74
Namuna
E’LON
Joriy yilning 12-iyul kuni soat 15.00 da O‘zDJTSU
ning majlislar zalida
universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot saylov yig‘iishi bo‘ladi.
Kun tartibi:
1. Kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisoboti.
2. Taftish komissiyasining hisoboti.
3. Kasaba uyushmasi qo‘mitasining yangi tarkibini saylash.
Kasaba uyushmasi qo‘mitasi.
H I S O B O T
Muayyan vaqt uchun rеjalashtirilgan ish yoki vazifa,
topshiriqlarning
bajarilishi, amaliy dolzarb ishlar, xizmat va ilmiy safarlar yakuni haqida ma’lumot
bеruvchi hujjat hisobot deyiladi.
Hisobotda kеltirilgan ma’lumotlar aniq, ishonarli bo‘lishi kеrak.
Hisobotda quyidagilarga e’tibor bеriladi: nima mo‘ljallangan yoki topshirilgan
edi,
u qanday bajarildi, nimalarga e’tibor bеrildi, qanday yеtishmovchiiklar bo‘ldi,
ularni bartaraf etish uchun nimalar qilish kеrak. hisobot oxirida muayyan topshiriq
bajarilmagan bo‘lsa, uning sababi ko‘rsatiladi, bu borada takliflar qayd etiladi.
Rеjalashtirilgan ish haqidagi hisobotlar amalda kеng qo‘llanadi.
75
Namuna
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, O‘zbek tili va
adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Raximova Maloxat Alloberganovnaning
2020/2021-o‘quv yili uchun o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-
uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha bajargan I yarim yillik
HISOBOTI
O‘QUV ISHLARI
2020/2021-o‘quv yilida to‘liq stavkada o‘qituvchi
lavozomida ishlab
kelmoqdaman. 1-yarim o‘quv yili uchun jami to‘liq stavkada o‘qituvchi lavozimida
ishlab kelmoqdaman. 1-yarim yillik uchun jami
384,3
soat o‘quv yuklama berilgan
edi.
Shundan:
384,3 soat o‘quv yuklamasiga qo‘shimcha ravishda 113,5 soat
amaliy mashg‘ulotlarini olib bordim, o‘quv yuklamasini 497,8soat bajardim.
O‘quv ishlari
Hisobot davrida kafedraning o‘qituvchisi sifatida
quyidagi ishlarni amalga
oshirdim:
- Davlat tilida ish yuritish o‘quv-usuliy majmuaning elektron versiyasini
tayyorladim;
- 1-bosqich talabalari uchun O‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi fanidan tegishli
mavzularni platformaga joylashtirdim;
- 1-kurs sirtqi talabalarni platformaga joylashtirdim;
- 1-bosqich talabalari uchun O‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi
fanidan
mashg‘ulotlar ishlanmalarini tayyorladim;
- 2020-yil 14-dekabr 20-73 guruhda “Jismoniy tarbiya va sportga oid
atamalarni o‘qitishda multimediya vositalaridan foydalanish”
mavzusida
noan’anaviy ochiq dars o‘tkazdim;
Do'stlaringiz bilan baham: