www.ziyouz.com
kutubxonasi
308
Mast ayladi gah nozu gahe arbada og‘oz,
Ko‘ksum kebi chok etgan anga pirahan erdi.
Egnimga solib tak’yayu bo‘ynumg‘a solib qo‘l,
Titrab ko‘ngulu jismim aro yuz shikan erdi.
Gulzor aro sarmast uzaldi ko‘zi yanglig‘,
Jon mulkida ul uyqusidin yuz fitan erdi.
Men dog‘i yuzumni kafi poyig‘a qo‘yub mast,
Gulbarg uza kirpikdin agarchi tikan erdi.
Bu nav’ uyudumkim, meni uyg‘otquchi tongla
Yuz snymfishonlig‘ bila shohi Xo‘tan erdi.
Hajr emdi Navoiyni gar o‘ltursa, ne armon
Munchaki, murod anga bu vajhi hasan erdi.
605
Menmudurmenkim, ayirmish vaslidin jonon meni,
O‘lturur onsiz tuman ming dard ila hijron meni.
Charx jismim tufrog‘in ohim yelidin sovurub,
Hajr dashtida quyundek qildi sargardon meni.
G‘am palosin jismidin Farhodu Majnun boshidin,
Oshiyonin tashladi, chun ko‘rdilar uryon meni.
Ul pariy andoqki pinhondur ko‘zumdin, aylamish
G‘oyati za’fu junun el ko‘zidin pinhon meni.
Gar pariydur dilbarim, men ham junundin vahsh aro,
Uyla men vahshatdakim, bo‘lmas demak inson meni.
Bir ham, ey Layli, biyobon ichra Majnuningni top,
Ko‘r ani hayron manga, yo‘qkim anga hayron meni.
Ey Navoiy, gar yana bir qatla mumkin bo‘lsa vasl,
Solmoq ul mahvashdin ayru hajr ne imkon meni.
606
Chun ul oy har dam boqar ko‘z uchidin gardun sari,
Men chu tufroqmen — qachon boqqay meni mahzun sari.
Kim meni ko‘rsa balo tog‘iyu savdo dashtida,
Hayrat aylab boqmag‘ay Farhod ila Majnun sari.
Kamligidin oy, zavolidin quyosh o‘lg‘ay xijil,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com
kutubxonasi
309
Qilsalar nogah nazar ul husni ro‘zafzun sari.
Charx davrida ko‘rungandek shafaq ichra quyosh,
Tushti aksing jom aro, boqsang mayi gulgun sari.
Mehnatimdin tog‘ni homun ko‘rgasen — homunni tog‘,
Gar meni istarga kelsang tog‘ ila homun sari.
Boda ichkim, gar desang o‘zni mukaddar qilmayin,
Solma ko‘z dunlar sari, andoqki charxi dun sari.
Sarvni netsun Navoiy bor ekanda qomating,
Bo‘lsa mavzun, boqmag‘ay tab’ ahli nomavzun sari.
607
Xomai mushkin raqam birla meni yor istadi,
Tinmayin nettimki, hajridin meni zor, istadi.
Ne jafo erdiki, marham vaslidin qo‘ymay hanuz,
Hajr tig‘in yog‘durub, ko‘nglumni afgor istadi.
Garchi kunduz osti, lekin o‘rtadi hijron tuni,
Sham’idin holimni ul mahvash namudor istadi.
Zulfi domin hajr shomidek yozib ofoq aro,
Go‘yiyo olam eli ko‘nglin giriftor istadi.
Husng‘a chun yo‘q vafoe juz nadomat ko‘rmadi,
Bevafoekim, vafo ahlig‘a ozor istadi.
Tut fano vayronikim, aksi yuzin qildi sarig‘,
Mun’imekim, qasrn devorini zarkor istadi.
Ey Navoiy, xo‘yi bekaslikka qilkim, topmadi
Qaysi bekaskim, kezib olamni, bir yor istadi.
608
Xushtur ichmak yor yodi birla ishrat jomini,
Xossakim, qosid keturgay yorning payg‘omini.
Ruq’asi jismimg‘a jon berdi, qora ichra magar
Obi hayvon tomizib, chekmish xati arqomini.
Safhai gulgun uza yozib xati mushkin tiroz,
Yod berdi xatti mushkinu ruxi gulfomini.
Ram yegan ko‘nglum qushin tutmoqqa go‘yo safhada,
Nuqtayu xat birla sochib dona, yoymish domini.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |