta’lim xizmatlari maktabgacha ta’lim muassasasi tomonidan
imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bolalar va aholi ehtiyojlariga mos ravishda tashkil
etiladi.
Qo’shimcha ta’lim xizmatlari fakultativ hisoblanadi va ularni tashkil qilishda ko’ngililar
( bolontyorlar) , ota- onalar va xomiylar ishtirok etishi mumkin.
2.4
Alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalar uchun mo’ljallamgan ta’lim faoliyati
Maktabgacha ta’lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalarni qo’llab-
quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim
muassasasi rahbari javobgar bo’ladi.
44
Zaruriyat tug’ilganda , pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta’lim muassasasi rahbariyati,
tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola ( uning rivojlanishi ) uchun o’quv –
tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi.
2.5. Ota-onalar bilan hamkorlik
Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim muassasasi
ota-onalar bilan o’zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin:
Ota-onalarning maktabgacha ta’lim muassasasi borasidagi fikrlarni hisobga olish;
Ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;
Ota-onalarni o’quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish;
Ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo’llab-
quvvatlash.
3-bob . Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv
Kompetensiya – bolaning bilim, ko’nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir.
Boshlang’ich kompetensiyalar,rivojlanish sohasidan qat’i nazar, bola shaxsi shakllanishi
uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
3.1
Maktabgacha yoshdagi ( 6-7 yosh ) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari
Kommunikativ , O’yin, Ijtimoiy , Bilish kompetensiyalardan iborat.
3.2
Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari
Bolaning kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi:
Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzining shakllanishi;
Ijtimoiy- hissiy rivojlanish;
Nutq, muloqat, o’qish va yozish malakalari;
Bilish jarayonining rivojlanishi;
Ijodiy rivjlanish.
45
4-bob. O’quv – tarbiyaviy faoliyat
O’quv-tarbiyaviy faoliyat “ O’zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha yoshdagi
bolalarni rivojlantirishga oid davlat talablari” asosida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi o’quv va tarbiyaviy faoliyatni o’quv yillari bo’yicha
tashkil qiladi.
O’quv yili 2 sentabrda boshlanadi va 31 maygacha davom etadi.
1-iyundan 31 maygacha MTMda yozgi sog’lomlashtirish davri tashkil etiladi.
4.1
O’quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish
Yillik mavzuviy
Haftalik
5-bob. Bolaning rivojlanish sohalari bo’yicha yutuqlari
Bolaning rivojlanish xaritasi 3yoshdan 7 yoshgacha davrni o’z ichiga oladi, har bir bola
uchun individual tarzda yiliga uch marta to’ldiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasiga chiqishda 6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik
xaritasi to’ldiriladi.
6-bob. Rivojlantirish muhitni tashkil qilish
Maktabgaca ta’lim muassasasida rivojlantiruvchu muhitni tashkil etishda bolalarning
o’ziga xos belgilarga ega bo’lgan yoshga doir xususiyatlari va ehtiyojlari hisobga olish
muhim ahamiyat kasb etadi.
Rivojlantiruvchi muhit mazmuni:
MTMning ko’rgazmali- rivojlantiruvchi muhiti mazmuni madaniy-tarixiy qadriyatlar:
milliy va mintaqaviy an’analar; tabiat iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos
bo’lishi lozim.
7-bob Ilovalar.
46
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Ilk qadam davlat dasturi – Maktabgacha ta’lim vazirligi 2017- yil
2.
O’zbekiston Respulikasi Davlat talablari- Maktabgacha ta’lim vazirligi 2018-yil 18-
iyun
3.
Maktabgacha tarbiya pedagogikasi- P. Yusupova . Toshkent –“ O’qtuvchi”- 1993.
4.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Toshkent “ Sharq” 1997 yil
5.
O’zbekiston Respulikasining” Ta’lim tog’risidagi “ qonuni Toshkent “ Sharq” ,
1997.
6.
Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. Toshkent “ O’qtuvchi” , 1981 yil
Elektron ta’lim resurslari
1.
www.ziyonet.uz
2.
www.pedagog.uz
3.
www.tdpu.uz
.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda hozirgi kunda Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish ustuvor
vazifalardan biridir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Ta’limning ilk bo’g’ini bo’lgan
maktabgacha ta’lim sohasiga nazar qaratmoqda. Ta’lim sohasini rivojlantirishning
dastlabki vazifasi uning ilk bo’g’ini bo’lgan maktabgacha ta’limga e’tibor qaratish
lozimligini tushungan holda , hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotini
47
rivojlantirmoqda. Yangi bog’chalar qurilmoqda, xonalar yangicha jihozlanmoqda, yangi
dastur ya’ni “ Ilk qadam “ davlat dasturi qabul qilindi. Endilikda bolalar maktabgacha
ta’lim tashkilotiga o’zi keladi , avvalgi kunlarday yig’lab kelmaydi. Negaki , har bir
o’tilayotgan mashg’ulot bolaning yoshini , qiziqishini, individual rivojlanishini hisobga
olib tuzilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |