O
H
O
CH
O
OH
CH
O
H
O
CH
O
CH
CuO
Pt
C
NO
С
o
о
2
2
,
,
700
500
2
3
2
2
,
600
500
2
4
2
O
CH
H
CO
2
2
а) formaldegid fenol – formaldegid qatron ishlab chiqarishda qadimdan
foydalanib keladi. Mazkur smolani sanoat usulida olish usulini professor G.S.
Petrov Orexovo – Zuyevo shahrida ishlab chiqqan Bu qatron “karbolit” deb
ataladi.
Formaldegidni fenol yoki uning gomologlari bilan ko‘p marta
kondensatsiyalash natijasida termoplastik yoki termoreaktiv fenol –
formaldegid qatronlar olinadi. U yoki bu qatronning paydo bo‘lishi asosiy
moddalarning nisbatiga bog‘liq. Novalak qatron: fenol:formaldegid (7:6). M =
500-700., dastlabki moddalar nisbati (2:1) bo‘lganda M = 230 -250 ga teng.
Termoplastik fenol – formaldegid qatroni spirt, atseton, benzol, dioksanda
yaxshi eriydi. Erish natijasida yupqa parda hosil qiladi. Smolaning bu xossasi
undan tabiiy shelak o‘rnida foydalanish imkonini beradi. Shu tufayli ham bu
smolani yangi lak deb ham atashadi.
Polimerlarning ikkinchi tipi formaldegidni ko‘proq qo‘shish natijasida
olinadi va rezol (6:7) qatronlari deb ataladi.
b) Mochevina – formal’degid qatronlar plastmassa, yelim, lak sifatida
keng ishlatiladi. Ular fenol-formal’degid qatronlardan rangsizligi, bo‘yoq
qo‘shilgach turli xil rangga kirishi bilan farq qiladi. Mazkur qatronni
tayyorlash uchun formal’degid va mochevina ishlatiladi. Bu moddalar esa
tabiiy gazdan olinadi. Mochevina-formaldegid smolalar olish va uni qayta
ishlash gazdan foydalanishning eng ratsional yo‘llaridan biridir.
Respublikamizda mochevina-formaldegid smolasini Chirchiq elektrokimyo
kombinatida ishlab chiqarishni mo‘ljalanmoqda. Karboamid quyidagi usullar
yordamida olinadi:
guanidin
NH
NH
CO
NH
O
H
NH
C
NH
NH
CO
NH
O
H
CN
NH
NH
CO
NH
OH
NH
CO
NH
NH
CO
SO
H
O
H
C
o
3
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
4
2
130
3
2
)
(
2
4
2
2
Mochevina-formaldegid qatronlar o‘zining qimmatli texnik xossalari tufayli
texnikada keng foydalanilmoqda. Ular rangsiz, nurga chidamli, qattiq, hidsiz, turli
erituvchi suyuqliklarga chidamlidir.
Mochevina-formaldegid qatronlar asosan qo‘yma va presslangan
plastmassalar, laklar, g‘ovak materialar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Ular elektr
yoyi ta’sirida azot va vodorod ajratib chiqaradi. Bu elektr yoyini tezda o‘chiradi.
Mochevina-formaldegidning bu ajoyib xislati elektrotexnikada turli xil elektr
detallarini tayyorlashda foydalaniladi. Mochevina-formaldegid smolalarning
yog‘och qipig‘i va kog‘oz qo‘shib, siqilgan mahsulotlari eng ko‘p tarqalgan
Ulardan abajur, lampalar, turli xil idishlar, asboblar, foto-radio instrumentlari,
priyomniklar, telefonlar, shtepsellar, eshik tutqichlari, pardozlash plitalari va
boshqa shunga o‘xshash keng iste’mol buyumlari tayyorlanadi. Chiqindiga
chiqgan o‘nlab ming tonna yoroch qipig‘lariga fenol-formaldegid smolalar
singdirilib mebel sanoatida foydalanilishi mumkin. Fenol-formaldegid shimdirilib
presslangan qipig‘ eng yaxshi navli yogochnikidan ham yaxshi plitalar yasashga
yaraydi.
Mochevina-formaldegid smolasining yana bir xislati shundaki, undan
«mipora» deb atalgan g‘ovak materiallar tayyorlash mumkin. Bu materiallar
vagonlar, kemalar, xolodilnik va boshqalarni issiq, sovuq, tovush va elektr
o‘tkazmaydigan qiladi. Mochevina-formaldegid qatronlarning turli xil eritmalari
har xil gazlamalarga shimdirish uchun ham ishlatiladi. Shunda gazlamalar
oqarmaydigan, g‘ijimlanmaydigan, yaxshi bo‘yaladigan va chidamli bo‘ladi.
Oftobda aynimasligi, turli xil buyoqlarga yaxshi qo‘shilishi mochevina-
formaldegid qatronlardan lak va emal tayyorlashda foydalanish imkonini beradi.
Bu qatronlardan tayyorlangan lak va emallar aniq ishlaydigan asboblar, mashina va
mexanizmlar, xolodilniklar, radio va televizion apparaturalarni yupqa parda bilan
qoplashda foydalaniladi.
Keyingi vaqtlarda mochevina-formaldegid qatronlardan foydalanishning
yangi eng yirik sohasi bunyodga kelmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, yerga faqat
mineral o‘g‘itlargina emas, balki polimer o‘g‘itlar ham solinishi lozim ekan. Bu
tuproq va o‘simliklarga yaxshi ta’sir qiladi.
Mochevina bundan tashqari chorvachilik uchun ham zarur ozuqa
moddasidir. Uz tarkibida azot saqlaydigan bunday ozuqalar bilan bokilayotgan
mollarning mahsuldorligi ancha oshadi.
Formaldegiddan antiseptik moddalar sifatida foydalanish mumkin.
Urotropin, melamin va anilin-formaldegid qatronlari olishda, kimyoviy
tolalarni «ulovchi» sifatida ishlatish mumkin. Tabiiy gazdan olinadigan
formaldegid va mochevina tayyorlash miqyosi yil sayin tez sur’atlar bilan
oshib bormokda. Yaqin vaqtlar ichida Buxoro tabiiy gazini formaldegid va
mochevinaga aylantirish va shu asosda o‘n minglab tonna plastmassalar, laklar,
o‘g‘it, mol ozuqasi va tibbiyotda qo‘llaniladigan dori-darmonlar ishlab
chiqarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |