133
Albatta, koʻrsatmalilik samarali natijalar berishi uchun uning boshqa
tomonlarini ham e’tiborga olishi kerak. Birinchidan, ishlatiladigan koʻrgazmali
qurollar oʻquvchi-talabalarning yoshi va oʻziga xos xarakter xususiyatlari,
umumiy
tayyorgarlik saviyasiga mos kelgan boʻlishi lozim. Ikkinchidan, foydalaniladigan
koʻrsatmali qurollar oʻtilayotgan dars mavzusining mazmunini ochib berishga yordam
beradigan materiallar boʻlishini hisobga olmoq, uni toʻg‘ri tanlashga e’tibor
bermoq
lozim. Uchinchidan, dars jarayonida foydalanishi uchun belgilangan koʻrsatmali
materiallardan unumli foydalanmoq uchun zarur boʻlgan ta’lim usullari toʻg‘ri
tanlangan boʻlishi lozim.
5.Ta’limning onglilik, faollik va mustaqillikka erishish tamoyili.
Oʻquvchi
talabalarning yangi materiallarni idrok qilishda ta’riflar, teoremalar, adabiyotdan she’r
yodlash va kabilarning ifodalanishigina emas, balki
ularning hayotiy hodisalar
jarayonlar bilan bog‘liq boʻlgan mavzuni ham tushunishlarini talab etiladi. Aks holda
bilimlarda yuzakichilik avj oladi, bunda materiallar quruq yodlab olingan boʻladi.
Bunday bilimlar tez unitiladi. Bundan tashqari bilimlarni ongli ravishda oʻzlashtirish
oʻquvchi-talabalarda bu bilimlarga nisbatan ma’lum munosabat hosil qilishni,
emotsional kechinmalar uyg‘otishni ham oʻz ichiga oladi. Ma’lumki ta’lim ikki
tomonlama xususiyatga ega. Ta’lim jarayonida pedagog yoʻnaltiruvchi boʻlib
maydonga chiqadi va oʻquvchi-talabalar oʻrganish jarayonini kechiradilar.
Oʻrganish murakkab psixik jarayon boʻlib, oʻquvchi-talabalardan ma’lum faollikni
talab etadi. Pedagogik qonunchilik ta’lim jarayonini sermazmun, qiziqarli va mahorat
bilan tashkil etmasin, oʻquvchi-talabalar tomonidan ma’lum faollik bildirilmasa, oʻquv
jarayonida samaraga erishish mumkin emas. Demak, oʻquv jarayonida avval oʻquvchi-
talabalarda faollikni uyg‘otish zarur. Bu faollik ta’lim jarayoniga ta’sir etadi, idrok,
tahlil qilish, analiz va sintez kabi psixik jarayonlarni ishga tushiradi.
Oʻquvchi-talabalarda faollik holatining vujudga kelishida motivatsiyalar
ahamiyatlidir. Mustaqil tafakkur turli usullar bilan hosil qilinadi.
Tafakkurni
shakllantirish usullaridan biri mustaqil hal qilish, muammoli vazifalar qoʻyishdir.
Aytib oʻtish joizki, onglilik va faollik mustaqil tafakkurning vujudga kelishiga sabab
134
boʻladi. Bugungi kunda ta’lim oldiga qoʻyilayotgan eng katta talablardan biri ham
mustaqil fikrlash muammolar yechimini mustaqil
topish kabi xususiyatlarni
talabalarda rivojlantirishdir. Umuman, onglilik, faollik va mustaqillik oʻzaro bir-birini
toʻldirib turuvchi psixik holatdir deyish mumkin. Bilimlarni ongli oʻzlashtirish bir
tomonidan oʻquvchi-talabalarning mustaqil, faol fikr yuritishini nazarda tutsa, ikkinchi
tomondan aynan shu jarayon davomida mustaqillik va faollikni hamda mantiqiy
fikrlash faoliyatlarini tarbiyalab, takomillashtirib borishni nazarda tutadi. Oʻquvchi-
talabalar faolligini rivojlantirish,
mustaqilligini oshirish, onglilikni oʻstirish oʻqishda
yuksak samaradorlilikka erishishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: