So‘zboshi
„Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi“ga muvofiq respub-
likamizda jahon andozalariga mos bo‘lgan ko‘p bosqichli
ta’lim yo‘nalishlari joriy qilindi. Òa’lim sohasida olib
borilayotgan islohotlarning asosini kasb-hunar kollejlari tashkil
qiladi. Yangi tizimda tashkil qilingan kasb-hunar kollejlari
uchun o‘quv dasturlari ishlab chiqildi va dasturlar tarkibiga
zamonaviy texnika va texnologiyani aks ettiruvchi yangi fanlar
kiritildi, mavjudlari takomillashtirildi.
Hozirgi zamon ishlab chiqarishining barcha sohalarida,
qurilish, tibbiyot va umuman, hayotimizda elektr energiya-
dan keng ko‘lamda foydalaniladi.
Mazkur qo‘llanmada elektroenergetika fanining deyarli
barcha bo‘limlari bayon etilgan va kasb-hunar kollejlarining
barcha yo‘nalish va mutaxassisliklari uchun foydali qo‘llanma
bo‘lib xizmat qiladi. Qo‘llanmada o‘quv materiali „Òajriba —
nazariya—amaliyot“ uslubida bayon qilingan. Unda har bir
mavzuni bayon qilishning uslubiy tomoniga alohida e’tibor
berildi va matnlarning oddiy, tushunarli, o‘quvchilarning yosh
va individual xususiyatlariga mos bo‘lishga harakat qilindi.
Jamiyatimiz bozor iqtisodiyotiga kirib borayotgan bir
sharoitda har bir texnikaviy muammo, albatta, iqtisodi-
yot bilan bog‘liqligini nazarga olib, qo‘llanmaga elektroener-
getikaning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga bag‘ishlangan
bo‘lim kiritildi.
Kasb-hunar kollejlarining har bir yo‘nalishi va muta-
xassisliklarining „Elektrotexnika va elektronika asoslari“ fani
uchun ajratilgan soatlari o‘zgacha bo‘lishi lozim. Bundan
boshqa, bevosita yo‘nalish sohasiga bag‘ishlangan barcha aj-
ratilgan soatlarning 5 — 7 % i shu sohaga xos elektr uskuna,
asbob va elektr ta’minotiga ajratiladi.
Mazkur qo‘llanmada bayon etilgan barcha nazariy o‘quv
materiallari iloji boricha oddiy, amaliy faoliyatdan olingan
misollar bilan sharhlandi. Murakkab texnik tushunchalar
4
mantiqiy ravishda oddiy misollar orqali bayon etildi. O‘quv
materialini bayon etish usuli talabalarning mustaqil fikr
yuritish faoliyatini jadallashtirishga mo‘ljallangan.
Kitobda taxminiy mavzular rejasi keltirilgan. Albatta,
fanga ajratilgan soatlarning mavzular bo‘yicha nazariy va
amaliy-tajriba mashg‘ulotlariga taqsimlanishi har bir
kollejning pedagogik kengashiga havola, lekin bu taxminiy
reja kasb-hunar kollejlarida nazariy mashg‘ulotlarga 40%,
amaliy-tajriba mashg‘ulotlariga 60 % vaqt ajratilishi lozim-
ligini aks ettiradi.
Muallif ushbu kitobning qo‘lyozmasini ko‘rib chiqib,
o‘zining amaliy tavsiyalari bilan yordam ko‘rsatgan Buxoro
oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutining
„Elektroenergetika“ kafedrasi dotsenti N. N. Sa’dullayevga,
katta o‘qituvchi I. X. Hazratovga minnatdorchilik bildiradi.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |