Alisher Navoiy.
Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com
kutubxonasi
172
Boshig‘a chunki alif keskay ul buti bebok,
Emas mahalln taajjub, gar o‘lsa bo‘rkida chok.
Gahiki mast egarur bodpo xirad xayli,
Borur havog‘a,
quyun yetkach, uylakim, xoshok.
Nekim boshimda edi, qo‘ydum istabon qatlin
Ki, ossa shahsuvorim uzilmagay fitrok.
Qoshi firoqida bahri sirishkim andoqdur,
Ki,
yangi oy kemasin chayqatur, urub ko‘lok.
Tutub piyola farahnok qilg‘il, ey soqiy,
Meniki hajr xumori qilibturur g‘amnok.
Magar zamon g‘amidin qochmasun deb ahli ano,
Ihota ayladn bir-birining ustida aflok.
Tajalli aylasa ul pok yuz,
desang avval,
Zamiring oyinasin g‘ayr naqshidin tut pok.
Navoiy anduhu furqatda o‘tkarib umre,
Agar dame topibon vasl dog‘i o‘lsa, ne bok.
337
Tarki ishq ettim, meni ishq ahli xaylidin surung,
Chiqmasam ta’nu jafo toshi boshimg‘a yog‘durung.
Balki bo‘ynum bog‘labon, ushshoq ibrat olg‘ali,
Ishq mulki to‘rt bozorida sudrab kezdurung.
Buyla rasvolig‘ bila torting balo maydonig‘a,
Har uqubat birlakim, nmkoni bo‘lgay, o‘lturung.
G‘ussa dashtidin o‘tun toshib, tamug‘din o‘t olib,
Solibon men xomnnng jismin ul o‘tqa kuydurung.
Chunki kul bo‘ldum
esarda hajr dashti sarsari,
Ovuch-ovuch olibon, ul kulni ko‘kka sovurung.
Sovururda do‘st javrin navham ichra darj etib,
Do‘stlar bedodu zulmin ham ayolg‘u kelturung.
Buyla holim ko‘rgach, ey ishq ahli, har dam yuz balo
Yetsa, ishq otini tutmog‘din ko‘ngulnn tindurung.
Do‘stlar, men ishqini
tark aylagan badmehrni
Bir bahona birla men kuygan mahalg‘a yetkurung.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com
kutubxonasi
173
Garchi men bo‘ldum fano, bore uyatlig‘ ruhuma
Badnoi sayridin jannat nasimi esturung.
Ishq dashtida navo ko‘ptur, Navoiydek birav
Kim,
kirar anda, ani yuz ming balog‘a topshurung.
338
Zihi sekribon charx uzra rahnavarding,
Nazar topmayin to‘tiyoliqqa garding.
Ko‘runub kavokib riyohini shabnam,
Chu ko‘k gulshanig‘a yetib toza varding.
Uchub yetti do‘zax o‘ti, chunki ummat
Gunohin tilarda chiqib ohi sarding.
Izingdin quyosh chehra yorutmag‘andin,
Qilib za’faron kun uzorini zarding.
Rayohin aro sarvi ozod yanglig‘,
Ko‘runub rusul xaylida zoti farding.
Rusul
surmadi lomakon uzra markab,
Sen erding bu maydondakim ot chiqarding.
Navoiy, nabiy na’tijin jam’ qilg‘il,
Parishon esa xotiri harzagarding.
339
Bo‘lur gahikn g‘amim shu’lasin ayon qilsang,
Shararni shu’la uza nuqtalar gumon qilsang.
Ko‘zum yorug‘ tilar ersang, yoshurma xolingni
Ki, ko‘r o‘lur ko‘z,
agar nuqtasin nihon qilsang,
Xadangi ohim ila, ey falak, xato qilmay,
Qorong‘u tunda ne kavkabnikim nishon qilsang.
Iloj qilmaki,
botroq kuyarga ansab erur,
Tanim chinin necha hajringda notavon qilsang.
Ko‘z ichra halqa urubtur sirishk o‘lur, ey ishq,
Ko‘zum qorasini ul yoshlar ichra xon qilsang.
Chu javring o‘rtadi parvonani ne sud, ey sham’,
Kesib sochingni, azosi uchun fig‘oi qilsang.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: