241
Katta guruhlarga xos xususiyatlar:
1)
Katta guruhlarda ijtimoiy determinatsiya yaxshi rivojlangan. Ya’ni katta
guruhlar jamiyat bilan o‘zaro bog‘liq. Jamiyatga global hodisalar, vaziyatlar
o‘z-o‘zidan katta guruhlarga ta’sirini ko‘rsatadi.
2)
Katta guruhlar stereotipizatsiya fojeali natijalarga olib keladi.
Bir millatni unday boshqasini bunday deb baholash salbiy oqibatlaga olib
keladi. Ya’ni “rasizm” holatiga olib keladi.
3)
Katta guruhlarda qadriyatlar oliy darajada rivojlangan bo‘ladi.
4)
Katta guruhlar tarixiy jarayonlarga kirish
imkoniyati kichik guruhga
nisbatan ko‘p bo‘ladi.
Etnik guruhlar psixologiyasi
Ijtimoiy psixologiyada katta guruhlar ichida etnik guruhlar psixologiyasi,
ya’ni etnopsixologiya bo‘yicha ko‘proq tadqiqotlar o‘tkazildi. Ayniqsa, hozirgi
davrda har bir respublikalar alohida, mustaqil davlat mavqeini olgan, lekin boshqa
tomondan
qaraganda, hamdo‘stlik mamlakatlari ittifoqi sharoitida millatlar
o‘rtasida muttasil aloqalar mavjudligidan kelib chiqib,
milliy psixologiya
masalalari kun tartibida avvalgidan ham muhim masala sifatida qo‘yilmoqda.
Shuning uchun ham katta guruhlar ichida milliy guruhlarga ko‘proq e’tibor
berishni lozim topdik, bunday e’tiborning yana bir boisi – O‘zbekistonda bu
sohada nisbatan tadqiqotlarning ko‘proq o‘tkazilganligi, lekin ular ko‘p hollarda
milliy psixologiya darajasiga olib chiqilmaganligidandir.
Milliy psixologiya nima va uni qanday qilib o‘rganish mumkin? Bu hozirda,
ya’ni mustaqil O‘zbekiston
sharoitida, ko‘pgina tadqiqotchilarni qiziqtirayotgan
masaladir. Chunki davr etnopsixologiyadan shunday empirik ma’lumotlar
kutmoqdaki, u faqatgina milliy ongga taalluqli bo‘lgan hozirgi va o‘tmishdagi
holatni emas, balki millatning ertangi kunini,
uning ongi qaysi tomonga
o‘zgarishini, millatlararo sodir bo‘ladigan jarayonlarni bashorat qilmog‘i lozim.
Buning uchun esa unga kuchli etnopsixologik nazariya va ishonchli metodlar
242
kerak. O‘zbekiston olimlari oxirgi paytlarda masalaning xuddi ana shu tomoniga
katta e’tibor bermoqdalar. Chunki sobiq Ittifoq sharoitining o‘zi
ana shunday
kuchli nazariyaning bo‘lishi uchun anchagina to‘g‘anoq bo‘lgan, empirik
tadqiqotlar esa, avval ta’kidlaganidek, tor guruhlar doirasidan, avvalo,
oilalar
doirasidan chiqmagan edi.
Etnopsixologik xususiyatlar o‘zining kelib chiqishi jihatidan xalqning bunut
o‘tmishi, hayot tarzi va tarixi bilan bog‘lanib ketgan bo‘lib, bu xususiyatlar millat
shakllanmasdan avvalroq vujudga kela boshlagan bo‘ladi. Ma’lumki, millat etnik
birlik taraqqiyotining eng yuqori bosqichida vujudga keladi. Etnopsixologik
xususityalarning ayrim belgilari kishilar birligining hamma tarixiy davrlarida, ya’ni
urug‘, qabila, ellatlarga ham xosdir. Etnopsixologik
xususiyatlar ayrim
tadqiqotchilar ko‘rsatganidek faqat bir omil – tabiiy muhit ta’siri bilangina vujudga
kelib qolmay, uning vujudga kelishida uchta omil ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: