www.ziyouz.com
kutubxonasi
316
Bu quyundin qaysi bir xirmanki, barbod o‘lmadi.
Lhli ishq ar men kebi majnun emaslar, ey rafiq,
Andin erkinkim, alar yori pariyzod o‘lmadi.
Ey ajal, qatl etmak ol ul g‘amzadin ta’limkim,
Qilmag‘an shogirdlig‘ hech ishta ustod o‘lmadi.
Ko‘nglidin bo‘lmas muhabbat javharin qilmoq tama’,
Har nechakim, yumshasa, bir yo‘li po‘lod o‘lmadi.
Zohidi nodon g‘amim oshubidin har dam kular,
Xurram ulkim, ishq atvorida mu’tod o‘lmadi.
Ey Navoiy, o‘lsam ul tarso uchun, ayb etmakim,
Dayr piridin manga juz bu fan irshod o‘lmadi.
621
Bo‘lmasam oshiq, fig‘onim zor bo‘lg‘aymu edi,
Kuymasam pinhon, ichim afgor bo‘lg‘aymu edi.
Zulfunga vobastayu ko‘zungga vola bo‘lmasam,
Jon parishonu ko‘ngul bemor bo‘lg‘aymu edi.
Bo‘lmasa kofir ko‘zung oshuftasi shaydo ko‘ngul,
Rishtai zulfung anga zunnor bo‘lg‘aymu edi.
Istabon vasling gulistonin havoyi bo‘lmasam,
Abri naysondek ko‘zum durbor bo‘lg‘aymu edi.
Bo‘lsa erdi, ey pariy, ishqing aro ko‘nglumda hush,
Guftu go‘yum muncha majnunvor bo‘lg‘aymu edi.
Bilsa erdi ishq aro sirrimni, har bir lafzida
Yordin juz e’tiroz izhor bo‘lg‘aymu edi.
G‘uncha kulgusiga, ey bulbul, ko‘ngul gar bermasang,
Bag‘ringa har gul soyu yuz xor bo‘lg‘aymu edi.
Ey Navoiy, qilsang erdi ofiyat kunjin vatan,
Muncha munglug‘ joninga ozor bo‘lg‘aymu edi.
622
Ishq aro kim ko‘rdi, oyo, notavone men kebi,
Bekasi ovorae, bexonumone men kebi.
Yot ila o‘zdin shikasta xotiri andoqki men,
Yor ila ag‘yordin ozurdajone men kebi.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com
kutubxonasi
317
Ham vujud iqlimidin yuz g‘am ko‘rub bo‘lg‘an jilo,
Ham adam dashtida benomu nishone men kebi.
Tesha birla qozdi tog‘ Farhodu men tirnog‘ ila,
Ey ko‘ngul, mehnat chekarda dema ani men kebi.
Zulm qilmoq ichra yo‘q gar sen kebi ofoq aro,
Zulm chekmaklikda ham olamda qani men kebi.
Olam ahlidin vafo ko‘z tutmakim, kim tutsa ko‘z,
Dardu mehnatdin xalos o‘lmas zamone men kebi.
Eyki, bir mulk ichra chekting javru vodiy topmading,
Tengri mulkidur, borur bo‘lsang qayone men kebi.
Ey Navoiy, yetsa bir eldin baliyat boshinga,
Boshing olib chiqqil ul eldin ravone men kebi.
Men kebi yuz bo‘lmasa, g‘am yo‘qki, qilg‘ach iltifot,
Shoh G‘oziy lutfi aylar har gadoni men kebi.
623
Xurdabinlar fahmi idrok aylamas yor og‘zini,
Xurdayi ma’ni adosi qildi izhor og‘zini.
Neshi no‘sh olud sanchib bargi gul uzra ari,
Fosh etib shirin labin, qildi namudor og‘zini.
Nuqtai mavhum aro qilsun tasavvur suqbai.
Kimki mafhum aylamak istar aning tor og‘zini.
Chun o‘libmen za’fdin, dam yo‘qki, topman tiyralik,
Qo‘yki, qo‘ysun chehra ko‘zgusiga bu zor og‘zini.
Zarra xurshid ichra kirsa, uylakim, bo‘lgay nihon,
Xalqdin yoshurdi ul xurshidi ruxsor og‘zini.
Qo‘yki, o‘z og‘zimni og‘zingg‘a qo‘yay, ey mug‘bacha,
Yo‘qsa kup og‘zig‘a qo‘y men zori bemor og‘zini.
Ey Navoiy, hajr o‘ti sharhida chun surdung hadis,
O‘rtading takror etarda ahli guftor og‘zini.
624
Haftaedur ko‘rmamishmen ul buti cholokni,
Ne ajab, gar o‘rtasa ohim yeti aflokni,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |