Birlamchi surunkali osteomielit
Brodi absessi suyakning g‘ovaksimon qatlamida rivojlanib, o‘tkir gematogen
osteomielitning bir turi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu kasallikda bo‘g‘im atrofida
sust virulentli mikrob saqlovchi dumaloq shaklli bo‘shliq paydo bo‘ladi. Abssess
tashqi tomonidan dag‘al kapsula bilan o‘ralgan bo‘ladi. Bemorlarning shikoyatlari
225
unchalik ko‘p bo‘lmaydi, oyoq yoki qo‘llarda kechalari kuchayuvchi biroz
og‘riqlarga shikoyat qilishadi. Rentgenogrammada suyaklarda dumaloq shaklli
bo‘shliq borligi aniqlanadi.
Brodi abssessining davosi – operativ bo‘lib, suyakni trepanatsiya qilinadi,
yiring evakuatsiya qilinganidan keyin bo‘shliq plomba qilinadi. Operatsiyadan
keyingi davrda antibiotik va sulfanilamidlar buyuriladi.
Olle albuminoz osteomieliti
s
uyakning kortikal qatlamida joylashadi. Kasallikni
virulentligi kuchsiz infeksiya chaqiradi. Quymoqsimon yiring paydo bo‘ladi, u
suyak usti pardasini ko‘chiradi. Kasallik oyoq qo‘llarda og‘riqlar, subfebril
temperatura va mahalliy shish bilan xarakterlanadi. Yallig‘lanish davomida uncha
katta bo‘lmagan suyak lari paydo bo‘ladi. Olle albuminoz osteomielitini davolash
ham operativ usulda. Bunda yiringli o‘choq ochiladi, granulyasion to‘qimalar qirib
olinadi.
Garre sklerozlovchi osteomieliti
suyaklarning keskin sklerozi va periostal
qavatlanishi bilan kechib, sifilitik osteoperiostitni eslatadi. Jarayonning kechishi
bir muncha yaxshi bo‘lib, bu kasallikni davolashda asosan fizioterapevtik
muolajalar, ayniqsa balchiqli applikatsiyalar va vannalardan foydalaniladi.
Ikkilamchi surunkali osteomielitning klinik manzarasi
oqma yaralardan
yiring aralash parchalangan suyak parchalari chiqishi kuzatiladi. Jarayonning
retsidivlanuvchi xarakterdaligi uni “soat mexanizmi o‘rnatilgan sekinlashtirilgan
bomba” deyishga asos bo‘ldi. Kasallik xuruj qilganida o‘tkir mahalliy og‘riq paydo
bo‘ladi, tana harorati ko‘tariladi, yumshoq to‘qimalar flegmonasi rivojlanadi, oqma
yaralar paydo bo‘ladi. Yiring oqib chiqqanidan keyin bemorning ahvoli
yaxshilanadi. Jarayon takrorlanadigan bo‘lsa yallig‘lanish sohasida teri va
mushaklar atrofiyaga uchraydi, teri tagidagi suyak bilan yopishib, bitmaydigan
yara va oqmalar paydo bo‘ladi, bo‘g‘imlarda kontraktura rivojlanadi, ichki
a’zolarda amiloid degeneratsiya kelib chiqadi.
Ikkilamchi osteomielitning diagnostikasida
rentgenogrammalarda har- xil
o‘lchamdagi va shakldagi, saqlovchi bo‘shliqlar, periostal reaksiya va kompakt
qatlamida skleroz aniqlanadi.
226
Ikkilamchi osteomielitni davolash
kasallikning bosqichiga bog‘liq. Xuruj davrida
o‘tkir osteomielitni davosi buyuriladi. Antibiotiklar kamroq dozalarda belgilanadi.
Suyak usti parda osti abssesslari va yumshoq to‘qimalar abssesslari kesib ochiladi.
Suyak trepanatsiya qilinib yiringli bo‘shliq ochiladi va olib tashlanadi. Shu bilan
olib tashlanganidan keyin uning o‘rnida suyuqlik yoki yiring to‘planishining oldi
olinadi. Hosil qilingan bo‘shliq parafin, plastmassa, konservatsiyalangan tog‘ay
to‘qimasi, suyak autotransplantati yoki allotransplantat bilan to‘ldiriladi.
Jarohatdan keyingi osteomielit
Jarohatdan keyingi osteomielit deb har-xil jarohatlardan keyingi asoratlar
oqibatida suyak kortikal qismi, suyak ustki pardasi, suyak iligi qismi va suyak
atrofii to‘qimalarning yallig‘lanish holatiga aytiladi. A.V.Kaplan, S.S.Tkachenko
(1975) fikrlariga ko‘ra posttravmatik osteomielit 1,4 to 2,4% uchraydi,
I.P.Kartashova (1982) fikricha – 54,5% boldirda va 32,4% oyoqda uchraydi.
Yarada yiringlash protsessi boshlangandan keyin o‘rtacha bir oy o‘tsa surunkali
osteomielit paydo bo‘ladi. Uning patanatomiyasida asosiy element – erkin yotgan
suyak qismlari yoki suyak uchlari yiringli protsessni ushlab turadi. Nekrozga
uchragan suyak qismlarini nekrobioz holatida bo‘ladi. Keyinchalik agar suyakda
yiringli protsess tugab organizm kuchlilik qilsa suyak qadoqqa aylanadi va qayta
tiklanishi mumkin. Agar protsess tugatilmasa bu suyak qismlari ajralib sekvestr
holatiga uchrab ajralib qoladi va keyinchalik uni olib tashlash zarur.
Osteomielitga olib keluvchi faktorlar: yumshoq to‘qimalarning va suyakning
qattiq ezilishi, suyakni qoplovchi to‘qimalarning jarohat oqibatida archilib qolib
suyakning ochiq holatda qolishi, suyak va atrof to‘qimalarning qon bilan
ta’minlanishining buzilishi, suyak sinishlarida transport va umumiy
immoblizatsiyaning buzilishi, birlamchi jarrohlik ishlovining noto‘g‘ri va etarli
hajmda o‘tkazilmaganligi, suyak siljishlarining repozitsiya qilinmaganligi, siljigan
suyaklarning yara yuzida ochiq qolishi, katta hajmdagi yiringli protsess va uning
suyak iligi yo‘li bilan tarqalishi kabilardir.
Shikastlanishlarni ko‘payishi jarohatlardan keyingi va operatsiyalardan
keyingi osteomielitning ham ko‘payishiga olib keladi. Jarohatdan keyingi
227
osteomielitlar ochiq sinishlarning va suyak sinishlaridagi operatsiyalarning og‘ir
asoratidir. Posttravmatik osteomielitlar jarohatdan keyin 15- 50 % gacha,
operatsiyalardan keyin esa u 3% ni tashkil etadi. Yiringli asoratlardan keyin bu
osteomielitlar paydo bo‘lishi ko‘payadi, bu birinchi jarrohlik ishlovining kanday
o‘tkazilganiga, yaraning yuvilishi, tikilishi kabi elementlarga bog‘liq.
Suyak to‘qimasining yallig‘lanishi ko‘pchilik hollarda faqat suyak qirralari
yoki
Do'stlaringiz bilan baham: |