Fotoenergetikada nanostrukturali yarimo‘tkazgich materiallar
II xalqaro ilmiy anjumani 19-20 noyabr 2021 yil 547
Shuni aytish kerakki, yorug’lik diodlarining yuqoridagi barcha
xarakteristikalari bir-biri bilan bevosita bog’liqdir va ularning birgalikda yorug’lik
diodlarining u yoki bu parametrlari haqida to’g’ri xulosa chiqarish imkonini beradi.
Yorug’lik diodlarining parametrlarini yorug’lik diodlarining nafaqat ishlab
chiqaruvchi tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko’ra, balki xaraktristikalarini
kompleks o’lchashlar va hisob kitoblar olib borish hisobiga uning sifatini,
yaroqlilik muddatini aniqlash mumkin [2].
1. Yorug’lik diodlari oldingi lampalar energiya tejamkorligi bilan
solishtirilganda ularning energiya iste’molining atigi 10% ini tashkil qiluvchi
yagona nurlanish manbai hisoblanadi. [2]
2. Yorug’lik diodlari alohida nozik shisha kolba yoki cho’g’lanuvchi ipga
ega emas va ularda yuqori mexanik mustahkamlik va ishonchlilik (zarba va
tebranishga chidamli) xususiyatlari mavjud. Shisha trubalardan farqli o’laroq
yorug’lik diodlarida plastikdan materiallardan tayyorlanadi.[3]
3. Yorug’lik diodlari qizish va yuqori kuchlanishning oldini olinishi elektr
va yong’in xavfsizligining yuqori drajada bo’lishini kafolatlaydi.
4. Yuqori tezlikda ishlaydi.
5. Miniatyuralilik. Turli suvenirlar, miniatyurali stendlar va ixcham tablolar,
kompaniyalarning yorug’lik diodlari yordamida bezatiladi.
6. Uzoq muddatli ish rejimi. Yorug’lik diodlarining o’rtacha yaroqlilik
muddati – 10 yil. Ekspluatastiya qilish vaqti 100 000 soatgacha, ya’ni 10-12 yil
beto’xtov ishlatish imkoniyati mavjud. Solishtirish uchun quyidagi misollarni
keltirish mumkin: yorug’lik diodlari yaroqllilik muddatiga to’g’ri keluvchi davrda
lyuminesstent lampa asosli yorug’lik modullari 8-10 marta almashtiriladi,
cho’g’lanma lampalarni esa 30-40 marta yangilanadi. Yorug’lik diodlari asosidagi
modullardan foydalanish elektr energiyasi sarfini 87% ga qisqartiradi.
7. Nisbatan kichik qiymatli elektr kuchlanishi va toki, ya’ni talab qilinadigan
elektroenergiya quvvati juda kam. Bitta yorug’lik diodi kuchlanishini
xarakterlaydigan kuchlanish – 3-4 V, yorug’lik diodlari asosidagi modullarning
ishchi kuchlanishi 10-12 V ni tashkil etadi. Yuqori darajadagi xavfsizlikka amal
qilish sharoitlarida yoki yuqori kuchlanishdan foydalanish imkoniyati bo’lmaganda
yorug’lik diodlarining qo’llanilishi eng optimal yo’l hisoblanadi.
8. Yoritishda turli ranglarning ko’p miqdorda bo’lishi. Yorug’lik diodlari
neon lampalaridan farqli ravishda nurlanish spektriga bog’liq tajribalarda cheksiz
imkoniyatlarga ega.
9. Yoritish intensivligini boshqarish.
10. Temperaturaning keng diapazonida qo’llash imkoniyati. Ma’lumki,
sovuq havo sharoitida gazrazryadli yorug’lik manbalari ichida simobning muzlab
qolishi kuzatiladi, bu yoritish ravshanligining pasayishiga olib keladi. Yuqori
temperaturalarda esa neon gazi hisobiga muammolar vujudga keladi. Yorug’lik
diodlari esa bu kamchiliklardan holi hisoblanadi.
Yorug’lik diodining quyidagi kamchiliklari mavjud:[3]