Alisher Navoiy.
Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com
kutubxonasi
114
Manga o‘lmaklik erur hajrda oson sensiz,
O‘layin, lek dame bo‘lmayin, ey jon, sensiz.
Jonsiz imkoni nafas yo‘q kishiga, vahki,
manga
Ne uchun tinmas eknn bir nafas afg‘on sensiz.
Barq ila ra’dchadur tog‘ uza men majnung‘a,
Kechalar oh bila nolai pinhon sensiz.
Tushmasin kimsaga bu nav’ qatiq kunki, manga
Buylakim, qolmisham o‘z holima hayron sensiz.
Qilmag‘ay tang‘a ajal dardu balosi jonsiz,
Jong‘a zulmiki qilur mehnati hijron, sensiz.
Charx hajringda yaqindur boshima yemrulgay,
Ko‘r, nelar kelturadur boshima davron sensiz.
Bo‘lsa vaslingda Navoiy yo‘q
ajal mumkin anga,
Lek bir lahza hayot anga ne imkon sensiz.
222
Ey sanga qadi rost, lekin turrai tarror ko‘j,
Kim ko‘rubtur sarv ila sunbulni bu miqdor ko‘j.
Rostlarg‘a rostlig‘dur ish magar, ul mastning
Qomatikim rostdur, lekin anga raftor ko‘j.
Qiblai
din orazingdur, kufr tori sunbulung,
Ne ajab gar qibla tuz bo‘lsa, vale zunnor ko‘j.
Rostlar boshpni tufrog‘ aylasa raxshi ne tong,
Ulki qo‘ydi mastlig‘din bosh uza dastor ko‘j.
Ishq aro ko‘nglung tuzatkim, rost solg‘ay aks yor,
Ko‘zgu egri bo‘lsa, solur aksini ruxsor ko‘j.
Egridin juz egrilik hargiz asar bo‘lmas ayon,
Kim solur albatta soya naxli nohamvor ko‘j.
Qolibon zulfung
aro topti Navoiy jismi tob,
Naylagay bo‘lmay tanob ichra uzulgan tor ko‘j.
SIN HARFINING SIYMINBARLARINING SAVDOSI «FAVOYID»DIN
223
Gulshani iqbol xori mehnatig‘a arzimas,
Bodai gulgun xumori nakbatig‘a arzimas.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com
kutubxonasi
115
Lolaruxlar vaslida yuz yil kishi qilsa nishot,
Bir zamonlig‘, bilki, dog‘i furqatig‘a arzimas.
Bahru kon naqdin agar yig‘ding, vale yetkach ajal
Barchani solib ketarning shiddatig‘a arzimas.
Har necha tersang
yigitlikning bahori gullarin,
Bir xazoni shaybu ohi hasratig‘a arzimas.
Taxti izzat uzra nasb etsa birovni davri charx,
Azl ko‘yining g‘ubori zillatig‘a arzimas.
Har iecha davlat sahobi sochsa gavhar boshinga,
Anglakim, bir qatla barqi ofatig‘a arzimas.
Xirqam olib raxn,
durdi dard ber, ey mayfurush
Kim, xarobot ahli sofi ishratig‘a arzimas.
Har zamon yore ketar jonimni olg‘il, ey ajal
Kim, hayot ahbobi dardn furqatig‘a arzimas.
Kimsa birla tutmag‘il ulfat, Navoiy, negakim,
Ayrilurda manga bo‘lg‘an holatig‘a arzimas.
224
Ne hadki aylagamen yor dastbo‘si havas,
Muyassar o‘lsa itining ayog‘in o‘pmak — bas.
Tabib bermadi muhlik haroratimg‘a sukun
Ki, tez o‘lur bu o‘t, ar xud Masih ursa nafas.
Ko‘zung ko‘ngulni
kabob etti, mast agar ermas,
Tanurdin kishi qushqa bo‘lurmu, qilsa qafas.
Havasi labing shakaridur chibindek etsa havo,
Ko‘nguldin o‘lmadi kam hech bu havoyu havas.
Firoq ashkidin el g‘ofil o‘lmasunki, qilur
Ko‘zum orasida har qatra qilmag‘anni Aras.
Nasimi husn yorutti chu shavq shu’lasini,
Erur teng o‘rtamakida xitoyiyu charkas.
Navoiy o‘lmadi
roviy hadisidin xushhol
Ki, bu habibu anis aytur ul habibu anas.
Do'stlaringiz bilan baham: