O‘tkir paraproktit
To‘g‘ri ichak atrofidagi yog‘ kletchatkasining yiringli yallig‘lanishi o‘tkir
paraproktit deyiladi. O‘tkir paraproktitning teri osti, shilliq qavat osti, quymich-
to‘g‘ri ichak, chanoq-to‘g‘ri ichak va to‘g‘ri ichak orqasi paraproktitlari tavofut
qilinadi.
Patologik-anatomik manzarasi: to‘qimalar shishining yiringli infiltratsiyasi
kuzatiladi. Yiring to‘g‘ri ichak va orqa chiqaruv teshigi atrofidagi biriktiruvchi
yumshoq to‘qimalarga tarqaladi. Nekrotik to‘qimalar yoqimsiz xid chiqaradi.
Yallig‘lanish chanoq diafragmasi ustida tarqalib, kichik chanoqda to‘g‘ri ichak
orqasi abssesslari paydo bo‘lishi bilan kechadi (90-rasm).
90-rasm. O‘tkir paraproktitda yiringni joylashishi. Abssess fazasida. 1- chanoq-
to‘g‘ri ichak.2-teri osti. 3-shilliq osti. 4- ishiorektal.
213
O‘tkir paraproktitning klinik manzarasi:
anal sohada pulsatsiyalanuvchi,
keskin og‘riqlar, defekatsiyaning qiyinlashishi, titrash bilan namoyon bo‘luvchi
gektik tana harorati, dumba sohasigacha tarqaluvchi, og‘riqli infiltrat paydo
bo‘lishi, flyuktuatsiya, infiltrat ustidagi terining ko‘kimtir tusga kirishi.
Differensial diagnozi
: orqa chiqaruv teshigining yorilishidan, to‘g‘ri
ichakning vena tomirlari yallig‘lanishidan, ichak atrofidagi surunkali fistula (oqma
yara) dan, ichak o‘smalaridan, o‘tkir kulunjdan farqlash kerak.
O‘tkir paraproktitning davosi shoshilinch ravishda narkoz ostida operatsiya
qilishdan iborat. Kesmalar to‘g‘ri ichakning tashqi sfinkteridan 1,5-2 sm uzoqlikda
o‘tkaziladi. Kesmalar radial, yoysimon, yoki burchak shaklida bajariladi. Ular
pararektal bo‘shliqni drenajlashi lozim. Yiringli bo‘shliq vodorod peroksidi, 0,02%
li xlorgeksidin eritmasi bilan yuviladi. Anaerob paraproktitda nekrotik
to‘qimalarning kesib tashlash bilan keng yorishlar o‘tkaziladi.
Operatsiyadan keyingi davrda najasni to‘xtatib turish uchun 3-4 kun parhez
qilinadi. Antibiotiklar, introfuran preparatlar, proteolitik fermentlar, og‘riqni
qoldiruvchi dorilar, kaliy permanganat eritmali vannalar qo‘llaniladi.
MASTIT
Sut bezining yallig‘lanishi mastit deyiladi va u ko‘pincha emizikli ayollarda
(90%), aksariyat hollarda esa birinchi tug‘uruqdan keyin uchraydi va laktatsion
mastit deb ataladi. Mastit chaqaloqlarda va balog‘atga etish davrida o‘smirliklarda
ham uchrashi mumkin.
Mastitning odatda qo‘zg‘atuvchilari: stafilokokklar, enterobakteriyalar.
Sut beziga infeksiya tushish yo‘llari: limfogen, sut yo‘llari orqali, gematogen.
Mastitda infeksiyaning kirish darvozalari: areola va so‘rg‘ichning yorilishlari, sut
bezi shikastlari.
Mastit rivojlanishiga olib keluvchi
omillar
: sut bezida sutning turib qolishi,
yashash sharoitlarining antisanitar holati, chaqaloq emizish davrida sut beziga
parvarishning etarli bo‘lmasligi.
Mastitning klinik shakllari
(91-rasm):
214
1. Teri osti mastiti. 2. Subareolyar mastit. 3. Intramammar mastit. 4. Retromammar
mastit. 5. Panmastit
91-rasm. Mastit abssesslarining xillari. 1-subareolyar. 2-sut yo‘llari retensiyasi,
3-intraglandulyar, 4- retromammar.
Mastitda
yallig‘lanish
jarayonining
rivojlanish
bosqichlari:
seroz
(boshlang‘ich), o‘tkir infiltrativ yallig‘lanish, flegmonoz yallig‘lanish, gangrenoz,
surunkali infiltrativ yallig‘lanish bosqichlari.
Seroz yallig‘lanish bosqichida
mastit klinik manzarasi: tez boshlanishi, titrash,
sut bezi o‘lchamlarining kattalashuvi, shishi va dag‘allashishi, paypaslaganda
og‘riq.
O‘tkir infiltrativ yallig‘lanish bosqichida
mastit klinik manzarasi: kattalashgan
sut bezida dag‘allashgan o‘choq va uning ustida teri giperemiyasi aniqlanishi, tungi
og‘riqlarning paydo bo‘lishi, uyqusizlik, umumiy holsizlik, tana haroratining 40
0
S
gacha ko‘tarilishi, leykotsitozning ortishi, EChT ning oshishi.
Flegmonoz yallig‘lanish bosqichida
mastit klinik manzarasi: bemor umumiy
ahvolining keskin yomonlashuvi, tana haroratining 39-40
o
S gacha ko‘tarilishi,
titroq, septik holat, til va lablarning quruqlashuvi, uyqusizlik, bosh og‘rishi,
ishtahasi yo‘qolishi, sut bezida pastozlik, sut bezi terisining sianotik tus olishi, teri
osti venalarining keskin kengayishi va limfangit rivojlanishi, so‘rg‘ichning botib
215
kirishi, leykotsitozning baland bo‘lishi va leykotsitar formulaning chapga siljishi
va EChT ning 60-70 mm/soat gacha oshishi.
Surunkali infiltrativ yallig‘lanish bosqichining klinik manzarasi.
Bu bosqich uncha ko‘p uchramaydi va uzoq vaqt davomida antibiotiklar bilan
mahalliy davolash natijasida jarayon surunkali tus olishi tufayli kelib chiqadi.
Bunda bemorlarning umumiy ahvoli nisbatan qoniqarli, tana harorati subfebril. Sut
bezida juda dag‘al, biroz og‘riqli teri bilan yopishmagan infiltrat aniqlanadi.
Davolash
Mastitni seroz bosqichida
davolash: sut bezida sutning turib qolishini oldini olish
(sog‘ish yoki sut so‘rg‘ich bilan so‘rib olish), sut bezini immobilizatsiya qilish,
antibiotiklar va sulfanilamidlar buyurish, retromammar antibiotik-novokainli
blokada.
Mastitni o‘tkir infiltrativ bosqichida
davolash: keng ta’sir doirali antibiotiklar
buyurish,
fizioterapevtik
muolajalar
(UFO,
sollyuks,
UVCh-terapiya),
retromammar antibiotikli-novokainli blokada, qon quyish, laktostazning oldini
olish.
Flegmonoz va gangrenoz bosqichlarda
davolash: bemorlarni statsionarga kelishi
bilanoq operativ davolashdan iborat, yiringli bo‘shliq bir yoki ikki, keng radiar
kesim bilan ochilishi zarur, keng ta’sir doirali antibiotiklar buyurish, qayta-qayta
qon quyish, dezintoksikatsion terapiya, umumiy quvvatlantiruvchi terapiya.
Mastitning surunkali infiltrativ bosqichida
davolash:
Yiringli bo‘shliq atrofida tog‘aydek dag‘al kapsula borligi sababli mastitning
surunkali infiltrativ bosqichida konservativ davo muolajalari aytarli samara
bermaydi. Shu sababli bu bosqichda infiltratni butunligicha kesib olib tashlash
yoki uning markazidan radiar kesim qilish zarur (92-rasm). Kapsula kesilganida
uncha ko‘p yiring chiqmaydi. Kapsuladan gistologik tekshiruv uchun bir bo‘lak
olish zarur. Operatsiyadan keyingi davrda fizioterapevtik va antibaterial terapiya
muolajalari buyuriladi.
216
92-rasm. Yiringli mastitda kesish usullari: 1,2-radiar, 3-retromammar
abssessida yoysimon (Bardenxayer uslubi).
Do'stlaringiz bilan baham: |