Tayanch tushunchalar : Xat, Yozishmalar, Xizmat turlari, Muassasa nomlari, so‘rov xati,ma‘lumot



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/22
Sana20.06.2022
Hajmi0,62 Mb.
#678598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
15-mavzu

MAVZU

SOHAVIY XIZMAT YOZISHMALARI
.
 


3.
Vazirlik, boshqarma nomi. 
4.
Tashkilot nomi. 
5.
Bo‗linma nomi. 
6.
Tasniflagich bo‗yicha hujjatning xos raqami. 
7.
Muassasaning xos raqami. 
8.
Pochta, telegraf adresi,bankdagi hisob- kitob raqami. 
10.Sana. 
11
.Shartli raqam (indeks). 
3.
Kelgan hujjat shartli raqami. 
4.
Hujjatning kelish sanasi. 
5.
Hujjat jo‗natiladigan adres. 
6.
Munosabat belgisi(rezalyutsiya). 
7.
Nazorat haqida belgi. 
8.
Matn sarlavhasi. 
9.
Matn. 
19.Ilovalar haqida belgi. 
20.Imzo. 
21.
Rozilik belgisi (viza). 
22.
Kelishuv haqida belgi. 
23.
Bajaruvchi haqida belgi va uning telefon raqami. 
24.
Bajarilganlik haqida belgi. 
Axborot xati -ko‗zlangan maqsad ma‘lum tashkilot yoki shaxsni amalga 
oshirilayotgan tadbirdan xabardor qilishdir.Axborot xatlarining hajmi oddiy 
ma‘lumotnoma ko‗rinishida bo‗lib, bir jumladan to bir necha sahifagacha bo‗lishi 
mumkin. Ba‘zan axborot xatlardan ayrim tashkilotlar o‗z faoliyatini targ‗ib qilish 
maqsadida ham foydalanadi. 
Da‘vo xati - ma‘lum bir muassasaningboshqa bir idora yoki transport 
tashkilotlariga nisbatan talab va e‘tirozlari bayon qilingan xatlardir. Da‘vo xatlari tovar 
yetkazib berish, qurulish ishlari, ijara, yuk tashish va shu kabi bir qancha ishlar bo‗yicha 
tuzilgan shartnomalar bajarilmay qolganda, o‗z qonuniy huquqlarini va manfaatlarini 
himoya qilish maqsadida tuziladi. Da‘vo xatlarida asosan shartnomaga ko‗ra o‗z 
zimmasiga olgan majburiyatini buzgan tomon yetkazgan zararni qoplash talab qilinadi. 
Odatda da‘vo xatlari uch nusxada tayyorlanadi. 
Da‘vo xatlarining zaruriy qismlari: 
1.
Da‘vo qiluvchi muassasa nomi va adresi. 
2.
Xatning yozilish sanasi va tartib raqami. 
3.
Da‘voni qabul qiluvchi muassasa nomi va adresi. 
4.
Da‘vo bahosi (qiymati). 
5.
Xat matni. 
6.Ilovalar ro‗yxati. 
1.
Mansabdor shaxslarning imzosi. 
Ilova xat - xatni qabul qilib oluvchilarni jo‗natilidigan hujjatlar haqida yozma 
xabardor qilish uchun qo‗llanuvchi qisqacha xabar qog‗ozidir. Ilova xat ish yuritishda 
keng tarqalgan bo‗lib, shartnoma loyihalarini, ziddiyatlar bayonnomalarini, da‘vo 
materiallarini jo‗natishda qo‗llaniladi. 
Iltimos xati - muassasalar ma‘lum bir ishni amalga oshirish yoki tugatish maqsadida 
boshqa muassasalarga rasmiy xat orqali iltimos qilishi mumkin. Iltimos xatlarining 
asosiy zaruriy qismlari: 


1.
Xat oluvchi tashkilot va mansabdor shaxsnig nomi. 
2.
Matn. 
3.
Ilova (zarur bo‗lgan hollarda). 
Kafolat xati - muayyan bir shart yoki va‘dani tasdiqlash maqsadida tuziladi. 
Xatlarning bu turi, qoidaga ko‗ra bajarilgan ish uchun haq to‗lashda, ishning bajarilish 
muddati haqida, turar joy bilan ta‘minlashda, ishga qabul qilishda, bajariladigan ishning 
sifati haqida kafolat berish uchun tayyorlanadi va tashkilot yoki alohida shaxslarga 
jo‗natiladi. 
So‗rov xati- javob talab qiladigan bunday yozishmalarda ma‘lumotlar hujjatlar yoki 
boshqa zarur narsalar so‗raladi.Birgina xatda turli masalalarga doir bir necha so‗rov aks 
etmasligi, unda bayon qilinayotgan masalalar aniq va ravshan ifodalanishi lozim. Faqat 
shu holdagina, yo‗llangan so‗rovga tez va mukammal javob olish mumkin. So‗rov xati, 
odatda, ikki asosiy qismdan- kirish va xulosadan iborat bo‗ladi. 
Tasdiq xati- ma‘lum bir muassasa tomonidan yuborilgan iltimos va so‗rovlarga 
javob tarzida yoziladigan xatlarning bir turi. 
Farmoyish xati- bir tarmoqqa tegishli quyi muassasalarning barchasiga yo‗llangan 
rasmiy hujjatdir. Ularning asosiy vazifasi ayni bir mazmundagi xabarni bir necha 
manzilga yetkazishdir. 
Eslatma xati - jo‗natilgan iltimos va so‗rov xatlariga javob olinmasa, shuningdek, 
tuzilgan shartnomalar muddati buzilganda yoki unga amal qilinmagan hollarda eslatma 
xati yuboriladi. 
Mazkur xatlar mazmun jihatidan uncha katta bo'lmaydi. Ular mazmun va hajm 
jihatdan telegrammalarga yaqin turadi. Odatda, eslatma xat bir yoki bir necha jumladan 
iborat bo'lib, kotib yoki referent tomonidan tasdiqlanadi. 

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish