O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/286
Sana20.06.2022
Hajmi5,37 Mb.
#679716
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   286
Bog'liq
qarshiliklar

1.3.2.
 
Massani o‘rtacha qiymatlari taroziga kiritilgan buyumlar sonini hisoblash 
xatoliklari, bitta buyumdan ortiq bo‘lmasligi kerak. 
 
 
Mustaqil tayyorlanish uchun savollar 
 
1. Analitik tarozilarni qo‘llanilishi. 
2. Analitik tarozilarini qanday turlarini bilasiz? 
3. Analitik tarozilarni ishlash prinsiplari to‘g‘risida gapirib bering? 
4. Analitik tarozilarni qiyoslash usulini so‘zlab bering? 
 
 
 
 
 
 
 


160 
10-LABOPATORIYA ISHI 
 
pH- METRLARNI QIYOSLASH
 
Ishdan maqsad: 
rN–metrlarni ishlash prinsipini o‘rganish va qiyoslash usullari bilan 
tanishish.
Vazifa: 
Turli eritimalarni o‘lchashni amalga oshirish. Asbobni qiyoslashni o‘tkazish. 
Asboblar va uskunalar: 
rN–metr qurilmasi va har xil eritmalar.
 
Nazariy qism 
pH-metr
—turli xil eritmalarda, suvda, ozuqa maxsulotlarida va xom-ashyolarda, o‘rab 
turuvchi muxitdagi ob’ektlarda hamda texnologik jarayonlarni uzluksiz nazorat qilishga xos ishlab 
chiqarish tizimlarida, shu jumladan ishqoriy va kislotali muxit ob’ektlarida vodorod ko‘rsatkichi
(pH ko‘rsatkichi) ni o‘lchash uchun mo‘ljallangan o‘lchash asbobidir(4.1-rasm). Shu bilan birga,
pH-metr eritmalarni taxlil qilish, xossalarini o‘rganish va monitoringini olib borishda, hamda
modda tarkibidan toza uran va plutoniyni ajratib olishda qo‘llaniladi. 
 
 
 
 
 
4.1-rasm. Laboratoriya uchun mo‘ljallangan
pH–metrni umumiy ko‘rinishi. 
pH-metrni ishlash prinsipi eritmadagi vodorod ionlarini pH vodorod ko‘rsatkichi faolliklariga 
proporsional bo‘lgan elektrod tizimidagi elektr yurituvchi kuch qiymatini o‘lchashga asoslangan. 
O‘lchash sxemasi, mazmuniga ko‘ra, ma’lum bir elektrod tizimi uchun (odatda o‘lchab beruvchi 
elektrod –shishali, yordamchi elektrod - xlor kumushli).
Asbobni kirish qarshiligi juda yuqori bo‘lishi kerak – kiruvchi tok esa 10
−10 
A dan ortiq 
bo‘lmasligi (yaxshi asboblarda 10
−12
A dan kam) kerak. bu esa zondni –shishali elektrod – zondning 
ichki qarshiligi yuqori bo‘lganligi uchun kirishlar orasidagi izolyasiya qarshiliklari 10
11 
Om dan 
kam bo‘lmasligi kerak. Bu o‘lchash asbobi pH-metrni sxemasiga bo‘lgan asosiy talablar 
hisoblanadi.


161 
Ilgari eritmalarni pH-ko‘rsatkichi yoki ularni elektr yurituvchi kuch qiymati potensiometr va 
sezgir galvonometrlar yordamida kompensatsiya usuli bilan o‘lchangan. Sxema muvozanatda 
bo‘lganda tok galvanometr orqali oqib o‘tmaydi, va yuklanish elektrodlarga ta’sir etmaydi – 
potensiometr shkalasi bo‘yicha elektr yurituvchi kuchni to‘g‘ri hisoblab chiqiladi. Xuddi shunday 
yo‘sinda ballistik galvanometrli usul qo‘llanilgan. Avval elektrodlardan kondensator zaryadlanadi, 
keyin u galvanometr ramasida zaryadsizlanadi, bunda maksimal og‘ishlari kondensator zaryadiga, 
binobarin kuchlanishga propotsional bo‘ladi.
Keyinchalik elektron lampalari asosida ishlovchi kuchaytirgichli asboblar paydo bo‘ldi.
Maxsus bo‘lgan («elektrometrik») lampalar pikoamper tartibidagi tok oqib o‘tuvchi to‘rga ega, bu 
esa katta kiruvchi qarshiliklarni olishga imkon beradi. Bunday sxemalarning nuqsonlari bo‘lib,
katta dreyf va muqarrar urinishlaridan kalibrovkani chiqishi va lampaning tavsiflarini 
o‘zgarishlari hisoblanadi.
Dreyf muammolarini va bir vaqtni o‘zida yuqori kirish qarshiligini xal etish, modulyator – 
demodulyator prinsipida qurilgan, kuchaytirgichli kompesatsion sxemalarga imkon berdi. Mexanik 
bo‘lgan kalit (vibro qayta hosil qiluvchi) navbatma-navbat uncha katta bo‘lmagan kondensatorni
kirish va teskari aloqadagi zanjir bilan birlashtiradi. Agar ularda doimiy kuchlanish farqlansa, 
unda kondensator orqali uncha katta bo‘lmagan o‘zgaruvchan tok oqib o‘tadi va u kiruvchi lampani 
to‘rli rezistorida o‘zgaruvchan kuchlanish yaratadi.
Keyinchalik tokni uzilib-uzilib turishlari bir qancha pog‘onalar bilan kuchaytirib turiladi, va 
sezuvchan demodulyator fazasiga qadam qo‘yadi (oddiy xolatda- elektromagnit birinchisini 
elektromagnitiga parallel ulangan xuddi shunday vibro qayta hosil qiluvchi). CHiqishda kirishdagi 
kuchlanish farqlariga proporsional bo‘lgan kuchlanish hosil qilinadi. Teskari aloqa zanjiri (rezistivli 
bo‘luvchi) kuchaytirgichni kirishlarida kuchlanishning nol bo‘lgan farqlarini quvvatlab turish 
uchun umumiy kuchlanish koeffitsientini beradi. Bu sxema dreyfdan xoli bo‘lib uning kuchaytirish 
koeffitsienti lampaning eyilish darajasiga deyarli bog‘liq emas. Bunday xollarda lampalarni o‘ziga 
ham qo‘yiladigan talablarni pasaytirish mumkin, ya’ni, qimmat bo‘lgan elektrmagnitli lampalar 
o‘rniga ommaviy qabul-qiluvchi kuchaytirgichli lampalarni qo‘llash mumkin. Masalan: “pH-340” 
pH-metr o‘lchash asbobi xuddi shunday lampa asosida ishlaydigan o‘lchash asbobi hisoblanadi.
Keyingi modellarda kontaktli qayta hosil qiluvchi o‘rniga dinamik kondensatorlar, keyinroq 
esa yorug‘lik impulslari (masalan ionomer EV-74) bilan amalga oshiriladigan fotoqarshiliklarga 
kalitlar qo‘llanilib borildi, kirishdagi lampa esa tranzistorlar bilan almashtirildi.
Hozirgi paytda ko‘pgina prezitsion, MOP-tranzistorli kirishi bo‘lgan operatsion 
kuchaytirgichlar, va oddiy ATSPlar ham kirish qarshiliklariga qo‘yilgan talablarni qondiradi.
Elektr yurituvchi kuchni o‘lchaydigan elektrodli sistemalar haroratga kuchli bog‘liq bo‘lganligi 
tufayli, ular uchun termokompensatsiyali sxema muhim hisoblanadi. Dastavval, teskari 
bog‘lanishdagi murakkab ko‘prikchali sxemaga qo‘shilgan qarshilikni mis termometrlari yoki 
simobli termometr bilan o‘lchash qo‘llanilgan, harorat qiymatlari dastak bilan mexanik ko‘rinishda 
o‘rnatilgan va uning harorati simobli termometr yordamida o‘lchangan. Bunday sxemalar katta 
miqdorda rezisitorlarga ega bo‘lib ularni sozlash hamda kalibrovka qilish murakkab hisoblagadi. 
Hozirgi vaqtda harorat ko‘rsatkichlari alohida bo‘lgan ATSP da ishlatiladi, barcha lozim bo‘lgan 
taxrirlarni mikrokontroller yordamida kiritiladi. 
Kuchlanishning pH qiymatlariga taxminiy bog‘liqligi (shishali va xlor kumushli elektrod 
bo‘lgan tizimlar uchun) quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: 


162 
- ko‘pgina zamonaviy bo‘lgan shishali elektrodlarni shunday tayyorlaniladiki, xlor kumushli
elektr yurituvchi kuch juftligida, pH = 7, ya’ni neytral muhitda bo‘lganda taxminan nolga teng 
bo‘ladi.
-asosiy (ishqoriy) pH da (biroq, odatda, shishali elektrodlar uchun chegara -14 dan oshmaydi)
datchik chiqishidagi kuchlanish 0 dan −0,41 V gacha (14-7) −0,059 = −0,41) oraliqda bo‘ladi. 
Masalan, pH 10 (neytraldan 3 birlik yuqori), (10-7) −0,059 = −0,18V. 
- kislotali rN da, datchik chiqishidagi kuchlanish 0 dan +0,41V gacha oraliqda bo‘ladi.
Masalan, pH 4 (neytraldan 3 birlik past), (3-7) −0,059 = +0,18V. 
Bufer eritmalar bo‘yicha kalibrovka qilishda ikkita asosiy sozlash bajariladi: pH ni ma’lum 
bo‘lgan aniq qiymati bilan – nolni kuchaytirish va siljitish tiklik xarakteristikalari o‘rnatiladi. Xuddi 
shunday ravishda izopotensial deb ataluvchi nuqta (pH va, Ei) —pH qiymati va unga muvofiq 
bo‘lgan elektr yurituvchi kuch sozlanadi, bunda elektr yurituvchi kuch tizimi haroratga bog‘liq 
bo‘lmaydi. Zamonaviy elektrod tizimlarni (kuchli kislota va ishqorlar uchun maxsus elektrodlar 
bundan mustasno qilinadi) +/- 50mV oraliqlardagi elektr yurituvchi kuch va pH = 7 atrofida bo‘lgan
izopotensial nuqtada qilinadi. Ushbu tavsiflar shisha elektodlarni har bir turi uchun ko‘rsatiladi.

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish