148
gabaritliligi tavsifidagi sanoat pirometrlari ishlab chiqarishga asos bo‘lgan.
Birinchi portativ
bo‘lgan pirometr Wah l amerika kompaniyasi tomonidan 1967 yilda o‘ylab topilgan va ishlab
chiqilgan. Nurlanayotgan ob’ektning issiqlik energiyasini miqdorini aniqlaydigan infraqizil qabul
qilgich ma’lumotlari asosida harorat haqida xulosa chiqarishda, qattiq va suyuq jismlar
haroratlarini o‘lchash chegaralarini muxim darajada kengaytirishga imkon beradi.
Pirometrlarni asosiy belgilari bo‘yicha bir necha guruhga ajratish mumkin:
Optik pirometrlar –
qoidaga ko‘ra, maxsus qurilmalardan foydalanmasdan turib, ko‘z bilan
vizual ravishda uni rangini etalon ip rangi bilan solishtirish yo‘li bilan qizdirilgan jism
haroratini
aniqlashga imkon beradi.
Radiatsion pirometrlar -
haroratni issiqlik nurlanishi quvvati ko‘rsatkichining qayta hisoblash
vositasida haroratni baholaydi
.
Agar pirometr keng yo‘l-yo‘lliklarda spektral nurlanishni o‘lchasa,
unda bunday pirometr to‘liq nurlanish pirometri deb ataladi.
Rangli pirometrlar
- (boshqa nomlari: multispektral, spektral munosabatlardagi) ob’ektni turli
spektrdagi issiqlik nurlanishi bilan taqqoslash natijalariga asoslanib, uni harorati haqida xulosa
chiqarishga imkon beradi.
Past haroratli pirometrlar
- ushbu parametrdagi manfiy qiymatlarga ega bo‘lgan ob’ektlarni
ham haroratini ko‘rsatish qobiliyatiga egadir.
YUqori haroratli pirometrlar
- “ko‘z” bilan aniqlashning imkoni bo‘lmaganda, faqat juda
kuchli qizdirilgan jismning haroratini o‘lchash mumkin. Odatda o‘lchashni
yuqori chegaralari
“foydasiga” kuchli siljishga ega.
Mo‘ljallanishi bo‘yicha pirometrlar ko‘chma va statsionarlarga bo‘linadi.
Ko‘chma pirometrlar – o‘lchashlarni yuqori aniqliklari lozim bo‘lganda, yaxshi
harakatlanuvchi xossalar bilan jamlikdagi sharoitlarda foydalanishga qulay, masalan: qiyin etib
boriladigan uchastkalarda quvur o‘tkazgichlarni haroratlarini baholash uchun. Odatda, grafik va
matnli-raqamli ma’lumotlarni
aks ettiruvchi, uncha katta bo‘lmagan displey bilan ta’minlangan.
Statsionar pirometrlar - ob’ektlarni haroratini anchagina aniq baholashga mo‘ljallangan.
Asosan yirik sanoatda, metallar va plastiklarni eritishga xos ishlab-chiqarishda texnologik jarayonni
bevosita muntazam nazorat qilish va uni haroratini o‘lchash uchun foydalaniladi.
Matnli-raqamli usulda o‘lchanadigan harorat raqamli displeyda darajalarda ifodalanadi. Bir
yo‘la qo‘shimcha ma’lumotlarni ko‘rish mumkin.
CHizma usul - kuzatilayotgan ob’ektni turli ranglarda ajratib ko‘rsatilgan past, o‘rta va yuqori
haroratli oblastlarni spektral ajratishlarda ko‘rishga imkon beradi.
Tasniflariga qaramay, pirometrlar qo‘shimcha ta’minot manbaalari hamda ma’lumot uzatish
vositalari va maxsus qurilmali aloqa kopyuterlar bilan ham ta’minlanadilar.
Pirometrlarni haroratni o‘lchashda aniqligini belgilovchi eng muxim tavsifi optik hal etish
va ob’ektni qoralashish darajasini sozlashtirish hisoblanadi. Ba’zan optik hal etishni vizirlashtirish
ko‘rsatkichi deb ataladi. Bu ko‘rsatkich dog‘ diametrini (aylanasini) yuzaga nisbati sifatida
hisoblanadi, unda nurlanish ob’ektgacha bo‘lgan masofa pirometr bilan o‘lchanadi. Asbobni to‘g‘ri
tanlash uchun, uni qo‘llanish doirasini bilish kerak. Agar uncha katta bo‘lmagan masofada o‘lchash
lozim bo‘lsa, unda yaxshisi echimi uncha katta bo‘lmagan, maslan 4:1 pirometrni tanlash kerak.
Agar haroratni bir necha metrlar masofada o‘lchash lozim bo‘lsa, unda echimi katta pirometrlarni
tanlash tavsiya qilinadi. U holatda ko‘rish maydoniga begona, yot
predmetlar tushish extimoli
bo‘lmaydi. Ko‘pgina pirometrlarda ob’ektga aniq yuborish uchun lazerli nishon ko‘rsatuvi mavjud.
Emissiya koeffitsienti ε (nurlanish koeffitsienti, qorayish darajasi) – materialni tushuvchi
nurlanishda aks etish qobiliyati. Ushbu ko‘rsatkich yuzaning haroratini infraqizil termometr
149
(pirometr) yordami bilan o‘lchashda muhim hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich ma’lum bir haroratda
berilgan yuzani nurlanuvchi energiyasining xuddi shunday haroratlardagi
mutlaq qora jismlarni
nurlangan energiyasiga nisbati bilan aniqlanadi. U 0 dan 1000 gacha bo‘lgan qiymatlarni qabul
qiladi.
Emissiyani noto‘g‘ri koeffitsientini qabul qilish –haroratni o‘lchovchi barcha pirometrik
usullar uchun xatoliklarni keltirib chiqaruvchi manbaa hisoblanadi. Nurlanish koeffitsienti
metallarni oksidlangan yuzasiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Agar po‘lat uchun oksidlangan koeffitsient
taxminan 0,85 ni tashkil etsa, sayqallangan po‘latni koeffitsienti esa 0,075 gacha pasayib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: