Ona va bola salomatligini himoyalash.
Har xil davlatlarda onalik
va bolalikni himoyalash milliy xizmati turli xarakterliva to‘g‘ri darajada
taraqqiy etgan. Rivojlanayotgan mamlakatlarda sog‘liqni saqlash
tashkilotlari onalar va bolalar o‘limini kamaytirishga va xomiladorlar
uchun xizmatlar tashkil etishga harakat qilmoqda. Rivojlangan
17
mamlakatlarda onalar va bolalar o‘limi juda past darajada, shuning
uchun sog‘liqni saqlashning bu sohadagi yangi dasturlari onalar va
bolalar holatini yaxshilashga mo‘ljallangan. JSST oilani rejalashtirish va
tug‘ruqlar orasidagi vaqtni nazorat qilish bo‘yicha tavsiyalar beradi, bu
oila salomatligini saqlash xodimlarni ishlash uchun tayyorlashga yordam
beradi.
Hozirgi vaqtda bolalarni immunizatsiyasining kengaytirilgan
dasturlari, butun dunyo bolalarini qizamiq, ko‘kyo‘tal, qoqshol, qizilcha,
poliomielit va sil kasalliklariga qarshi immunizatsiyani taminlash yo‘li
bilan, shu kasalliklardan o‘lim va kasallanishni kamaytirishni o‘z oldiga
maqsad qilib qo‘ygan. Rivojlanayotgan mamlakatlarda har yili
tug‘iladigan 80 mln. chaqaloqlardan faqat 10%i to‘liq immunizatsiya
qilinadi.
Tibbiyot xodimlarini tayyorlash.
JSST unga a’zo mamlakatlar
bilan tibbiyot xodimlarini tayyorlash buyicha dasturlarini tahlil qilishda
hamkorlik qiladi. JSST dasturlari, nafaqat vrachlarni, balki barcha
tibbiyot xodimlarining ish faoliyatida samaradorlikni oshirishga
qaratilgan.
Sog‘liqni saqlashda kadrlarni rivojlantirish bo‘yicha
asosiy choralardan biri - bu stipendiya buyicha dasturlar. U bir
mamlakatning tibbiyot xodimi kelajakdagi tayyorgarligini boshqa
mamlakatda o‘tish imkoniyatini yaratish orqali, sog‘liqni saqlash milliy
xizmatini mustahkamlashga mo‘ljallangan. Faqat Evropa regional
byurosi har yili stipendiyaga 2500dan ortiq arizani ko‘rib chiqadi.
Ularning ko‘pchiligi region sog‘liqni saqlash organlari tavsiya qilgan
kandidatlardan keladi, yanada boshqa regionlardan kelgan arizalar
ko‘pchilikni tashkil qiladi. Regional byuro ularning dunyoning
universitet va boshqa o‘quv muassasalarida o‘qishga joylashtirishga
javobgar.
JSSTning
stipendiya
buyicha
dasturi,
ko‘pchilik
mamlakatlarda shifokorlar, hamshiralar, injenerlar, tashkilotchilar va
sog‘liqni saqlashning boshqa xodimlarini tayyorlashga yordam berdi.
Qaror qabul qilishda til buyicha qiyinchiliklarni e’tiborga olish kerak.
Masalan, epidemiologiya va tibbiy - sanitar statistika bo‘yicha
mutaxassislarni tayyorlash, hozirgi kunda ingliz, fransuz va rus tilida,
Londonda,
Bryussel
va
Bratislavda
olib
boriladi.
Hamma
mamlakatlarning sog‘liqni saqlashi har tomonlama tayyorlangan, shu
jumladan, yuqori malakali hamshiralarga muhtoj. Hozirgi kunda bu
hamma mamlakatlarda tan olingan bo‘lib, Jamoada hamshiralik ishi
bo‘yicha tayyorlanish uchun universitet va boshqa darajadagi dasturlar
tashkillashtirilgan. Bu dasturlar milliy sog‘liqni saqlash xizmatida
18
hamshiralar unvonini oshirishga yo‘naltirilgan, yana hamshiralarni
tayyorlash va hamshira xizmatini taminlashga bog‘liq muammolarni hal
qilishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |