243
Etnopsixologiya
– bu psixologiyaning shunday tarmog‘iki, u ayrim olingan
millatlar psixologiyasidan tashqari,
turli xalqlar psixologiyasini, kichik milliy
guruhlarni ham o‘rganadi. Ma’lumki, bu boradagi birinchi ilmiy tadqiqotlarni
V.Vundt boshlab bergan edi. Uning tadqiqotlaridagi “xalq” tushunchasi aslida
etnik uyushma ma’nosida tushuntirilgan edi.
Uning fikricha, etnik guruhlar
psixologiyasini o‘rganish uchun ularning tilini, odatlarini va ana shu xalqlarda
keng tarqalgan afsonalar va boshqa ong tizimlarini o‘rganish kerak.
Shunisi
diqqatga sazovorki, Vundtdan keyingi davrda o‘tkazilgan muhim tadqiqotlardan
biri bizning o‘lkamizda o‘tkazilgan bo‘lib, uni psixolog A.R.Luriya amalga
oshirgan edi. Bu eksperimental tadqiqot bo‘lib, uni o‘tkazishdan
asosiy maqsad
L.S.Vigotskiyning madaniy-tarixiy yondashuv g‘oyasini tekshirish edi. Luriya
boshchiligidagi olimlar guruhi revolyusiya bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston sharoitida
turmush tarzining o‘zgarishi bilan o‘zbek xalqi psixologiyasining ham
o‘zgarganligini isbot qilmoqchi bo‘lganlar. Asosiy maqsad
bilish jarayonlarining
o‘zgarganligini isbot qilish bo‘lsa ham tadqiqotchilar o‘z-o‘zini anglash va o‘z
xulq-atvorini analiz qilish borasida ham uyda o‘tiradigan ayollar, endigina savod
olish maqsadida savodxonlik kurslarida o‘qiyotgan xotin-qizlar hamda pedagogika
bilim yurtlarida ta’lim olayotgan qizlar o‘rtasida farq bor-yo‘qligini tekshirishdi.
Tadqiqot asosan o‘z-o‘zini analiz qilish metodi yordamida o‘tkazilgan bo‘lib,
tadqiqot mobaynida ayollarga turli savollar orqali o‘z shaxsiga xos xususiyatlarni,
o‘zidagi yetakchi sifatlarni aniqlash va ba’zi psixologik holatlarga baho berish
topshirig‘i berildi. Lekin javoblarning sifati, to‘liqligi ayollarning bilim saviyasiga
va ijtimoiy aloqalar tizimida tutgan o‘rniga bog‘liq bo‘lib chiqdi. Uyda o‘tirgan
ayollar ko‘p hollarda qo‘yilgan savolni ham anglamasliklari ma’lum bo‘ldi. Luriya
shu narsaga iqror bo‘ldiki, o‘zbeklardagi ong asosan boshqa odamlar fikriga
bog‘liq
ekanligi, tobelik psixologiyasi kuchliligini aniqladi. Masalan, ayollarga
o‘zidagi yomon sifatlarni aytish topshirig‘i berilganda, ular yomon qo‘shnilarni
ko‘rsatishar va umuman o‘z-o‘zini baholashdan ko‘ra boshqalarni baholash, ularga
sifat xarakteristikalari berish ancha yengil tuyulardi.
244
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, A.R.Luriyaning asosiy maqsadi milliy
psixologik xususiyatlarni o‘rganishda tarixiy tamoyiliga
tayanish lozimligini
isbotlash hamda milliy psixologiyaning hayot tarziga, shaxsning jamiyatda kishilar
munosabatlari tizimida tutgan o‘rniga bevosita bog‘liqligini isbot qilish edi. Lekin
tadqiqotning ahamiyati shunda ediki, unda birinchi marta milliy psixologiyani
o‘rganishga yordam beruvchi metodlar va metodologik tamoyillar sinab ko‘rildi.
To‘g‘ri, bu tadqiqotda to‘plangan ma’lumotlar va ilmiy xulosalar bilan bugungi
kunda kelishib bo‘lmaydi,
qolaversa, bu konsepsiyaning o‘zi necha bor qayta
ishlovni talab qildi, lekin milliy psixologiya bo‘yicha o‘tkazilgan kross-tadqiqot
sifatida uning ahamiyati kattadir. Qo‘llangan piktogramma – “so‘z portretlari”ni,
o‘z-o‘zini analiz qilish metodlarini hozirgi zamonaviy
tadqiqotlarda ham faqat
yangicha metodologik prinsiplarda qo‘llash mumkin.
Oxirgi yillarda chet el va sobiq Ittifoq olimlarining tadqiqotlarini
umumlashtirib, etnopsixologik ishlarga yagona ilmiy yondashuvni topish
harakatlari sezilmoqda. Bu sohada mashhur rus etnografi va psixologi Yu.Bromley
olib borgan ishlar, uning laboratoriyasida to‘plangan ma’lumotlar misol bo‘lishi
mumkin. Yu.V.Bromley etnik guruhlar psixologiyasida ikki tomonni farq qiladi:
1)
Do'stlaringiz bilan baham: