Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vazifalari,
Ustavga muvofiq,
JSST Sog‘liqni Saqlash bo‘yicha halqaro faoliyatda boshqaruvchi va
nazorat qiluvchi organ sifatida faoliyat olib boradi.
JSST
halqaro
standartlar,
nomenklaturalar
va
kasalliklar
klassifikatsiyasini ishlab chiqib, ularni tarqatadi.
Bundan
tashqari,
JSST
tibbiy
tadqiqotlar
o‘tkazishni
tashkillashtiradi,
milliy
sog‘liqni
saqlashni
mustahkamlashda
xukumatlarga texnik yordam beradi. JSST sog‘liqni saqlashda halqaro
konvensiya, bitimlar va qoidalarni qabul qilish va amalga oshirishda
ko‘maklashadi.
JSST faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat;
sog‘liqni saqlash xizmatini mustahkamlash va takomillashtirish;
yuqumli va yuqumsiz kasalliklarni oldini olish va ularga qarshi
kurash;
atrof – muhitni muhofazalash;
ona va bola salomatligini muhofazalash;
tibbiy kadrlarni tayyorlash;
sanitar statistika;
tibbiy – biologik tadqiqotlarni rivojlantirish.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti strukturasi.
JSSTining yuqori
organi bu halqaro Sog‘liqni Saqlash assambleyasi bo‘lib, JSSTga a’zo -
mamlakatlar vakillaridan tashkil topgan. Har qaysi mamlakatdan 3tadan
ko‘p bo‘lmagan vakillar tayinlangan, ularning bittasi delegatsiya
boshlig‘i. Vakillar o‘z mamlakatining sog‘liqni saqlash idora xodimlari
hisoblanadi. Ular sog‘liqni saqlash doirasida maxsus bilim va yuqori
malakaga ega bo‘lishlari kerak. Odatda vakillarni maslahatchilar,
ekspertlar va texnik xodimlar kuzatib boradi.
Assambleya sessiyasi har yili bo‘ladi. Assambleyalar JSST faoliyat
yo‘nalishini aniqlaydi, ishlarning yillik va perspektiv rejalarini, byudjet,
yangi a’zolarni qabul qilish va ovoz berish huquqidan maxrum qilish
masalalarini qayta ko‘radi va tasdiqlaydi, JSST bosh direktorini
tayinlaydi, boshqa tashkilotlar bilan xamkorlik masalalarini ko‘rib
chiqadi, sanitar va karantin talablarni belgilab, zararsizlik, halqaro
savdoga aloqador farmatsevtik va biologik mahsulotlar kuchi va tozaligi
standartlar va qoidalarini ishlab chiqadi. Bundan tashqari JSST
Assambleyasi sog‘liqni saqlash masalalari buyicha BMT havfsizlik
14
kengashi, Iqtisodiy va ijtimoiy kengash va Bosh Assambleya
tavsiyalarini ko‘rib chiqib, shu tavsiyalarni amalga oshirish maqsadida
JSST qabul qilgan choralar haqida ularga dokladlar taqdim etiladi.
Assambleya sessiyasi oralig‘i JSST yuqori organi ijroiya qo‘mita
hisoblanadi. Ijroiya qo‘mita 32 a’zo - davlatlar vakillaridan tashkil
topgan, ular 3 yilda bir marotaba saylanadi. Har yili uning tarkibi 1\3
yangilanib turadi. Rossiya Federatsiyasi, AQSH, Buyuk britaniya,
Fransiya va Xitoy vakillari doimo qayta saylanadi, ammo 3 yilda 1
yillik tanafus bilan.
Ijroiya qo‘mita tashkilot byudjeti va dasturini, JSST faoliyati bilan
bog‘liq ma’muriy va yuridik masalalarni ko‘rib chiqadi, qo‘mita,
ekspertlar, tadqiqotchi guruh ma’ruzalari eshitiladi, Assambleya
qarorlarini hayotga tadbiq etadi va uning uchun tavsiyalar tayyorlaydi.
Ijroiya qo‘mita favqulotda holatlarda (epidemiya yuzaga kelganda,
falokat yuz berganda va b.) keskin choralar qabul qilish huquqi berilgan.
JSST markaziy ma’muriy organi – bu Sekretariat, uni bosh direktor
boshqaradi. Ijroiya qo‘mita taqdimoti buyicha, Assambleya tomonidan 5
yillik muddatga saylanadi. Sekretariat shtab-kvartirasi Jenevada
joylashgan. Bosh direktor Assambleya va Ijroiya qo‘mita topshiriqlarini
bajaradi, har yili Assambleyaga tashkilot ishlari haqida hisobotlar
beradi, Sekretariatdan tashkil topgan apparat faoliyatini boshqaradi,
moliyaviy hisobot va byudjet smetalarini tayyorlaydi.
Bosh direktorning 6ta yordamchisi bor. JSSTning umumiy
xodimlar soni 4 ming kishidan ortiq. JSSTning Sekretariat bo‘limlari 5ta
guruhga birlashtirilgan: atrof muhit gigienasi bo‘limi va sanitar statistika
bo‘limi, SS xizmatini mustahkamlash va oila salomatligini
muhofazalash bo‘limi, SS kadrlar va dori vositalarini rivojlantirish,
yuqumsiz kasalliklar bo‘limi, ma’muriy raxbarlik va xodimlar bo‘limi,
byudjet va moliya bo‘limi. Mahalliy sharoitlarni yaxshiroq o‘rganish va
har bir mamlakatning alohida shu mamlakat uchun SS masalalari
buyicha ehtiyojlarini hisobga olib unga yordam berish uchun, JSSTda
6ta regional tashkilot tashkil qilindi. Har bir bunday tashkilot regional
qumitaga ega, shu mamlakat geografik tumanga kiradigan JSSTga a’zo
mamlakat vakillaridan tashkil topgan. Hozirgi vaqtda quyidagi regional
tashkilotlar mavjud: Kopengagenda (Daniya) – evropa byurosi,
Brazzavilada (Kongo) – afrika byurosi, Aleksandriyada (ARE) –
Sharqiy – O’rtadengiz byurosi, Delida (Indiya) – Janubiy – Sharqiy
Osiyo byurosi, Manilda (Filippin) – Tinch okeanning G‘arbiy qismi
byurosi, Vashingtonda (AQSH) – Amerika byurosi.
15
Do'stlaringiz bilan baham: |