76
atamalarning qo‘llanilishi: nazariya va amaliyot” mavzusidagi Respublika onlayn
ilmiy-amaliy anjumani.
2020- yil, 30-oktabr
“USTOZ-SHOGIRD” YO‘NALISHIDAGI ISHLAR:
- o‘zim amaliy mashg‘ulotlarni olib boradigan
guruh talabalarining yangi
sharoitga moslashishiga ko‘maklashdim, ularga fan bo‘yicha baholash tizimi haqida
tushuncha berib bordim;
- hisobot davrida o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasining professor-
o‘qituvchilari tomonidan o‘tilgan onlayn ma’ruza va seminar mashg‘ulotlariga
tashrif buyurdim, ular tajribasini o‘rganish jarayonida o‘zim uchun kerakli xulosalar
chiqardim va o‘z pedagogik faoliyatimda ulardan samarali
ravishda foydalanib
kelmoqdaman.
-dars beradigan guruhlarimda talabalarga platformaga kirish va unda ishlash
tartibi haqida tushuncha berdim;
-sentabrdan boshlab “Yosh tilshunoslar” to‘garagiga
qatnashuvchi talabalar
ro‘yxatini shakllantirib, yosh tilshunoslar bilan ishlash rejasini ishlab chiqdim.
-talabalar bilan rejaga muvofiq ish olib boryapman.
TASHKILIY-USLUBIY ISHLAR:
- amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazadigan guruhlarimda O‘zbekiston Davlat
jismoniy tarbiya va sport universiteti ilmiy kengashi 2011 - yil 28
- avgustda
o‘tkazgan yig‘ilishining 1 - sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zDJTSU ning odob-
axloq qoidalari”ni talabalar e‘tiboriga yetkazish maqsadida suhbatlar tashkil etdim;
- O’zDJTSU bilan mahallalar o‘rtasidagi hamkorlikni
rivojlantirish doirasida
kafedraning bir guruh professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda Chichiq shahar
pedagogika
oliygohiga tashrif buyurib, o‘quv-metodik hamkorlik qilish bo‘yicha
shartnoma imzolandi;
- 21-oktabr “O‘zbek tili bayrami” munosabati bilan O‘zbekiston davlat
jismoniy tarbiya va sport universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi, O‘zbekiston
77
Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirining ma’naviy-
ma’rifiy ishlar
samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga
rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Respublika Ma’naviyat
va ma’rifat markazi hamkorligida Alisher Navoiy bog‘idagi
Adiblar xiyobonida
“O‘zbek tili – milliy-ma’naviy yuksalish asosi” mavzusida tadbir o‘tkazdik.
- 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 31 yil to‘lishi
munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” mavzusida tadbir o‘tkazdik.
- 1-dekabr – OITSga qarshi kurash kuni minosabati bilan 01.12.2020-yilda
kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda ishtirok
etdim.
- semestr davomida kafedraning barcha majlislarida qatnashdim.
-yoshlar agentligiga 31-oktabr kuni borib, ayollarni ro‘yxatga
olish ishlarida
qatnashib keldim.
Do'stlaringiz bilan baham: