Ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/84
Sana20.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#678431
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   84
Bog'liq
6832 871 3 пед 10 (3)



katta bo`lmagan kontekstda aynan bir so`zning 
takrorlanishi (
zaif eshituvchi o`quvchilarda 
9% va kar o`quvchilarda 10%.):
 

Mushuk miyov dedi, 
Kuchuk vov-vov dedi. G`oz g`a-g`a dedi. Mushuk, kuchuk, g`oz bolaga salom berdi. Bola mushuk, 
kuchuk, g`ozga salom berdi

;
yaqin turadigan bir o`zakdosh so`zlarni qo`llash (
zaif eshituvchi 
o`quvchilarda 
6% va 
 
kar o`quvchilarda 8 %):
 

Mushuk, kuchuk 

sodiq do`stlik, chunki u bola bilan 
do`stlashdi


ortiqcha so`zlarni qo`llash
(I 
bo`limda 
4% 
va 
II
bo`limda 
6%
kar o`quvchilarda 2 %): 
“menga yoqadi, juda yoqadi, judayaa-judayam yoqadi”; so`z yasash bilan bog`liq xatolar (

bo`limda12% 
va 
II 
bo`limda 11% kar o`quvchilarda 40 %). Shunday qilib, bolalar ishlarining miqdor va sifat tahlili 
eshitishida nuqsoni bo`lgan o`quvchilar asarning mazmuniy tomonini ochib berish, fikrlarni grammatik 
va nutqiy rasmiylashtirishda qiyinchiliklarga duch kelishini ko`rsatdi. Fikrimizcha, sinaluvchilar duch 
kelgan qiyinchiliklar nafaqat yetarlicha nutqiy rivojlanmaganlik, balki o`qishga o`rgatish bilan bog`liq
pedagogik amaliyotda yo`l qo`yilgan kamchiliklar bilan ham bog`liq. O`qish darslarini kuzatish va ularni 
tahlil qilish orqali o`qishga o`rgatish amaliyotidagi eng asosiy kamchiliklardan biri o`quvchilarning 
nutqiy faoliyatining bir-biriga o`xshash turlaridan foydalanishdan iborat ekani aniqlandi. Bu holat 
darslarda ta’limning bir xildagi metodlaridan foydalanish bilan izohlanadi. O`quvchilar javoblarining 
shakli qo`yilgan savollar xarakteriga bog`liq bo`ladi. Qayd qilishni talab etadigan, reproduktiv deb nom 
olgan, shuningdek, izlanishli, fikr qilishni talab etadigan savollar farqlanadi. Amalda esa o`qilgan matn 
bo`yicha oldindan tayyorlangan hikoyadan boshqa hech bir ish shaklini deyarli kuzatmadik, 
o`quvchilarning bog`lanishli fikrlari maqsadga yo`naltirilgan mashqlar sharoitida deyarli 
shakllantirilmaydi. O`qish darslarida olib borilgan kuzatishlar xulosa qilish imkonini beradiki, dars 
vaqtining qariyb 90% to`liqsiz gaplardan foydalanishni ko`zda tutadigan kundalik muloqot og`zaki 
so`zlashuv nutqiga, 10% avvaldan ishlangan va yod olingan bog`lanishli hikoyalarga (gapirib berish) 


26 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
ajratiladi. Kuzatilgan darslarga bayonnomalar yozayotib, o`quvchilarning asar qahramonlari haqidagi 
mustaqil fikrlari, ularga berilgan baholari, qahramon taqdiri qanday bo`lishini o`ylab topishlari, 
hikoyaning davomini to`qishlari juda kam qo`llanilishiga e’tibor qaratdik, o`qituvchilar bolalarning: 
“Yaxshi”, “Mehribon”, “Jahldor” kabi javoblarini qabul qilaveradilar.
Ta’kidlamoqchimizki, o`quvchilarning yuqorida keltirilgan javoblari dastur talablariga muvofiq 
kelmaydi, bu o`quvchilarning darslarda yetarlicha nutqiy faol emasligidan dalolat beradi. Darslarda 
maksimal faollik o`qituvchi tomonidan namoyish qilindi. U hikoya qildi, mazmunni tahlil qildi, 
umumlashtirdi, bolalarning fikrlarini to`ldirdi. Kuzatilgan darslarning ko`pchiligida o`quvchilar passiv 
tomoshabin vazifasini bajardi. Keltirilgan dars parchasi o`quvchilar matnda yo`nalganlik olishi, biroq o`z 
fikrlarini qisqa shaklda ifodalashi, qahramonning tavsifi formal va dalillarsiz ekanini ko`rsatib turibdi. 
Ta’kidlash muhimki, suhbatda hamma vaqt ham kengaytirilgan javoblar kerak emas. Savolning 
xarakteri javobni belgilaydi.
Aniq savollarga javoblar qisqa bo`lishi mumkin. Biroq sabab-oqibat, umumlashtirish va baholash 
xarakteridagi savollar nisbatan to`liq, kengaytirilgan, dalillangan jumlalarni talab qiladi.
Ayni vaqtda pedagogik amaliyot tahlili ko`rsatadiki, nutq o`stirish darslarida o`qituvchilar so`zlar 
o`rtasida aloqadorlik (bog`liqlik)ni aniqlashga, variativ konstruksiyalarni tanlash va shu kabilarga 
qaratilgan rang-barang ish turlaridan foydalanadi. Chunonchi, “Kumush qish” hikoyasi bo`yicha 
bayonga tayyorlanib, o`quvchilar matn tahlilidan keyin quyidagi vazifalarni bajardi: 
– hikoya matniga tayangan holda otlarga mos keladigan sifatlarni tanlash, ularni boshqa so`zlar 
bilan to`ldirish: “ Qish (qanday?) ..., ... . Kunlar (qanday?) ..., ... . Qor (qanday?) ... . 
– matndan olingan gaplarni namuna bo`yicha qayta tuzish: “Kumush qish kirib keldi. – Qish 
kunlari hammayoq oppoq qor bilan qoplandi”. 
– so`zlardagi qo`shimchalarni yozish va imlosini tushuntirish: “(Qaerda?) dala......(qanday?) ...
maydon... . 
– sinf taxtasida yozilgan gaplardagi xatolarni topish: “Dallarda kuzda sepilgan urug`lar qor tagida 
yetilib, muzlamasdan turadi. Qor qancha ko`p yog`sa, yer shuncha yaxshi dam oladi, hosil mo`l 
bo`ladi”. 
Ta’kidlash kerakki, nutq o`stirish darslarida bu kabi topshiriqlarni bajarish o`quvchilar uchun 
qiyinchilik tug`dirmadi. Buni o`qituvchilarning nutq o`stirish darslarini yaratish va nutqiy 
rasmiylashtirish uchun bazaviy asos deb bilishi bilan izohlash mumkin. Biroq eshitishida nuqsoni 
bo`lgan o`quvchilar so`z va birikmalarni xatosiz qo`llashi uchun birgina nutqiy va grammatik 
mashqlarning o`zi yetarli emas. Nutqiy muloqot amaliyoti zarur, buni esa asar tahlili, o`quvchilarning 
adabiy-ijodiy faoliyati jarayonida yaratish mumkin
1
. Fikrimizcha, o`qish va nutq o`stirish darslarida 
nutqiy faoliyatga o`rgatishning asosiy yo`nalishlari nutqiy namunalarni idrok qilish, tushunish va qayta 
yaratish, nutqiy jumlalarni analogiya bo`yicha qurish, tanish materialni yangi vaziyatlarga ko`chirish, 
fikrlarning variativligi bo`lishi lozim. Shunday qilib, o`quvchilarning o`zlari o`qigan asarlar haqida 
fikrlarining og`zaki bayon etishi tahlili ularda mazkur malaka darajasi past ekanini ko`rsatdi, buni esa 
nafaqat eshitishida nuqsoni bo`lgan o`quvchilarning badiiy asarni idrok qilish xususiyatlari va yetarlicha 
nutqiy rivojlanmaganligi, balki pedagogik amaliyot tahlili jarayonida aniqlangan badiiy asar va 
o`quvchilar nutqi ustida ishlarni tashkil qilishdagi kamchiliklar bilan ham izohlash kerak bo`ladi.
Shunday qilib, adabiy ta’lim jarayonida eshitishda nuqsoni bo`lgan bolalar nutqini rivojlantirish 
pedagogik tizimining
mazmuniy komponenti bir-biri bilan uzviy bog`liq bo`lgan, birgalikda kitobxonlik, 
adabiy-ijodiy, kommunikativ malakalarning shakllanishini ta’minlaydigan elementlarni o`z ichiga olgan 
yangi tuzilmani gavdalantiradi. Adabiy ta’lim jarayonida eshitishda nuqsoni bo`lgan bolalar nutqini
rivojlantirish pedagogik tizimida
 
 
surdopedagog faoliyatining predmeti eshitishda nuqsoni bo`lgan 
o`quvchilarning kitobxonlik va adabiy-ijodiy faoliyatiga ta’lim jarayoni sharoitida rahbarlik qilish 
hisoblanadi. 
 
1
Marasulova U.N. Umumta’lim maktablari o‘quvchilarida adabiy nazariy tushunchalarni shakllantirish va takomillashtirish usullari: Fil. fan. kand. 
...diss. – T., 2007. – 126 b. 


27 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish