Alisher Navoiy.
Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com
kutubxonasi
1
Alisher NAVOIY
FAVOYID UL-KIBAR
ALIF HARFINING OFATLARINING IBTIDOSI «FAVOYID»DIN
1
Ey, yetti manzar tarhig‘a me’mori sun’ungdin bino,
Masnu’lar foniy, vale maslubi soni’din fano.
Chekmay malak lutfung kuni juz zikr ila tasbih uni
Odam debon qahring tuni har dam «zalamno rabbano».
Hamdnngg‘a har ko‘tah nazar ham gungu lol o‘lg‘ay magar
Chunkim demish xayrul bashar ul yerda louhsi sano.
Jinsi bashar yo‘q ogahing, xurshid xoki dargahing,
Ko‘k mahd aro tifli rahing yetti atou to‘rt ano.
Faqr
ahli istab qurbating, ahli g‘ino ham toating,
Yetkanga dog‘i furqating ne faqr nofi’, ne g‘ino.
Vaslingda ishrat xo‘b erur, ayshu tarab marg‘ub erur,
Sensiz manga matlub erur tanda alam, jonda ano.
Ishqingda bir devonalig‘, shavqingda bir farzonalig‘,
Ag‘yordin begonalig‘ aylab o‘zungga oshno.
Jurmu gunahlardin o‘tub, kelturma yuzga qo‘rqutub,
Lola agar sog‘ar tutub, musicha gar qilmish zino.
Bordur Navoiy bekase,
ishq ichra andoqkim xase,
Chun o‘rtading ani, base, kuydurma do‘zaxda yano.
2
Ravshandururki mehr, yuzungdin olur safo,
Yo‘qsa, ne vajh ila qamar andin topar ziyo.
G‘arqi muhiti ishqing edi jon ila ko‘ngul,
Ul damki, ruh emas edi tan birla oshno.
Gulda yuzung latofatidin range ko‘rmasa,
Bulbulg‘a ne edi bu fig‘on birla, bu navo.
Bir zarra og‘zi ramzini har kimki angladi,
Yo‘li adam tariqiduru, zodi rah — fano.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com
kutubxonasi
2
Ul zindadil
hayoti abad vaslidin topar,
Kim nishi g‘amni no‘sh deru dardni davo.
Lomeki, vasl ayog‘ig‘a topmishtur ittisol,
Ul lomdurki, o‘rtag‘a olmish ani balo.
O‘zdin qutul, Navoiyu maqsadg‘a yetki, qush
Yetmas chamang‘a, bo‘lsa qafas ichra mubtalo.
3
Ey, nechukkim,
durni maxfiy asrabon Ummon aro,
Gavhari ishqini pinhon asrag‘an inson aro?!
Chunki insonni bu gavhar birla aylab bahramand,
Sarfaroz aylab maloyik xayli birla jon aro.
Allamal insong‘a chun aylab musharraf yer berib,
Taxti johu ishrat uzra ravzan rizvon aro.
Uylakim, taxt ahlig‘a dushmandin o‘lmaydur guzir,
Ul xalifa birla dushmanlig‘ solib shayton aro.
Makridin xorij qilib,
mulki dinu aylab nasib,
Qarnlar sargashtayu ovoralig‘ davron aro.
G‘urbatu yolg‘uzlug‘u mahzunlug‘u hasrat bila
Har zamon yuz ming balo ichra solib hijron aro.
Buyla chun rad aylagandpn so‘ng yana aylab qabul,
Voli aylab olam otlig‘ kulbai ahzon aro.
Bu qabulu rad aro hikmatni kimsa anglamoq
Xayli inson ichra sig‘mas xayyiz imkon aro.
Ey Navoiy, sen
chu qulsen, qullug‘ungni yaxshi bil,
Fikrating raxshig‘a javlon berma bu maydon aro.
4
Xudoyo, zalol ahlig‘a rahnamoyo,
Yuzung jilva aylarga ash’yo maroyo.
Angakim atoyo, tilar sendin ehson,
Navo istaganlarga sendin atoyo.
Asireki,
zikringni aylab hadya,
Beribsen xalosig‘a yuz ming hadoyo.
Falakda davoyirki, rasm etti sun’ung,