21
III – bob: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SOG‘LIQNI
SAQLASHNI TASHKIL ETISH ASOSLARI
3.1. Aholi salomatligini ximoyalashning asosiy tamoyillari
Aholi salomatligini muhofaza qilishning
turli qirralarini
yoritishdan avval “salomatlikni muhofazalash” tushunchasiga to‘xtalib
o‘tish lozim, chunki o‘tgan asrning 50-yillarigacha turli
mamlakatlarda ushbu tushunchaga turlicha ta’rif berilgan. 1952 yil
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining jamoat sog‘lig‘ini saqlashni
tashkillashtirish
ekspertlari
tomonidan
aholi
salomatligini
muhofazalash tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan.
“Salomatlikni muhofazash” – bu kasalliklarni oldini olish, umrni
uzaytirish, aqliy va jismoniy salomatlikni ta’minlash
va odamlar
faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida, jamiyatning tashkiliy
faoliyatlarini kuchaytirish orqali atrof-muhitni sog‘lomlashtirish,
yuqumli kasalliklarga qarshi kurash, odamlarni shaxsiy gigiena
qoidalariga o‘qitish, erta tashxislash va kasalliklar profilaktikasini
amalga oshirish uchun tibbiyot va vrachlik yordamini tashkil etish,
hamda har bir
insonning turmush darajasini, salomatligini yaxshilash,
qo‘llab quvvatlash maqsadida ijtimoiy mexanizmlarni taraqqiy ettirish
haqidagi san’at va fandir. Bunday farovonliklar ta’minlanganda har bir
fuqaro uzoq umr ko‘rishga, sog‘lom hayot kechirishga bo‘lgan
o‘zining ajralmas huquqini amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladi.
Bugungi kunda aholi salomatligini muhofazalash faqat sog‘liqni
saqlash tashkilotlarininggina vazifasi emasligi hammamizga ma’lum.
Bu umuman davlat, jamiyat ishi, ammo bu jarayonni boshqarishda
sog‘liqni
saqlash
tizimi,
muhim
birlashtiruvchi,
koordinatsiyalashtiruvchi rolni o‘ynaydi. Jamoat sog‘lig‘ini saqlash,
aniq aholi guruhining ehtiyojlaridan
kelib chiqib keng qamrovli
sog‘liqni saqlash xizmatini tashkil etishdan iborat. Shuning uchun ham
aholi salomatligi holatidan kelib chiqqan holda, tegishli resurslarni
aniqlash bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lish talab etiladi. Demak,
Jamoat sog‘lig‘ini saqlashning mohiyati aholi salomatligini
mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish,
tashxislash va davolash,
hamda jismoniy, ijtimoiy va kasbiy jonlashtirish maqsadida kadrlarni,
tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan turli tibbiyot apparatlari,
asboblarini aniqlashdan iborat.
22
JSST tashkilotining ta’rificha Sog‘liqni saqlash tizimi - bu
uyda, ta’lim
muassasalarida, ish joyida, jamoada, jismoniy va ruhiy
ijtimoiy doiralarda, hamda sog‘liqni saqlash va u bilan bog‘liq
muassasalarda amalga oshiriladigan, salomatlikni
mustahkamlashga
yordam beruvchi bir – biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan chora- tadbirlar
yig‘indisidir.
Tibbiy yordam deganda – oliy va o’rta maxsus tibbiy bilimga
ega bo‘lgan shaxslar tomonidan tug‘ruqda, kasallanish, shikastlanish
va zaharlanishda amalga oshiriladigan davolash profilaktik chora
tadbirlar yig‘indisi tushiniladi.
O’zbekistonda aholi salomatligini
muhofazalash yillar
davomida shakllangan kuchli sog‘liqni saqlash tizimi orqali amalga
oshiriladi. O’zbekiston Respublikasining fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash
to‘g‘risidagi qonunida fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlashga doir
huquqlari davlat tomonidan kafolatlanishini ta’minlash; fuqarolarning
sog‘lom
turmush tarzini shakllantirish; davlat organlari, korxonalar,
muassasalar,
tashkilotlar,
jamoat
birlashmalarining
fuqarolar
sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga
solish belgilab berilgan.
Davlat va sog‘liqni saqlashnining boshqa tizimlarini “Jamoat
sog‘lig‘ini saqlash” degan umumiy tushuncha birlashtiradi. Jamoat
sog‘lig‘ini saqlash
(public health as a system) – bu aholi salomatligini
saqlash
va
mustahkamlash,
kasallanish
va
shikastlanishlarni
profilaktikasi, mehnat faoliyati va O’rtacha
umrni uzaytirishga
qaratilgan, davlat, jamiyat, tibbiy va notibbiy tashkilotlar orqali amalga
oshiriladigan ilmiy va amaliy chora – tadbirlar yig‘indisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: