150
3.
Fluoressensiya asosidagi datchik
. Ushbu datchik quyidagi yo‘sinda qurilgan. Optik tolani
qisqa yon tomonining yorug‘lik sezuvchi qismiga fluoressent maxsul kiritilgan. Optik tolalar
keltirib chiqargan ultra binafsha nurlar ta’sirida vujudga kelgan fluoressent nurlanishlar xuddi shu
tolalar bilan qabul qilinadi. Haroratga xos signal haroratga kuchli qaram bo‘lgan to‘lqin
uzunliklari signali uchun fluoressent nurlanish jadalliklari qiymatlarini boshqa to‘lqin uzunlikdagi,
haroratga kam bog‘liq bo‘lgan signal jadalliklariga nisbatlarini hisoblab chiqish yo‘li bilan
namoyon etiladi.
Bunday datchiklar bilan haroratni o‘lchash oblastlari ±0,1°S xatoliklarda 50°S dan 200°S
gacha oraliqlarda bo‘ladi. Tolali-optik datchiklardan foydalanish o‘zining barcha jalb qiluvchanlik
xususiyatlariga qaramay, faqatgina ob’ektdagi maxalliy nuqtaning haroratini o‘lchashga
imkon
beradi va bu uni qo‘llash sohasini bir qancha toraytiradi.
Issiqlikning elektromagnit nurlanish bo‘yicha haroratni o‘lchovchi va foydalanish uchun
qulay shaklda ma’lumot taqdim etuvchi asbob pirometr deb aytiladi. Radiatsion pirometriya
usullaridan foydalanuvchi infraqizil pirometrlar nurlanish pirometrlari ichida eng keng tarqalgan
pirometrlar hisoblanadi (boshqacha nomlari — infraqizil termometr yoki infraqizil radiometr).
Konstruktiv jixatdan bunday pirometr, pirometrik uzaytirgichlarni
hamda analogli va raqamli
ma’lumotlarni aks ettiruvchi qurilmani o‘zida mujassam etadi. Infraqizil pirometrlarni ishlash
prinsipi ob’ektdagi spektrni infraqizil qismidan chiquvchi elektromagnit nurlanishlar
amplitudasining mutlaq qiymatlarini o‘lchashga hamda uni keyinchalik uni o‘lchangan qiymatini
haroratga qayta hosil qilishga asoslangan. Optik vidioizlovchisi bo‘lgan bunday pirometrni sxemasi
2.2-rasmda tasvirlangan.
Optik tizimda fokuslashtirilgan issiqlik nuri datchikga tushadi (birlamchi pirometrik
o‘zgartirgich), natijada chiqishda o‘lchash ob’ektining harorati qiymatiga proporsional bo‘lgan
elektrik signal hosil bo‘ladi. Ushbu signal elektron o‘zgartirgich orqali o‘tadi (ikkilamchi
pirometrik o‘zgartirgich), o‘lchash-hisoblash qurilmasiga tushadi va unda ishlov beriladi.
Natija
displeyda namoyon bo‘ladi. Ob’ektni aniq haroratini olish uchun foydalanuvchiga faqat asbobni
ulash, uni o‘lchash ob’ektiga olib borish va tugmani bosish lozim bo‘ladi. O‘lchashni amalda
istalgan masofadan turib o‘tkazish mumkin, zamonaviy pirometrlarni o‘lchash masofasini uzoqligi
faqat o‘lchanadiga dog‘ni yuzasi va muxitni shaffofligi bilan chegaralanadi. Pirometrlarni asosiy
texnik tavsiflariga quyidagilar kiradi:
- optik xal etish (optik xal etishi 2 dan 600± 1 bo‘lgan modellari mavjud);
- o‘lchanadigan haroratni diapazoni (max ot -50 dan 4000° C yoki kamroq);
-o‘lchanadigan xal etish — 1 yoki 0,1° C;
- aniqlik darajasi (optimal bo‘lgani ± 1,5%);
2.2-rasm. Pirometr qurilmasi: 1 — o‘lchash ob’ekti; 2 —issiqlik
nurlanishi; 3 — optik tizim; 4 —
oyna; 5 — vidoizlovchi; 6 — vidoizlovchini o‘qi; 7 — o‘lchash-hisoblash qurilmasi; 8 — korpus; 9
— elektron o‘zgartirgich; 10 — tugma; 11 — datchik.
151
- tezkor harakatlanish (u zamonavitylarda juda yuqori — 1 sekunddan kamroq);
- nurlanish koeffitsienti — o‘zgaruvchan yoxud qayd etilgan;
- mo‘ljalga olish uslubi — optik yoxud lazerli nishon.
Ushbu tavsiflarni batafsilroq ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: