98
2-LABORATORIYA ISHI
TEXNIK AMPERMETRLARNI QIYOSLASH
Ishdan maqsad:
Ampermetrni namunaviy bilan solishtirish usulida qiyoslashni o‘rganish.
Vazifa:
Laboratoriya qurilmasi maketi bilan tanishish.
Asbob va qurilmalar:
1. Ampermetlarni tekshirish uchun sxema;
2. 2,5 aniqlik sinfidagi 25 mA doimiy tok uchun mo‘ljallangan milliampermetr (tekshiriladigan
asbob);
3. 0,5 aniqlik sinfidagi 25 mA doimiy tok uchun mo‘ljallangan milliampermetr (namunaviy asbob);
4. Tok manbai sifatida 0 – 6,3 V ga mo‘ljallangan manbaalardan foydalaniladi.
5.Iste’molchi sifatida plataga o‘rnatilgan ikkita boshqariluvchi R
1
va R
2
rezistorlar qo‘llaniladi. (R
1
– rezistor PPB -25 50 Kom.ga; R
2
– rezistor PPB -25 100 om.ga)
Nazariy qism
Ampermetr – elektr zanjirdagi doimiy va o‘zgaruvchan tok kuchini aniqlash uchun o‘lchov
asbobi hisoblanadi. Ampermetrni ko‘rsatkichi umumiy xolda u orqali o‘tuvchi
tok kattaligiga
bog‘liq. Bunda ampermetr qarshiligi yuklanma qarshiligiga qiyoslaganda imkon boricha kam
bo‘lishi zarur. O‘zining konstruktiv bo‘lgan xususiyatlariga ko‘ra ampermetrlar magnitoelektrik,
elektromagnitik, termoelektrik elektrodinamik, ferrodinamik va to‘g‘rilagichlilarga bo‘linadi.
Magnitoelektrik ampermetrlar
doimiy tok zanjirida bo‘lgan kichik kattaliklardagi toklarni
o‘lchash uchun xizmat qiladi. Ular magnitoelektrik o‘lchash mexanizmlaridan va o‘lchanadigan
tokning turli qiymatlariga mos keluvchi bo‘limlar kiritilgan shkaladan tuzilgan.
Elektromagnit ampermetrlar doimiy va o‘zgaruvchan tok zanjirlaridan oqib o‘tuvchi
toklarni o‘lchashga mo‘ljallangan. Ko‘pincha sanoat chastotasidagi (50 gs) o‘zgaruvchan tok
zanjiridagi tok kuchlarini o‘lchashda foydalaniladi. SHkalasi o‘lchash asbobining g‘altagi bo‘ylab
oqib o‘tuvchi tok kuchi birliklarida bo‘lingan o‘lchash mexanizmidan tarkib topgan. G‘altak
tayyorlash uchun katta kesimdagi o‘tkazgich simlardan foydalansa ham bo‘ladi, shuning uchun
bunday ampermetrlardan katta qiymatli toklarni (200 A dan ortiq) o‘lchash uchun ham ishlatish
mumkin.
Termoelektrik ampermetrlar
yuqori chastotadagi o‘zgaruvchan
tok zanjirda bajariladigan
o‘lchashlar uchun qo‘llaniladi. Ular termopara payvandlangan o‘tkazgichni (qizdiruvchi) o‘zida
mujassam etuvchi kontaktli yoki kontaktsiz bo‘lgan qayta hosil qiluvchisi mavjud
bo‘lganmagnitoelektrik asbobdan tuzilgan. Tok qizdirgich bo‘ylab o‘tayotgan xolatda uni qizdiradi
(faol yo‘qotishlar hisobiga) va bu termopara bilan qayd etiladi. Vujudga kelgan termik nurlanish
magnitoelektrik tok o‘lchagichni ramkasiga ta’sir ko‘rsatadi va bunda u zanjirdagi tok kuchiga
proporsional burchakga og‘adi.
Elektr dinamik ampermetrlar
yuqori (200 Gs gacha) chastotali bo‘lgan doimiy va
o‘zgaruvchan tok zanjirlaridagi tok kuchini o‘lchashga xizmat qiladi.
Asboblar yuklanishlarga
va tashqi magnit maydonlarga juda ta’sirchan. Tok kuchining ishchi o‘lchashlarini tekshirish
uchun nazorat asboblari sifatida qo‘llaniladi. U, g‘altaklari maksimal o‘lchanadigan tok
kattaliklariga bog‘liq xolda, ketma-ket yoki parallel biriktirilgan elektrodinamik
mexanizmdan va
darajalangan shkaladan tuzilgan. Kichik kuchlanishdagi tokni o‘lchashda g‘altaklar ketma-ket,
99
katta kuchlanishdagi toklarni o‘lchashda esa – parallel ulanadi. Ferrodinamik ampermetrlar
konstruksiyasi bo‘yicha chidamli va ishonchli, tashqi magnit maydon tak’siriga kam beriluvchan.
Ular ferrodinamik o‘lchash asboblaridan tuzilgan va asosan o‘zi yozuvchi ampermetrlar sifatida,
avtomatik nazorat tizimlarida qo‘llaniladi.
Har bir ampermetr o‘lchanadigan kattaliklarni ma’lum
bir maksimal qiymatiga
mo‘ljallangan bo‘ladi. Biroq ko‘pincha shunday vaziyatlar yuzaga keladiki, qiymatlari o‘lchash
asboblari chegaralaridan katta bo‘lgan o‘lchashlarni bajarishga to‘g‘ri keladi. SHunga qaramay,
ushbu asbob bilan o‘lchash chegaralarini xamisha kengaytirish imkoni mavjud. Buning uchun
ampermetrga parallel ravishda, o‘lchanadigan tokni bir qismi o‘tuvchi sim o‘tkazgich tutashtiriladi.
Ushbu o‘tkazgichning qarshilik qiymati shunday hisoblanadiki, ampermetr orqali o‘tuvchi tok kuch
uni maksimal yo‘l qo‘yiladigan qiymatidan oshmasligi kerak. Bunday
qarshilik shuntlovchi
qarshilik deb ataladi. Masalan, tok kuchi 1 A gacha mo‘ljallangan ampermetrda 10 marotaba katta
bo‘lgan tok kuchini o‘lchash uchun unga shuntning qarshiligi ampermetr qarshiligidan 9 marta kam
bo‘lgan shuntlovchi qarshilik ulanishi kerak. Vaxolanki, bunda darajalash bahosi 10 marotaba
ko‘payadi, aniqlik esa shuncha pasayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: