9-Maruza Neftkimyoviy sintezlar. Reja


 . Katalitik krekingning mahsulotlari.Tabiiy gaz asosida metanolni



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana16.06.2022
Hajmi0,51 Mb.
#678105
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9-Mavzu (1)

4. . Katalitik krekingning mahsulotlari.Tabiiy gaz asosida metanolni 
olish kinetikasi va mexanizmi. 
Atsetilenning eng muhim reaksiyalaridan biri unga vodorod sianid 
qo‘shilishidir. Bunda poliakrilonitril tolalari, sintetik kauchuk va so‘nggi vaqtda 
plastmassa olishda muhim yarim mahsulot bo‘lgan akrilonitril hosil bo‘ladi. 
Poliakrilonitril tolalari ajoyib xossalarga ega bo‘lib, uning xalq xo‘jaligidagi 
ahamiyati kattadir. Akrilonitril polimerlari va sopolimerlari asosida tayyorlangan 
sintetik tolalar ishlab chiqarish yil sayin ko‘payib bormoqda. 1955 yili jahon 
mamlakatlarida 45 ming tonna ana shunday tola ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 1965 
yilga kelib bu miqdor 360 ming tonnaga yetdi. Bu tolalar nurga chidamliligi 
jihatidan boshqa tolalardan yuqori turadi. Shuning uchun ham ular serquyosh O‘rta 
Osiyo respublikalarida muvaffaqiyatli qo‘llanilishi mumkin. Shuningdek, bu 
tolalar issiqlik o‘tkazmaslik xossasiga ham ega. Uning ko‘rinishi jundan to‘qilgan 
gazlamalarga o‘xshash bo‘lib yumshoq, chirituvchi bakteriyalarga bardoshlidir. 
Poliakrilonitril tolalari yuqoridagi xossalari tufayli ham hozirgi vaqtda ko‘plab 
ishlab chiqarilmoqda. 
Sanoatda mazkur tolalar nitron deb ataladi. O‘zbekistonda Navoiy kimyo 
kombinatining ishga tushirilishi nitron ishlab chiqarishni ko‘paytirishda muhim rol 
o‘ynaydi. Kombinat meniral o‘g‘itlar bilan birga tabiiy gazdan akrilonitril ham 


ishlab chiqara boshladi. Keyinchalik bu moddadan qayta ishlash yo‘li bilan 
poliakrilonitril - polinak so‘ngra esa nitron tayyorlanadi. 
Navoiy shahridagi kimyo kombinatida ishlab chiqaradigan suniy toladan
yiliga 140 million metr apel gazlama to‘qish mumkin. Bu miqdordagi nitron 
millionlab qo‘y junining o‘rnini bosa oladi. Dastlab asosiy moddalar sianid 
kislota va atsetilen sintez qilinadi va yaxshilab tozalanadi. Reaksiya 85 - 90 
gradus haroratda suyuq (suv) yoki bug‘ fazasida boradi. Katalizator sifatida tuz 
kislotasi va kaliyning xlorli tuzlari, shuningdek natriy, mis va kobalt aralashmasi 
ishlatiladi. 
N
C
CH
CH
HCN
CH
HC






2
Акрилонитрилни бевосита ацетилендан синтез қилиш усули бошқа sintezlarga 
(masalan, etilennikiga) qaraganda birmuncha afzalliklarga ega. Sintezning 
texnologik sxemasi sodda, kam xom ashyo sarflanadi va nihoyat mahsulot juda toza 
chiqadi. Shuning bilan birga mazkur usulning muhim kamchiligi ham bor, ko‘proq 
elektr energiyasi talab etadi. Shu tufayli ham Navoiy shahrida qudratli issiklik 
elektr stansiyasi qurilgan. Arzon energiya manbai va bitmas-tuganmas tabiiy gaz 
zapaslar bo‘lgan Navoiy shahrida, shuningdeq tabiiy gaz trubalar orqali olib 
boriladigan boshqa rayonlarda akrilonitril olish ancha qulay va maqsadga 
muvofiqdir. 
Akrilonitril xuddi vinilatsetatga o‘xshab quyosh nuri, yadro nurlanishi, qizdirish, 
polimerlash tashabbuskorlari ta’siri ostida va boshqa yo‘llar bilan polimerlanadi. 
Poliakrilonitril tolalarini yigirish birmuncha murakkab. Chunki bu polimer 
yomon eriydi. Erituvchining uchib ketishi qiyin. Shu tufayli ham uni yigirish 
alohida usullarni qo‘llanishni taqozo etadi, bu usullar ho‘l va quruq usullar deb 
ataladi. Poliakrilonitril tolalarini quruq usul bilan yigirish usuli keng qo‘llanilmadi. 
Bu jarayon murakkab qurilmalar bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib bunda shtapel tolasi 
olishi mumkin emas. Shuning uchun ham ho‘l usuli bilan tola yigirish kengrok 
tarqalgan. Mazkur usul qo‘llanilganda tola hosil bo‘ladigan suyuqlik ma’lum 
ingichka naychalardan o‘tkaziladi teshiklardan tolalar qator vannalarga tushadi va 
erituvchidan tozalanadi, yuviladi, usti silliqlashtiriladi. Shuningdek tolaning sirti 
pardozlanadi. Tindiruvchi vannalar sifatida ko‘prok suv yoki organik
tindiruvchi vannalar qo‘llaniladi (polimer tola suv yoki organik erituvchi
yordamida cho‘ktiriladi, ular polimerni cho‘ktirib, yigiruv qorishmasi erituvchini 
eritib yuboradilar). Organik vannalarda yigirilgan tolalar suvli vannalarda
ishlanganiga qaraganda yumshoqligi va elastikligi bilan ajralib turadi. 
Shu usullarning biri bilan hosil qilingan tolani erituvchi qoldiqlaridan tozalash 
uchun yuviladi, sulfat kislotasi yoki boshqa reagentlar bilan ishlov berilib 
oqartiriladi va cho‘ziladi. Ularning hammasi tolaning elastiklik xossalarini 
yaxshilaydi, uzilishga chidamliligini oshiradi. Shuningdek boshqa fizik va mexanik 
xossalari ham yaxshilanadi. Bunday tolalardan tuqilgan gazlamalar uzoq vaqt 
yirtilmaydi. Bu tolalarni paxta yoki jun tolalari bilan qo‘shib to‘qilgan gazlamalar 


puxta bo‘ladi, maxsus stanoklarda yoki cho‘ktirish jarayonida mexanik ishlov 
berish yo‘li bilan chiniqtiriladi. 
Tolani ishlashning yuqoridagi va undan boshqa usullari bora-bora nitron tolasi 
olishga olib keladi. Bu tola hozirgi vaktda sintetik tolalarning eng ko‘p tarqalgan 
turlaridan biridir. Nitron tolasi ishlab chiqarilayotgan boshqa xildagi barcha sintetik 
tolalarning 16 foizga yaqinini tashkil etadi. 
To‘g‘ri, poliakrilonitril tolalar juda qiyin bo‘yaladi. Bu uning ikkinchi yirik 
kamchiligidir. Hozirgi vaqtda tolani bo‘yashning turli usullari qo‘llanmoqda. 
Buning uchun tola strukturasi yumshatilmoqda, bunda tolaga buyoq ko‘prok 
singadi yoki poliakrilonitrilning makromolekulasi buyoq molekulalari bilan birika 
oladigan boshqa komponentlar qo‘shilmoqda. 
Har qaysi usul ham akrilonitrilning vinilatsetat, vinil xlorid, vinilpiridin, akril 
kislota efirlari ta’sirida sopolimerlashga asoslanadi. Vinilxlorid, ayrim xollarda 
akril kislotasi efirlari poliakrilonitril tolasining ko‘pgina fizik va mexanik 
xossalarini sezilarli darajada o‘zgartiradi, polimerlarni bo‘yaluvchan va 
eruvchanligiga ham ta’sir qiladi. Sopolimer poliakrilonitrilning barcha kimyoviy 
xossalarini, ayniqsa to‘kimachilik sanoatida qo‘l keladigan ajoyib xususiyatlarini 
saqlab qolishi sopolimer tarkibidagi akrilonitril miqdori ...foizdan kam bo‘lmasligi 
kerak Sopolimerda akrilonitril miqdori kamaysa tola hosil qilish xususiyati ma’lum 
darajada yomonlashadi. Bunday sopolimerlarda har ikki komponentning xossalari 
uyg‘unlashib ketadi va qaysi komponent ko‘proq bo‘lsa, o‘sha moddaga ko‘proq 
ta’sir qiladi. Sopolimerlarning bu ajoyib xossasidan amaliyotda keng foydalaniladi. 
Shu munosabat bilan sintetik butadiyen-nitril kauchuklari alohida diqqatga 
sazovordir.
Ma’lumki, dastlabki vaqtlarda sintetik kauchuklar kamyob tabiiy kauchukning 
o‘rnini bosar edi. Biroq hozirgi vaqtda sintetik kauchuk kimyosi shunday darajaga 
erishdiki, sintetik kauchuklar tabiiylaridan ham o‘zib ketdi. Turli o‘simliklar 
shirasidan olinadigan tabiiy kauchuklar sovuqqa chidamli bo‘lsa ham tez yig‘ilishga 
moyil bo‘ladi, yog‘ va benzin ta’siriga chidamsizdir. 
Butadiyen va akrilonitril sopolimerlari asosida tayyorlangan sintetik kauchuk 
yuqoridagi kamchiliklardan xoli. Uning yagona kamchiligi -sovuqda bardosh 
berolmasligidadir. Bu esa shunday sintetik kauchuklardan tayyorlangan 
buyumlardan sovuq iqlimli joylarda foydalanishga yo‘l bermaydi. 
Mamlakatimiz sanoati butadiyen-nitril kauchuklarining turli navlarini ishlab 
chiqarmoqda. Bu navlar sopolimerdagi akrilonitril miqdoriga bog‘liq. Sopolimer 
tarkibidagi akrilonitrilning miqdori 17 - 40 % o‘rtasida bo‘ladi, akrilonitril miqdori 
qancha ko‘p bo‘lsa, uning moy va benzinga chidamliligi oshadi, lekin sovukda 
chidamliligi kamayadi. 
Xalq xo‘jaligida akrilonitrilning ahamiyati undan sun’iy tola va sintetik kauchuk 
olish bilangina chegaralanmaydi. Unga ishqor ta’sir ettirish bilan poliakril kislotasi 


hosil qilish katta ahamiyatga ega. Poliakril kislotasi eritmaga tushganda ionlarga 
ajralib poliionlar hosil qiladi.
Sanoatda ko‘proq akril kislotasining efirlari olinadi. Uning polimerlari
ajoyib optik xususiyatlarga ega bo‘lgan turli oyna va linzalar ishlab chiqarishda
qo‘llaniladi. Bundan tashqari plastmassa sanoatida, yelim, sintetik tolalar 
tayyorlashda mazkur polimerlarning ahamiyati katta. Ammo akril kislotasidan 
efirlar olishning yuqoridagi yo‘li yagona usul emas. Turli bu usul texnikada keng 
tarqalgan. Keyingi vaqtlarda akril kislotasi va uning efirlarini olishda uning 
kashfiyotchisi Reppe nomi bilan yuritiladigan reaksiyadan foydalanila boshladilar. 

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish