21
o‘tkazgichlarning temperatura koeffitsientidan absolyut qiymati bo‘yicha bir necha barobar yuqori
bo‘ladi va xuddi shunday ularning sezuvchanligi ham metall o‘tkazgichlarning sezuvchanligidan
axamiyatga molik darajada yuqori bo‘ladi. Maxsus tayyorlangan yarim o‘tkazgichli
termoqarshiliklardan past (geliyli) haroratlarda ham foydalansa bo‘ladi.
Shunga qaramay, shuni
inobatga olish kerakki, oddiy yarim o‘tkazgichli qarshiliklarda past haroratlarni ta’sirida nuqsonlar
va xatoliklar paydo bo‘lishi mumkin. Bu o‘lchash natijalarining xatoliklari nominal qiymatga
nisbatan yuqori bo‘lishiga olib keladi va shuning uchun termoqarshiliklarda maxsus tanlab olingan
yarimo‘tkazgichli materialdan foydalanishni talab etadi.
Haroratni o‘lchashni boshqa yana bir usuli termoparalar orqali o‘lchash hisoblanadi (11.8-
rasm). Termopara ikkita turli xil metal o‘tkazgichlarni kavsharlanishi (spay) orqali hosil qilinadi.
Bitta spay (kavshar) o‘lchanadigan haroratda bo‘ladi T1 (o‘lchovchi spay), boshqasi esa T2 (erkin
spay) - ma’lum bir haroratda, masalan xona haroratida bo‘ladi, spaylarning haroratlaridagi
farqanishlar tufayli elektr yurituvchi kuch (termo-EDS) vujudga keladi, uni o‘lchanishi
esa spay
haroratlari orasidagi tafovutni, oxir-oqibatda esa o‘lchanayotgan spay haroratini aniqlashga imkon
beradi.
Bunday
termometrda ikki metalnining spayi termometrik jism bo‘lib xizmat qiladi,
termometrik belgi bo‘lib esa zanjirda termo-EDS hisoblanadi. Termoparalarni sezuvchanligi
birliklardan to yuzlab mkV/K ni tashkil etadi, o‘lchanayotgan haroratning diapazoni esa bir necha
o‘nlab Kelvinlardan (suyuq azotni harorati) to bir yarim ming Selsiy darajagacha. Yuqori bo‘lgan
haroratlar uchun asl metallardan qilingan termoparalar qo‘llaniladi. Quyidagi materiallar spaylari
asosidagi termoparalar ishlab chiqarish jarayonlarida keng miqyosda qo‘llaniladi. Bular asosan
mis-konstantan, temir-konstantan, xromel-alyumel, platinorodiy-platina boshqalar hisoblanadi.
11.8-rasm. Termoparaning umumiy ulanish sxemasi: 1- o‘lchash asbobi; 2,3 –
termoelektrodlar; 4- ulagich simlar; T1, T2 – termoparaning “issiq” va “sovuq” ulanish (spay)
nuqtalarining temperaturalari.
Shuni ta’kidlash lozimki, termopara faqat o‘lchanuvchi va erkin spaylarni
harorat farqlarini
o‘lchash qobiliyatiga ega. Erkin spay, qoidaga ko‘ra, xona xaroratida bo‘ladi. SHuning uchun
termopara bilan haroratni o‘lchash uchun, xona haroratini o‘lchashga qo‘shimcha termometrdan
yoki erkin spay haroratlari o‘zgarishini kompensatsiya qilish tizimidan foydalanish kerak bo‘ladi.
Radiotexnikada ko‘pincha shovqinli harorat tushunchasi qo‘llaniladi va u registor
qizdirilishigacha lozim bo‘lgan haroratga teng, hamda elektron qurilmani chiquvchi qarshiliklari
bilan muvofiqlashtirilgan, bundan ko‘zlangan maqsad ushbu qurilmani va rezistorni issiqlik
shovqinlari quvvati ma’lum bir chastotalarda teng bo‘lishiga erishishdan iborat. Bunday
tushunchani kiritilish ehtimoli shovqinni o‘rtacha quvvatini qarshilikning mutlaq haroratiga
proporsionalligidan (shovqinli kuchlanishning o‘rtacha kvadratini elektr qarshilikka) kelib chiqadi.
Bu shovqinli kuchlanishdan haroratni o‘lchashda termometrik belgi sifatida foydalanishga imkon
beradi. Shovqinli termometrlar past haroratlarni (bir necha kelvindan past), shuningdek, kosmik
ob’ektlarni radiatsion (yorqinlikdagi) haroratlarini o‘lchash uchun radioastronomiyada
foydalaniladi.
Haroratni o‘lchashda qarshilik termometrini harorati aniqlanishi kerak bo‘lgan muhitga
botiriladi. Termometr qarshiligi haroratga bog‘liqligini
bilgan holda, termometr qarshiligini
o‘zgarishiga qarab u turgan muxitdagi harorat haqida muloxaza yuritiladi. Bunda shu narsani
nazarda tutish lozimki, ko‘pgina qarshilik termometrlarida sezuvchi elementni uzunligi bir necha
santimetrlarni tashkil qiladi, shuning uchun muhitda harorat gradientlari mavjud hollarda, qarshilik
22
termometrlari bilan muxitning uni sezuvchan elementlari bo‘lgan qatlamlarida ba’zi bir o‘rtacha
haroratlarini o‘lchanadi.
Keng qo‘llanilayotgan, sof metallardan yasalgan qarshilik termometrlari izolyasiya qiluvchi
maxsus karkasga yuqa simdan chulg‘am ko‘rinishida tayyorlanadi. Ushbu chulg‘amni qarshilik
termometrini sezuvchan elementi deb atash qabul qilingan. Qarshilik termometrlarini mexanik
urilishlardan va zararlanishidan saqlash maqsadida, uning sezuvchi
elementini maxsus himoya
gilzasiga joylanadi.
Metall qarshilik termometrining afzalliklari jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
haroratni o‘lchashda aniqlik darajasining yuqoriligi; ularga qarshilik termometrlarini yo‘l
qo‘yiladigan haroratlarda qo‘llashda istalgan harorat oraliqlariga standart darajlashtirish shkalasi
bo‘lgan o‘lchash asboblarini chiqarish imkoniyatlari; bitta o‘lchash asbobiga ulash orqali bir
qancha o‘zaro bog‘liq bo‘lgan qarshilik termometrlarini birlashtirish yo‘li bilan haroratni o‘lchash
imkoniyatlari; ularni axborot-hisoblagich mashinalari bilan birga foydalanish imkoniyatlari.
Sanoat sharoitlarida haroratni o‘lchashda qarshilik termometrlari logometrlar, avtomatik
muvozanatlashgan ko‘prikchalar va avtomatik kompensatsiyalovchi
asboblar bilan birgalikda
qo‘llaniladi. Bunda shunga e’tibor berish kerakki, ushbu asboblar Selsiy graduslarida
darajalashtirilgan shkala bilan ta’minlangan. Va u faqat qarshilik termometrini ma’lum bir
darajalashtirishlarida, hamda termometrni o‘lchash asbobi bilan birlashtiruvchi simlar qarshiligi
berilgan qiymatlaridagina haqiqiy amal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: