9-Maruza
Neftkimyoviy sintezlar
.
Reja
1. Neftni qayta ishlash jarayonida sodir bo‘ladigan kimyoviy reaksiyalar.
2. Alkanlarni parchalanish mexanizmi.
3. Olefinlar, naftenlar va aromatik uglevodorodlarning krekingi.
4. Katalitik krekingning mahsulotlari. Tabiiy gaz asosida metanolni olish kinetikasi
va mexanizmi.
1. Neftni qayta ishlash jarayonida sodir bo‘ladigan kimyoviy reaksiyalar.
Gaz sanoatining dastlabki davrlarida gazdan
faqat energiya manbai
sifatida foydalanib kelingan. Gaz kimyoviy tomondan qayta ishlash esa fan va
texnikaning ulug‘vor yutuqlaridan biri hisoblanadi. Tabiiy gazlarning kimyoviy
xom ashyo
sifatida qiymati shundaki, ularning tarkibida ko‘p miqdorda metan -
uglevodorod bor. Masalan, Buxoro Gazli konidan olinadigan tabiiy gaz tarkibida
98 foizga yaqin metan borligi aniqlangan. Yaqin vaqtlargacha
tabiiy gazlar inert
birikmalar hisoblanib kelingani uchun ulardan kimyo sanoatga foydalanilmas edi.
Metan va uning gomologlarining reaksiya xossasi yaxshi emas deb hisoblanardi.
Biroq katalizatorlardan keng va har taraflama foydalanishni o‘rganish, ularni
parchalash, oksidlash, xlorlash, nitrolash va boshqa reaksiyalarni
amalga oshirish
imkonini berdi.
Metanning eng istiqbolli kimyoviy qayta ishlash jarayonlaridan biri uning
oksidlanishidir. Bu reaksiya natijasida formaldegid va metanol hosil bo‘ladi.
O
H
O
CH
O
CH
2
2
2
4
Formaldegid olishning bu bevosita usuli juda qulay bo‘lganligi sababli keng
foydalanilmoqda. Metandan formaldegid ajratib
olish mumkinligini dastlab
akademik
S.S.Medvedev
kashf
qilgan
edi.Akademik
N.N.Semyonov
uglevodorodlarning zanjirli oksidlanish nazariyasini yaratdi.Shu nazariya asosida
formaldegid olishning yangi usulini ishlab chiqildi.
Bu
usul
qo‘llanilganda
tapkibida
0,1%
azot
oksidlari bo‘lgan metan - havo aralashmasi 500-600 oS qizdirilgan reaktordan tez
o‘tkaziladi. Bu usulda reaksiyaga kirishgan metandan ajralib chiqadigan
formaldegid 70% ni tashkil etadi.
Formaldegid rangsiz, o‘tkir hidli gaz, faol
kimyoviy birikma, u boshqa moddalar bilan oson reaksiyaga kirishadi.Shu tufayli
ham formaldegid organik sintezning bebaxo yarim mahsulotiga aylanib qoldi.
Formaldegid
asosida mochevina-formaldegid, fenol-formaldegid smolalari, yangi
polimer-poliformaldegid,
organik buyoklar, dori va antiseptik preparatlar
tayyorlanadi. Formaldegiddan foydalanish miqyosi yil sayin kengayib bormokda.
Yaqin vaqtlargacha formaldegidni metil spirtini temirli va kumushli
katalizatorlar ta’sirida oksidlash yo‘li bilan olish asosiy usul hisoblanardi. Bu
usulni M. I. Kuznetsov, YE. I. Orlov ishlab chiqgan edilar.
O
H
O
CH
O
OH
CH
2
2
2
3
2
2
2
Bunday usul qo‘llanilganda asosiy xom ashyo sifatida metil spirti ishlatiladi.
Metil spirti oksidlanganda 90% formaldegid olinadi. Biroq,
uglerod va
vodorod oksidini koksdan olish xarajatlarining ko‘pligi metil stirtining ancha
vaqtgacha juda qimmat turishiga sabab bo‘ldi. Hozirgi vaqtda uglerod oksidi va
uglerod tabiiy gaz - metandan olinadi. Bu usulda olingan formaldegidning tannarxi
ikki baravar arzondir. Davlat azot sanoati institutining
filiali ishlab chiqarish
loyihada metil spirti va formaldegidni Buxoro tabiiy gazidan olish ko‘zda tutilgan.