133
- suyuqlikli
termometrlar;
- dilatometrik termometrlar;
- bimetalli termometrlar.
Suyuqlik termometrlarni ishlash prinsipi asosan o‘zgaruvchan haroratlarda moddani
issiqlikdan kengayish xossalariga asoslangan. Bunday holatda haroratni aniqlash kapillyar trubkada
suyuqlik hajmini ko‘rinuvchi o‘zgarishlari kattaligi bo‘yicha olib boriladi. Termometrik suyuqlik
sifatida simob, etil spirti, kerosin, toluol, pentan qo‘llaniladi. Haroratni o‘lchash dapazoni -260
dan +600°S gacha oraliqni tashkil etadi. Suyuqlik termometrlarning
kamchiliklariga ularni
nozikligi, atrof-muxitni ifloslashi mumkinligi, ta’mirlashga yaroqsizligi kiradi. Mexanik
talofotlanishdan himoyalash uchun termometrlarga himoyalash armaturalari ishlab chiqilgan.
1.1-rasm. Suyuqlikga xos shishadan qilingan kengayish termometrlari:
a, b - texnik; g – laboratoriyaga xos kimyoviy; v –yog‘ochli,
ikki kontaktli , burchakli
elektrotermoregulyator; d –kontaktga xos termometr.
Dilatometrik va bimetallik termodatchiklar.
Dilatometrik va bimetalli termodatchiklar
binolardagi havo haroratini signallashtirish va boshqarish uchun, hamda suyuq va gazsimon
muxitni nazorat etib turish uchun mo‘ljallangan (havo, suv va boshq.). Dilatometrik termometrlarni
ishlash prinsipi metall stejenlarni chiziqli o‘lchamlarini o‘zgarishi asosida
muhitning haroratini
aniqlashga asoslangan.
Haroratni o‘lchash diapazoni --150
o
S dan +1000°S gachani tashkil etadi.
Bimetalli termometrlarni ishlash prinsiplari kegayishning harorat koeffitsientlari turlicha
bo‘lgan ikki metalldan tashkil topgan plastinkalarni bukilishlarini o‘zgarishi asosida haroratni
aniqlashga asoslangan.
Haroratni o‘lchash diapazoni -100 dan +600°S gacha.
Rele –datchiklari ko‘rsatkichli asbob emas, aksincha kontaktlarni ishlashida haroratni
ko‘rsatish shkalasiga ega. Dilatometrik termometrlarni sezuvchan
elementi asosan chiziqli
kengayish haroratini katta koeffitsieti mavjud bo‘lgan (latun, alyuminiy va boshq.) metaldan
tayyorlangan turbkadan (1.2-rasmga qarang) hamda truba ichida joylashgan kengayishi kichik
bo‘lgan metaldan (maslan invar) yasalgan 2 ta serjendan tuzilgan. Asbob trubkasi nazorat
qilinayotgan muhitga joylashtiriladi. Muxit haroratini o‘zgarishiga bog‘liq xolda sterjenning chiziqli
uzunligi
134
1.2-rasm. Dilatometrik termometrlarni tuzilishi.
o‘zgaradi va shu asosda muhitning harorati aniqlanadi.
Bimetalli kuzatgichlarda, sezuvchan element sifatida uzunligi bo‘yicha ikkita
kavsharlangan,
haroratga xos chiziqli kengayish koeffitsenti turlicha (masalan misdan, va invardan) bo‘lgan
metallik plastinalar - 1,2 (1.3-rasm) tarkib topgan plastina va spiraldan foydalaniladi.
Muhit haroratini o‘zgarishida bimetalli plastinka (spiral) uzatgichni sezuvchan elementini
aralashtirgan xolda yoki kontaklarni qayta ulash bilan buklanadi.
11.3-rasm. Bimetalli termometrlarni tuzilishi.
Ishlab chiqarishda ikki pozitsiyali bo‘lgan DTKB (bimetalli) turdagi va TUDE (dilatometrik)
turdagi, shuningdek uch pozitsiyali bo‘lgan TB-EZK (bimetalli) turdagi termodatchiklardan
foydalaniladi.
Barcha modifikatsiyadagi dilatometrik va bimetalli termodatchiklar istalgan holatda montaj
qilinadi (vertikal, og‘ma, gorizontal). DTKB turidagi bimetalli kameraga xos datchiklar poldan
1,8...2 m balandlikda o‘rnatiladi.
Quvur o‘tkazgichda muhit haroratini o‘lchashda dilatometrik
termometrni sezuvchan
elementining o‘rtasi oqim o‘qi bilan muvofiq kelishi darkor. Zarur bo‘lganda sezuvchan element
gilzaga joylanadi, lekin bunda termometrni issiqlik inersionligi kuchli o‘sib boradi. Bimetalli rele-
datchiklarni chuqurchalarga va turli dekorativ elementlar orqasiga o‘rnatish kerak emas, ular asbob
yaqinida havoni me’yorda aylanishlariga to‘siqlik qiladi, o‘lchash xatoliklarini muxim darajada
oshirib yuboradi. SHuningdek Bimetalli rele - datchiklarni tashqi issiqlik manbai ta’siri mavjud
bo‘lgan joylarda (isitgich batareyalari, quyosh radiatsiyasi va sh.o‘.) o‘rnatilmaydi.
Asbobdan
devorgacha bo‘lgan masofa 50...70 mm.dan kam bo‘lmasligi kerak. Montaj qilishda va
foydalanishda asbob atrofida havoni erkin almashinishi, atrof-muxitni nisbiy namligi - 30...80 %
bo‘lishiga e’tibor berish lozim.
135
Bimetalli termometrlar xona haroratini o‘lashda juda keng tarqalgan. Termometrni asosiy
xatoliklari boshqaruv diapozonidan 1-3% ni tashkil etadi. Bimetalli termometrlarni asosiy
kamchiliklaridan biri bo‘lib, individual darajalanishni talab qilinishi sanaladi,
u namunaviy
termometr ko‘rsatkichlarini taqqoslash yo‘li bilan olib boriladi, bu esa sezuvchan bimetall
plastinkalarni tezda almashtirishga imkon bermaydi.
Termodinamik datchiklarga texnik xizmat ko‘rsatish - metrologik xizmati o‘rnatilgan grafik
bzyicha davriy ko‘rikdan o‘tkazib turish va ko‘rsatilgan aniqlik sinfiga mos kelishini tekshirib
turishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: