www.ziyouz.com
kutubxonasi
312
Toqi axzar bila bu gunbadi miyno erdi.
Arg‘anun savtiyu noqus uni birla har yon,
Yuz mug‘ona amalu qavl ila g‘avg‘o erdi.
Kofiri ishq xarobot eli ollinda turub,
So‘ngi saflar bori gabru, mug‘u tarso erdi.
Bir-birin chorlabu aylab yangi zunnor ehson,
Jomi may berganidin kufrga ihyo erdi.
Kim mug‘ona may ichnb bog‘ladi zunnorp rust,
But xud ul aylagali sajda muhayyo erdi.
Men dog‘i soldim o‘zumni orog‘akim, manga ham
Rishtai qurbu mayi vasl tamanno erdi.
Rishtasi habli matin, bodasi mir’oti safo,
Ikisidin manga maqsud huvaydo erdi.
Belima bog‘ladi zunnoru qadah tutti manga,
Dami jon berdi xamonki, Masiho erdi.
Yodima keldi, Navoiy kebi chun mast o‘ldum
Ki, azalda manga mug‘ kulbasi ma’vo erdi.
613
Har o‘q ul qoshi yo ko‘ksumga otsa, bexato yetgay,
Va gar xud o‘zgalarg‘a otsa ham so‘ylab, mango yetgay.
Tegar so‘ylab, demay har yergakim, zaxm aylabon ul o‘q,
Necha manzilda orom istagay ko‘nglumga to yetgay.
Vafoyu mehr istarga ne had, billahki, rozimen
Ki, bori gah-gahe ul sho‘xdin javru jafo yetgay.
Chu kuydum hajr o‘tidin, kulumni yo‘lidin olmang
Ki, shoyad eltkay ko‘yiga, ul yonkim, sabo yetgay.
Ko‘zi hajrida, tong yo‘q, butsa qabrimdin qora nargis,
Ki, qo‘yg‘ay ko‘z ayog‘ig‘a, chu ul ko‘zi qoro yetgay.
Desa mingdin birin, vah, ne balo sust o‘lg‘ay, ul oshiq
Boshig‘a ishq aro har lahza gar yuz ming balo yetgay.
Junun ko‘r g‘urbat icharkim, tanishmoq mumkin ermastur,
Diyorimdin agar sarvaqtima bir oshno yetgay.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com
kutubxonasi
313
Falak boshingni kirpich muttakosi qilg‘usi gar xud,
Bu dam xurshid xishtidin boshingg‘a muttako yetgay.
Navoiy, sensiz etmas bog‘ sari maylkim, shoyad
Anga bulbul bila guldin dame bargu navo yetgay.
614
Ne deb aylay jonni zulfi mushkbo‘yung sadqasi,
Bo‘lsa yuz jon ozdurur, har tori mo‘yung sadqasi.
Naqsh etib ko‘nglumga jannat evrulurmen ko‘yunga,
Aylaram bu nav’ ila jannatni ko‘yung sadqasi.
Yelga hamroh otashin gul mayl etar bazmingg‘akim,
Bo‘lg‘ay ushbu vajh birla rangu bo‘yung sadqasi.
Pardai jonim libosing bo‘lmoq istar, bo‘lg‘ali
G‘unchadek gulgun hariri to‘ba to‘yung sadqasi.
Ovlading ko‘nglum so‘rub, istab, bu ne lutf erdi, vah
Kim, bu sargardon bila yuz justu jo‘yung sadqasi.
Qahr ila jonimni olsa mug‘bacha, ey piri dayr,
Bok emas, yuz jon bu tifli tundxo‘yung sadqasi.
Qaddu raftoring Navoiy ko‘rgali bo‘lmoq tilar
Ko‘ngli raftoring fidosi, joni bo‘yung sadqasi.
615
Ishq aro tish bag‘rima ursam, icharmen qon dog‘i,
Bal chekarmen hajr o‘qidin berkigan paykon dog‘i.
Belu og‘zidin nishon so‘rmangki, zahram derga yo‘q,
Bir sarimo‘ oshkoro zarrai pinhon dog‘i.
Ishqidin qonim to‘lub erdi, ani to‘kmakka sa’y,
Dashnai furqat ham etti xanjari hijron dog‘i.
Bo‘ynuma zanjir taqib, jismima yog‘durdung o‘q,
Anglading, go‘yoki majnun o‘lmisham, uryon dog‘i.
Yig‘lamay holimg‘a naylaykim, aning vasli manga
Uylakim, ummid yo‘qtur, yo‘qturur imkon dog‘i.
Necha kun olamda chun mehmonsen, ichkil bodakim,
Mizbon qolmas bu foniy dayr aro, mehmon dog‘i.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |