Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar


Ko‘krak qafasi, qorin va oyoqlarga qo‘yiladigan bog‘lamlar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

Ko‘krak qafasi, qorin va oyoqlarga qo‘yiladigan bog‘lamlar 
- «Spiralsimon» bog‘lam. 
- «Germetik» bog‘lam. 


97 
- «Sakkizsimon» bog‘lam. 
- Qorin sohasiga «spiralsimon» bog‘lam. 
- Tizza bo‘g‘imiga «spiralsimon» bog‘lam. 
- Boldir sohasi kuyganda, sovuq urganda «spiralsimon» bog‘lam qo‘yish. 
- Tovon bo‘g‘imiga qo‘yiladigan «toshbaqasimon va sakkizsimon» bog‘lamlar. 
- Oyoq panjalari va tovon sohasi kuyganda va sovuq urganda qo‘llaniladigan 
bog‘lam. 
«Spiralsimon» bog‘lam.
Bu bog‘lam qovurg‘alar va ko‘krak suyagi singanda 
qo‘llaniladi. Bog‘lam qattiq qisib bog‘lanishi kerak. Buning uchun 2 -2,5 metr 
uzunlikdagi bint qirqib olib, lenta shaklida elkaga tashlaymiz, keyin enli bint olib 
ko‘krakni pastki qismida lenta ustidan doirasimon bog‘lam qilib, so‘ngra 
spiralsimon bog‘lam yordamida ko‘krakni Yuqori qismigacha bog‘laymiz va 
doirasimon bog‘lam bilan tugatiladi. Osilgan lentalar ikkinchi elka ustida 
bog‘lanadi. 
«Germetik» bog‘lam.
Bu bog‘lam pnevmotoraks bo‘lgan vaqtda qo‘llaniladi. 
Plevra bo‘shlig‘iga havo kirganda, kirayotgan havoni to‘xtatish uchun, ochiq 
pnevmotoraksni yopiq pnevmotoraksga aylantirish maqsadida individual bog‘lam 
paketi yordamida germetik bog‘lam qo‘yiladi. IBP bo‘lmagan vaqtda rezinka 
qo‘lqop, klyonka, selofan, polietilen klyonkasidan foydalanish mumkin. Bu 
bog‘lamni qo‘yish uchun elkaga 2-2,5 metrli bintdan lenta tashlaymiz, so‘ngra 
IBPning ikkala yostiqchasini bir joyga yoki jarohat Yuzasi ikkita bo‘lsa, ikki joyga 
bittadan yostiqcha qo‘yib, ustidan havo o‘tkazmaydigan IBPning klyonkasini qora 
tarafi bilan yopib ustidan ozroq paxta qo‘yib, shu sohada bintni doirasimon 
bog‘laymiz. So‘ngra pastki qismidan Yuqoriga qarab spiralsimon bog‘lam 
qo‘yamiz. IBP bo‘lmaganda, leykoplastirni toza salfetka ustidan birini ustiga 
ikkinchisini yaqin qilib yopishtirish natijasida ham jarohat Yuzasini yopish 
mumkin. Havo o‘tkazmaydigan material bo‘lmagan vaqtda 4-5 ta salfetkaga 
vazelin yoki sintomitsin emulsiyasini so‘rib jarohat Yuzasini yopish mumkin. 
Jarohat 1-3 qovurg‘alar orasida yoki kurak sohasida bo‘lsa, bunda elka sohasini 
boshoqsimon bog‘lam bilan mustahkamlash kerak. 


98 
Qorin sohasiga spiralsimon bog‘lam.
Qorin sohasiga bog‘lam qo‘yish eng 
qiyin sohalardan hisoblanadi va kasalxona sharoitida, ko‘pincha leykoplastir, 
yordamida qo‘yiladi. Qoringa 15-16 smli enli bint olib, qorinni Yuqori qismida 
doirasimon bog‘lam qo‘yiladi. Jarohat ustiga sterillangan salfetka yopiladi, 
ichaklar qorin sohasi ustiga chiqqan bo‘lsa, salfetka atrofiga doirasimon yostiqcha 
qo‘yiladi. So‘ngra spiralsimon bog‘lam qilinib, qorinni pastki qismida doirasimon 
bog‘lam bilan tugatiladi. 
Oyoq panjalari, tovon sohasi kuyganda, sovuq urganda bog‘lam qo‘yish.
Kuygan yoki sovuq urgan sohaga salfetka qo‘yiladi. Enli bint olib tovonni Yuqori 
qismida bintni ikki marta o‘rab, mustahkamlab olamiz, so‘ngra tovon sohasiga 
bintni surib, panjalarga yo‘nalamiz. Panjalarni aylanib o‘tib, ikkinchi tarafdan 
tovon sohasiga qaytamiz. Bint o‘rami shu sohada 2-3 marta qaytariladi. So‘ngra 
tovonni Yuqori qismidan boshlab spiralsimon bog‘lam qo‘yib, panja uchlarigacha 
kelamiz va shu sohadan qaytib spiralsimon bog‘lam bilan tovonni Yuqori qismiga 
o‘tamiz. Shu sohada bog‘lam tugatiladi. Kuyganda, sovuq urganda bog‘lam bir oz 
bo‘shroq bo‘lmog‘i kerak. 
Tovon bo‘g‘imiga «toshbaqasimon» bog‘lam qo‘yish.
Bu bog‘lam tovon 
bo‘g‘imiga tinchlik berish uchun qo‘llaniladi. Bog‘lam ikki turga bo‘linadi. 
A) «Yoyiluvchi» bog‘lam. Bu bog‘lamda bint tovon bo‘g‘imini o‘rta 
qismidan, mustahkamlovchi bog‘lam bilan boshlanadi. So‘ngra bint o‘rami bir gal 
tovon sohasidan Yuqoriga, bir gal tovon sohasidan pastga yo‘naladi. Har gal bintni 
yarmi avvalgi bint ustiga tushib, yarmi yangi sohasiga suriladi. Tovon bo‘g‘imi 
to‘liq yopilgandan so‘ng bog‘lam boldirda tugatiladi. 
B) «Yig‘iluvchi» bog‘lam. Bu bog‘lam tovon sohasida ochiq jarohat bo‘lgan 
vaqtda ko‘proq qo‘llaniladi. Buning uchun bog‘lam boldir sohasida ikki marta 
doirasimon bog‘lam qilingandan so‘ng tovonni oldingi qismi orqali tovonni pastki 
qismiga o‘tiladi. Bint bu sohada ham ikki marta mustahkamlab olinadi. So‘ngra 
oyoqni pastki tomonini kesib o‘tib, ikkinchi tarafdan tovonni Yuza qismi orqali 
boldir sohasiga ko‘tariladi. Har gal bu bog‘lam tovon bo‘g‘imiga qarab to‘planib 
boradi. Bint Yuqoriga boldir sohasiga olinib, doirasimon bog‘lam bilan tugatiladi. 


99 
Tovon bo‘g‘imiga «sakkizsimon» bog‘lam qo‘yish.
Bu bog‘lam oyoqni panja 
qismi qirqilgan, Yulingan jarohatlarda qo‘llaniladi. Shu soha ustiga sterillangan 
salfetka yopiladi. Tovon bo‘g‘imida ikki marta bintni doirasimon bog‘lam qilinadi, 
so‘ngra bint tovonni oldingi qismi orqali panja sohasining ustki qismidan qiyshiq 
o‘tib, panjani ostki qismidan aylanib o‘tadi. Panjani Yuza qismiga ko‘tariladi, 
tovon sohasiga keladi. Shu bog‘lamni bir necha marta qaytariladi, bog‘lam tovonni 
Yuqori qismida tugatiladi. 
Tizza bo‘g‘imiga «toshbaqasimon» bog‘lam qo‘yish.
Bu bog‘lam bo‘g‘imga 
tinchlik berish uchun ishlatiladi. Tizza bo‘g‘imi bir oz 160 – 170
0
da bukilib, 
tarqaluvchi yoki to‘planuvchi bog‘lam qo‘yiladi. Tarqaluvchi bog‘lam tizza 
bo‘g‘imidan boshlanadi. Bintni ikki marta o‘rab, mustahkamlab olamiz. So‘ngra 
bint o‘rami tizzani orqa qismidan o‘tadi, bir gal pastga, bir gal Yuqoriga. Har gal 
bint o‘rami yarim bintga suriladi. Tizza bo‘g‘imi bog‘lab, o‘rab bo‘lingan vaqtda 
bog‘lam son sohasini pastki qismida, mustahkamlovchi doirasimon bog‘lam bilan 
tugatiladi. 
Yig‘iluvchi bog‘lam.
Bint o‘rami boldirni Yuqori qismida, doirasimon 
bog‘lam bilan boshlanadi. So‘ngra tizzani orqa qismidan aylanib o‘tib, sonni pastki 
qismida doirasimon bog‘lam qilib, bintni mustahkamlab olamiz. So‘ngra bir gal 
pastdan, ikkinchi gal Yuqoridan bint o‘ramlari o‘tadi. Har gal bint o‘rami tizza 
bo‘g‘imiga surilib, yarim bint oldingi bintni ustiga tushadi. Tizza bo‘g‘imini o‘rta 
qismida bintlar birlashadi. Bintni tizza bo‘g‘imini orqasi bo‘ylab o‘tib, son 
sohasida bog‘lam tugatiladi. 
Boldir sohasi kuygan vaqtda yoki sovuq urgan vaqtda spiralsimon bog‘lam 
qo‘yish. 
Boldir sohasi konus shakliga ega bo‘lgani uchun kuygan, sovuq urgan 
vaqtlarda spiralsimon bog‘lam qilinadi. Shu soha ustiga sterillangan salfetka 
yopamiz. O‘rta kenglikdagi bintni olamiz. Bog‘lam boldirni pastki qismidan 
doirasimon bog‘lam bilan boshlanadi. So‘ngra bint o‘rami yarmi Yuqoriga 
ko‘tarilib, yarmi eski bint ustiga tushadi. Shikastlangan soha tugagandan so‘ng 
boldirni Yuqori qismida doirasimon bog‘lam qilinib, bog‘lam tugatiladi. 
Kuyganda, sovuq urganda bog‘lam bir oz bo‘shroq bog‘lanishi zarur. 


100 
Ochiq jarohatlarda spiralsimon bog‘lamda jarohatni qarama-qarshi tarafda 
bint kalavasini 180
0
ga bukib olamiz. Bunda bog‘lam ixchamroq, mustahkamroq 
bo‘lib chiqadi. Bog‘lam jarohatdan pastda boshlanib, Yuqori qismida tugatiladi. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish